www.pedagoglar.uz 40-son 1–to’plam yanvar 2023
Sahifa: 220
rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy
faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini
kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan
bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi
bilan yuritiladi Matematika fani o'rganilishi jihatdan boshqa sohalarga nisbatan
biroz qiyinroq bo'lganligi uchun o'quvchilarda bu sohaga qiziqish, o'zlashtirish
darajasi farq qiladi. Shuning uchun ham darslarda o'quvchilarga yaqinroq bo'lishga,
qiziqarli misol, masalalar bilan boyitilishiga to'g'ri keladi. Ayniqsa, o'quvchilarda
teorema, yoki qiyinroq masalalarni hal etish davomida miyaning qabul qilish
darajasi susayib, ularda zerikish alomatlari sodir bo'la boshlaydi. Agar o'qituvchi bu
holatni o'z vaqtida sezib, ularni bu holatdan chiqarishga harakat qilmasa, bu darsdan
kutilgan maqsadga erishib bo'lmaydi. "O'qituvchi- kishi ruhining muhandisidir" deb
bejiz aytilmagan. Shunday ekan, o'qituvchi o'quvchilar aqliy faoliyatini vaqti bilan
o'zgartirib turish xususiyatiga egadir. O'quvchilarning dars jarayonida toliqqanligi
sezilgan vaqtda didaktik o'yinlar tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Ish
tajribalarimizda ko'p qo'llaydigan bunday o'yin turlaridan "Ishchanlik o'yinlari"ni
misol qilib olishimiz mumkin. Bunday o'yin turida o'quvchilar o'rtasida aqliy ish
yuzasidan musobaqa tashkil qilinadi. Musobaqada tez, to'g'ri, chaqqon holda ishni
yakunlagan guruh g'olib sanaladi.Haqiqatdan ham, bolalarda bilim olishdan ham
birinchi bo'lish, o'qituvchining rag'batini eshitish ishtiyoqi ancha kuchli bo'ladi.
Mohir o'qituvchilar mana shu vaziyatdan unumli foydalanadilar."Ishchanlik
o'yini"da arifmetik misollar, algebraik soddalashtirish, masala-misollar, geometrik
masalalar, test savollari yoki viktorina savollaridan foydalanish mumkin. Hamma
hollarda ham bu vazifalar qisqa muddatda hal etilishi lozim bo'lganligi uchun sarf
etiladigan vaqt ham shunga mos bo'ladi. Tajribalarimizdan ma'lumki,
matematikadan tashkil etiladigan didaktik o'yinlardan "Ishchanlik o'yinlari"ni
o'tkazish dars samaradorligini oshiradi, o'quvchilar faolligini oshirishning muhim
omili sifatida ta'sir etadi. Agar o'quvchilar har bir fandan olgan bilimlarini hayotga
tatbiq eta olmasa, amalda ulardan foydalanolmasa, quruq fan bo'lib qolaveradi,