Bu savolga javobni ta’lim va tarbiya umumiy vazifalariga asoslanib topish
mumkin, o‘z navbatida bu vazifalar jamiyat rivojining ma’lum bir bosqichida uning
oldida turgan umumbashariy maqsad va vazifalar bilan aniqlanadi.
Ikkinchisi-kimni matematikaga o‘rgatish kerak?
Bir tomondan bu savol yosh haqida bo‘lib,
qachondan boshlab bolalarni
matematikaga o‘rgatish maqsadga muvofiq va qachon barcha uchun majburiy dastur
o‘rnatishni tugatish zarurligini ifoda etadi.Ikkinchi tomondan, maktabdan keyingi
matematik ta’limning uzviyligini ifodalaydi.
Uchinchisi- o‘rganiladigan matematika mazmuni qanday bo‘lishi kerak? Yoki
nimani o‘rganish kerak?
Bu savolga javob matematika o‘qitish uslubiyatining muhim qismi bo‘lib, eng
harakatchan, eng ilg‘or va eng qulay o‘qitish usullari bilan birga ijodiy yondoshishni
talab etadigan usullar tizimini asoslash va targ‘ib
qilish talab etiladi.
Matematika o‘qitish
uslubiyati fanining asosiy vazifalari quyidagilar:
matematikani o‘rganishning maqsadlari va o‘quv predmeti mazmunini aniqlash;
qo‘yilgan masalalarni amalga oshirish uchun eng qulay usullar va asosiy o‘qitish
shakllarini yaratish.
Matematika o‘qitish uslubiyati uchta bo‘limdan iborat:matematika o‘qitish
umumiy uslubiyati(masalan, o‘qitish usullari prinsiplari va hokazo masalalar kiradi);
matematika o‘qitish
xususiy uslubiyati(maktab matematika kursining ayrim bo‘limlari
yoki tushunchalari yo‘nalishlarini o‘rganish usul va yo‘llari qaraladi); matematika
o‘qitish
maxsus uslubiyati(masalan,
akademik litsey, kasb-hunar kollej va maxsus
o‘quv yurtlarida matematika o‘qitishning xususiyatlari o‘rganilishi mumkin).
O‘rta umumta'lim maktablarida matematika o‘qitishning maqsadlari.
O‘rta maktablarda matematika o‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan
belgilanadi:
1. Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi.
2. Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi.
3. Matematika o‘qitishning amaliy maqsadi.
Umumta’lim maqsadi: o‘quvchilarga ma’lum
matematik bilim, ko‘nikma va
malakalar sistemasini berish; o‘quvchilarga olamni o‘rganishning matematik usul-
larini egallashlariga yordam berish; o‘quvchilarni og‘zaki va yozma matematik nutqqa
o‘rgatish; o‘quvchilarning ta’lim jarayonida va o‘z ustida
ishlashlarida faol bilish
faoliyatini oshirish uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurolla- nishga
hamda qo‘llashlari uchun yetarli matematik ma’lumotlarni olishiga erishish.
Matematika o'qitishning
umumta’limiy maqsadi o‘z
oldiga quyidagi vazifalarni
qo'yadi:
a) o‘quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar tizimini berish. Bu
bilimlar tizimi matematika fani to‘g‘risida o‘quvchilarga yetarli darajada ma’lumot
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
960
berishi, ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak.
Bundan tashqari, dastur asosida o'quvchilar o'qish jarayonida olgan bilimlarining
ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, ya’ni
isbotlash va nazorat
qilishning asosiy metodlarini egallashlari kerak;
b) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarini tarkib toptirish.
Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida xatosiz so‘zlash, o‘z fikrini
aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam
berishi kerak. Bu degan so‘z o‘quvchilarning har bir matematik qoidani o‘z ona
tillarida to‘g‘ri gapira olishlariga erishish hamda ularni ana shu qoidaning matematik
ifodasini formulalar yordamida to‘g‘ri yoza olish qobiliyatlarini atroflicha
shakllantirish demakdir;
d) o‘quvchilami matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlami bilishga
o‘rgatish. Bu yerda o‘quvchilarga real olamda yuz beradigan eng sodda hodisalardan
tortib to murakkab hodisalargacha hammasming fazoviy
formalari va ular orasidagi
miqdoriy munosabatlami tushunishga imkon beradigan hajmda bilimlar berish ko‘zda
tutiladi. Bunday bilimlar berish orqali esa o'quvchilarning fazoviy tasawur qilishlari
shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: