Matematika fanini o’qitishning metodikasi



Yüklə 243,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix22.01.2023
ölçüsü243,37 Kb.
#80110
1   2   3   4
3515-Article Text-6928-1-10-20220528

Tarbiyaviy maqsadi: matematika faniga bo‘lgan turg‘un qiziqishni tarbi-yalash; 
o‘quvchilarni ahloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy, estetik va ekologik tarbiyalash 
(masalan, mehnatsevarlik, burch xissi, go‘zallik, ziyraklik, iroda va chidamlilik kabi 
xislatlarni tarbiyalash); o‘quvchilarning matematik tafakkur va qobiliyatlarini 
rivojlantirish, ularda matematik madaniyatni shakllantirishdan iborat. 
Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagilarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu g‘oya bilish nazariyasi 
asosida amalga oshiriladi;
b) o‘quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlami tarbiyalash. 
Ma’lumki, matematika darslarida o‘quvchilar o‘qishning dastlabki kunlaridanoq 
mustaqil ravishda xulosa chiqarishga o'rganadilar. Ular avvalo kuzatishlar natija- sida, 
so‘ngra esa mantiqiy tafakkur qilish natijasida xulosa chiqaradilar. Ana shu chiqarilgan 
xulosalar matematik qonuniyatlar bilan tasdiqlanadi. Matematika o‘qituvchisining 
vazifasi o‘quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan 
birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini 
tarbiyalashdan iboratdir;
d) o‘quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllan- tirish. 
Matematika darslarida o‘rganiladigan har bir matematik xulosa qat’iylikni talab qiladi, 
bu esa o‘z navbatida juda ko‘p matematik tushuncha va qonuniyatlar bilan ifodalanadi. 
O‘quvchilar ana shu qonuniyatlarni bosqichma-bosqich o‘rganishlari davomida 
ularning mantiqiy tafakkur qilishlari rivojlanadi, matematik xulosa chiqarish 
madaniyatlari shakllanadi. O‘quvchilarni biror matematik qonuni - yatni ifoda 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
961


qilmoqchi bo‘lgan flkrlarni simvolik tilda to‘g‘ri ifodalay olishlari va aksincha 
simvolik tilda ifoda qilingan matematik qonuniyatni o‘z ona tillarida ifoda qila 
olishlariga o‘rgatish orqali ularda matematik madaniyat shakllantiriladi. 
Matematika o‘qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a) matematika kursida olingan nazariy bilimlarni kundalik hayotda uchraydigan 
elementar masalalani yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish. Bunda asosan 
o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amaliyotga bog‘lay olish imkoniyatlarini tarkib 
toptirish, ularda turli sonlar va matematik ifodalar ustida amallar bajarish malakalarini 
shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalami hal 
qilishga o‘rgatiladi;
b) matematikani o'qitishda texnik vosita va ko'rgazmali qurollardan foydala- nish 
malakalarini shakllantirish. Bunda o‘quvchilarning matematika darslarida texnika 
vositalaridan, matematik ko'rgazmali qurollar, jadvallar va hisoblash vositalaridan 
foydalana olish malakalari tarkib toptiriladi;
d) o‘quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish. 
Bunda asosan o'quvchilami o‘quv darsliklaridan va ilmiyommaviy matematik 
kitoblardan mustaqil o‘qib o‘rganish malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Amaliy 
maqsadi:olingan bilimlarni oddiy hayotiy masalalarni yechishga, boshqa o’quv 
fanlarni o‘rganishda qo‘llay olish ko’nikmalarini shakllantirish; matematik asboblar va 
jihozlardan foydalana olishga o’rgatish; bilimlarni mustaqil egallay olish 
ko‘nikmalarini tarkib toptirish. 
Matematika o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi. 
Ma’lumki, matematika o‘qitish metodikasi fani pedagogika fanining ma’lum bir 
bo‘limi bo‘lib, u matematika fanini o‘qitish qoidalarini o‘rganish bilan shug‘ul- lanadi. 
Matematika o‘qitish metodikasi matematika fanini o‘qitish qonuniyatlarini o‘rganish 
jarayonida pedagogika, mantiq, psixologiya, matematika, lingvistika va falsafa fanlari 
bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Boshqacha aytganda, maktabda mate-matika o‘qitish 
muammolari mantiq, psixologiya, pedagogika, matematika va falsafa fanlari bilan 
uzviy bog‘liqlikda hal qilinadi. Matematika o‘qitish metodikasining metodologik asosi 
bilish nazariyasiga asoslangandir. Matematika metodikasi fani matematik ta’limning 
maqsadi, mazmuni, formasi, uslubi va uning vositalarini dars jarayoniga tatbiqiy 
qonuniyatlarini o‘rganib keladi. Matematika fani fizika, chizmachilik, kimyo va 
astronomiya fanlari bilan ham uzviy aloqada bo‘ladi. Matematika fanining boshqa 
fanlar bilan uzviy aloqasi quyidagi ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: 1) matematika 
tizimining butunligini buzmagan holda qo‘shni fanlarning dasturlarini moslashtirish; 
2) boshqa fanlarda matematika qonunlarini, formulalarini teoremalarni o‘rganish bilan 
bog‘liq bo‘lgan materiallardan matematika kursida foydalanish. Hozirgi vaqtda 
matematika dasturini boshqa fanlar bilan moslashtirish masalasi ancha muvaffaqqiyatli 
hal qilingan. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
962


Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Matematika o‘qitish metodikasi.S.Alixonov. Toshkent. “Cho‘lpon” 2011. 
2. “Matematika va informatika o‘qitish metodikasi” fanidan o‘quv-metodik 
majmua.J.O‘Muxammadiyev.Toshkent.2019. 
3. M.E. Jumayev “Matematika o’qitish metodikasi”. Toshkent. “O‘qituvchi”. 
2004 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
963

Yüklə 243,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin