ganish” asarida bayon qilingan.XVII asrning birinchi yarmidan boshlab, matema- tika
o‘qitish metodikasiga doir masalalar bilan rus olimlaridan akademik S.E.Guriv (1760-
1813), XVIII asrning birinchi va ikkinchi yarmidan esa N.I.Lobachevsiy (1792-1856),
I.N.Ulyanov(1831-1886).L.N.Tolstoy(1828-1910) va atoqli metodist-matematik
S.I.Shoxor-Trotskiy(1853-1923), A.N.Ostrogrotskiy va boshqalar shug‘ullandilar va
ular matematika faniga ilmiy nuqtayi nazardan qarab, uning progressiv asoslarini
ishlab chiqdilar.Masalan, A.N.Ostrogradskiy “Ong kuzatish- dan keyin paydo bo’ladi,
ong real, mavjud olamga asoslangan” deb yozgan edi.
Geometriya metodikasidan materiallar (Материалы по методике геомет- рии,
1884-yil, 8-bet.). Keyinchalik matematika o‘qitish metodikasining turli yo‘nalishlari
bilan N.A.Izvolskiy, V.M.Bradis, S.E.Lyapin, I.K.Andronov, N.A.Glagoleva,
I.Ya.Dempman, A.N.Barsukov, S.I.Novoselov, A.Ya.Xinchin, N.F.Chetveruxin,
A.N.Kolmogorov, A.I.Markushevich, A.I.Fetisov va boshqalar shug‘ullandilar. 1970-
yildan boshlab maktab matematika kursining mazmuni yangi dastur asosida
o‘zgartirildi, natijada uni o'qitish metodikasi ham ishlab chiqildi. Hozirgi dastur
asosida o‘qitilayotgan maktab matematika fanining metodikasi bilan professorlardan
V.M.Kolyagin,
R.S.Cherkasov,
P.M.Erdniyev,
J.Ikramov,
N.G'aybullayev,
T.To‘laganov, A.Abduqodirov va boshqa metodist olimlar shug'ul- langanlar va
shug‘ullanmoqdalar. Matematika o‘qitish metodikasi pedagogika universitetlarining
III-IV kurslarida o'tiladi. U o‘zining tuzilishi xususiyatiga ko‘ra shartli ravishda uchga
bo‘linadi. U o‘zining tuzilishi xususiyatiga ko‘ra shartli ravishda uchga bo‘linadi.
1. Matematika o‘qitishning
umumiy metodikasi. Bu bo'limda matematika fanining
maqsadi, mazmuni, formasi, metodlari va uning vositalarining metodik sistemasi,
pedagogika, psixologiya qonunlari hamda didaktik prinsiplar asosida ochib beriladi.
2. Matematika o‘qitishning
maxsus metodikasi. Bu bo‘limda matematika o‘qitish
umumiy metodikasining qonun va qoidalarining aniq mavzu materiallariga tatbiq qilish
yo‘llari ko‘rsatiladi.
3. Matematika o‘qitishning
aniq metodikasi. Bu bo‘lim ikki qismdan iborat: 1)
Umumiy metodikaning xususiy masalalari. 2) Maxsus metodikaning xususiy
masalalari. Masalan, VI sinfda matematika darslarini rejalashtirish va uni o‘tkazish
metodikasi deyilsa, bu umumiy metodikaning xususiy masalasi bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: