"matematika oʻqitish metodikasi" fanidan " Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va ta'limdagi ahamiyati " mavzusidagi


- Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishning samarali yo‘llari



Yüklə 76,49 Kb.
səhifə7/8
tarix11.06.2023
ölçüsü76,49 Kb.
#128559
1   2   3   4   5   6   7   8
Boshlang\'ich sinflarda o\'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va ta\'limdagi ahamiyat0000

2.2- Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishning samarali yo‘llari.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz1” degan da’vatlari ta’limning sifatli va samarali tashkil etilishini, ayniqsa, boshlangʻich sinflardan boshlab oʻquvchilarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Yoshlarimizning mustaqil va erkin fikrlay olishi, albatta ularning maktabda qanday ta’im-tarbiya olishiga bog‘liq. O‘quvchilarning mustaqil faoliyatini ta’lim jarayonida mustaqil ishlarni bajarish jarayoni shakllantirib beradi.Mustaqil ish bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning o‘z ustida ishlashi, ziyrak va hozirjavob bo‘lishiga yordam beradi. Buning uchun o‘quvchini ruhan tayyorlash, ko‘zlangan ishni bajarish uning qo‘lidan kela olishiga ishontirish lozim. Bunda bolani nazorat qiluvchiga ham mas’uliyat yuklanadi. U puxta o‘ylangan, maqsadli va davomiy mashqlarni tavsiya etishi kerak. Shu o‘rinda e’tiboringizni boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish masalasiga qaratmoqchiman.
Boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchi o‘quvchining imkoniyati, yosh xususiyati, qiziqishlarini e’tiborga olish zarur. O‘g‘il-qizlarni aqliy rivojlantirish shartlaridan biri topshiriqlarni to‘liq “eslab qolib” bajarishdir. Bajariladigan ishning maqsadini tushungan(tasavvur qilgan) holda uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash, yo‘l qo‘yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishga alohida e’tibor beriladi. O‘quvchilarning topshiriqlarni tez, to‘g‘ri bajarishi uchun qulay usullarni tanlash, yo‘naltiruvchi savollar berib, tayanch so‘zlar tavsiya etish maqsadga muvofiqdir.
Dastlabki bajargan mustaqil ishidan o‘quvchi mamnun bo‘lsa, qiziqishlari ortib, yangi-yangi ish turlarini amalga oshirishga kirishadi. Mustaqil ish natijalarini hamisha tekshirish lozim. Tekshirish og‘zaki yoki yozma shaklda bo‘lishi mumkin. Bola avval o‘ylaydi, fikrini jamlaydi, so‘ng uni yozishga kirishadi. O‘z fikrini bayon qilish, qo‘yilgan biror savol yoki masala yuzasidan mushohada yuritishga urinadi. Bu jarayon (og‘zaki) nutq asosida paydo bo‘ladi va mustahkamlanadi. Masalan, o‘quvchi o‘z fikrini yozma ifodalashdan ilgari o‘ylaydi. Pichirlab allanimalar haqida o‘zicha gapiradi(pedagogikada bu aktiv faoliyat hisoblanadi). Insho yozishning dastlabki shakllari ana shunday ishlardan boshlanadi. Bola matnni o‘qib, og‘zaki tahlil qiladi, sarlavhalar o‘ylab topib, qanday rasmlar ishlash lozimligini rejalashtirdi.
O‘quvchilarni mustaqil faoliyatga o‘rgatishda quyidagilarga amal qilish lozim:

  • beriladigan har bir topshiriq o‘quvchi imkoniyatlariga mos bo‘lsin va qiziqish uyg‘ota olsin;

  • ish osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab yo‘naltirilsin, o‘quvchiga tushunarli bo‘lsin;

  • ishni bajarishda bolalarda o‘ziga ishonch hissi uyg‘onsin, ishga kirishishda o‘zlarida dadillik sezsin;

  • mustaqil bajariladigan topshiriqlar yakkama-yakka tarzda amalga oshirilsin(hamma o‘quvchi uchun bir xil topshiriq berish – mustaqil faoliyat emasligini eslatamiz), albatta bunda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchiga e’tibor berish kerak;

  • topshiriqlar turini almashtirishga alohida ahamiyat berish lozim;

  • topshiriqlarni hamma bir vaqtda boshlab, ma’lum vaqtda tugatishi kerakligini eslatib, bo‘sh o‘zlashtiruvchi bolalarni shu talabni bajarishga ko‘niktirish lozim;

  • ish joyi hamisha qulay, saranjom-sarishta bo‘lishi(parta ustida ortiqcha narsalar bo‘lmasligi) kerak;

  • topshiriqlar darsning turli bosqichida bajarilishi mumkin.

Xulosa
Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta‘lim –tayanch maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ekan, bu vazifani hal etishda boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati kattadir. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan o‘tkaziladigan sinfdan tashqariishlarning mazmuni dars mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni kengayirish va chuqurlashtirishda qaratilgan ekan. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar dars ashg‘ulotlarining mantiqiy davomi hisoblanar ekan. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o‘quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini shakllantirishga zamonaviy holda yondashish kerak deb hisoblaymiz. Ushbu kurs ishida biz boshlang‘ich sinfda matematikadan to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi, ya‘ni boshlang‘ich sinfda qiziqarli matematika to‘garagini tashkil etish bo‘yicha tavsiya, boshlang‘ich sinfda ajibhisob to‘garagini tashkil etish bo‘yicha tavsiya, boshlang‘ich sinfda sonlar olami to‘garagini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar bayon etdik.Kurs ishning maqsadini boshlang‘ich sinfda matematikadan to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasini ishlab chiqish deb olib quyidagi vazifalarni hal etdik:boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni turlarini o‘rgandik;-boshlang‘ich sinfda matematikadan qiziqarli matematika, ajib hisob, sonlar olami to‘garagini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etdik va yaxshi natijalarga erishdik.Xulosa qilib aytganda, umumta‘lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida matematikadan to‘garaklarni muntazam ravishda olib borish zarur deb hisoblaymiz va kurs ishida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari foydalanishlari mumkin.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz1” degan da’vatlari ta’limning sifatli va samarali tashkil etilishini, ayniqsa, boshlangʻich sinflardan boshlab oʻquvchilarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Yoshlarimizning mustaqil va erkin fikrlay olishi, albatta ularning maktabda qanday ta’im-tarbiya olishiga bog‘liq. O‘quvchilarning mustaqil faoliyatini ta’lim jarayonida mustaqil ishlarni bajarish jarayoni shakllantirib beradi.Mustaqil ish bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning o‘z ustida ishlashi, ziyrak va hozirjavob bo‘lishiga yordam beradi.


Yüklə 76,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin