Matematika O‘Qitish metodikasidan mustaqil ta`lim uchun tavsiyalar



Yüklə 216 Kb.
səhifə10/22
tarix14.12.2022
ölçüsü216 Kb.
#74600
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Mustaqil ta`lim

Mashg‘ulot maqsadi: 100 ichida qo‘shish va ayirish amallari­ning nazariy asoslarini aniqlash; „Yuzlik“ konsentridagi materialni mantiqiy-didaktik tahlil etish.
Reja
1. „Yuzlik“ konsentrida qo‘shish va ayirish amallari nazariy asosini tashkil etuvchi jumlalar tizimini mantiqiy-didaktik tahlil etish.
2. „Ayirishni tekshirish“ mavzusiga oid dars bo‘lagini yozish.
Jihozlar: I va II sinflar uchun jadvallar, cho‘tlar.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsat­ma­lar: rejaning 1-bandga kitob bo‘yicha og‘zaki javob tayyorlang, 1- bandga 1—5- topshiriqlarni, 2-bandga 6-topshiriqni bajaring.
Тopshiriqlar
1. O‘nlik sanoq sistemasi asos bo‘ladigan 100 ichida qo‘shish va ayirishga oid topshiriqlarga misollar keltiring.
2. Darslikdan 100 ichida qo‘shish usullarini ushbu sonni yig‘indiga qo‘shish xossasidan foydalanish bilan tushuntiradigan topshiriqlarni yozib oling: (a + b) + c = d + c, bu yerda a + b = = d, (a + b) + c = (a + c) + b, (a + b) + c = a + (b + c). Bu topshiriqlarning har biri bilan ishlash metodikasini tushuntiring.
3. 100 ichida ayirish usullarini yig‘indidan sonni ayirish xossasidan foydalanish bilan tushuntiradigan topshiriqlarga misollar keltiring.
4. Yig‘indini songa qo‘shish, sondan yig‘indini ayirish, yig‘indini yig‘indiga qo‘shish, yig‘indidan yig‘indini ayirish xossalarining qo‘llanilishini 100 ichida qo‘shish va ayirish amallari misollarida ko‘rsating. 2–4- topshiriqlarni bajarishda jadval tu­zing.
5. Qo‘shish va ayirishning xossalaridan biri bo‘yicha nazorat ishining ikki mavzuini tuzing.
6. „Ayirishni tekshirish“ mavzusi bo‘yicha dars konspektini tuzing.

14- mavzular. „Yuzlik“ konsentrida arifmetik amallarni o‘rganish (ikkinchi va uchinchi mashg‘ulotlar).


Mashg‘ulotlar maqsadi: ko‘paytirish jadvallari xulosalari bilan bog‘liq materialning bayoni bilan tanishish, o‘quv materiali va jadvaldan tashqari, ko‘paytirish algoritmlarini tuzishning ichki bog‘lanishlarini aniqlash malakalarini shakllantirish.
Reja
1. 100 ichida ko‘paytirish va bo‘lishni o‘rganish metodikasi.
2. „Yuzlik“ konsentrida ko‘paytirish va bo‘lish“ mavzusidagi empirik materialni tahlil etish.
3. Ko‘paytirish jadvalini keltirib chiqarishda o‘quvchilarning izlash faoliyatlarini tashkil etish metodikasi.
4. Jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish algoritmlarini tu­zishga doir misollar keltiring.
5. „Yuzlik“ konsentrida ko‘paytirish va bo‘lish“ mavzusida yangi atamalarning kiritilishi va o‘rgatilish metodikasi.
Mashg‘ulotlarga tayyorlanish uchun ko‘r­sat­malar: rejaning 1-bandiga adabiyotdan foydalanib, og‘zaki javob tayyorlang.
Тopshiriqlar
1. Darslikda ko‘paytirish va bo‘lish amallarining ko‘rinishlari sifatida qanday empirik materialdan foydalaniladi. Materialni ushbu jadval yordamida bir tizimga keltiring.
2. Ko‘paytirish va bo‘lish amallariga empirik materialning bir necha misollarini keltiring. Тegishli rasmlarni, o‘quvchilar uchun topshiriqlar matnlarini tanlang.
3. Empirik materialdan — „Ko‘paytirish“ tushunchasiga o‘tish­-da (II sinf o‘quvchilari uchun) tushuntirish matnini tuzing va yozing.
4. Darslikda ko‘paytirish amali kiritilganidan so‘ng qaysi empirik materialdan foydalaniladi?
5. Darslikda „bo‘lish“ tushunchasini kiritishga bag‘ishlangan matnni muammoli o‘qitish uchun qayta ishlang.
6. „Ko‘paytirish va bo‘lish“ mavzusining tuzilish sxemasini tuzing.
7. Ko‘paytirish va bo‘lishning maxsus hollarini yozing. Ular­dan isbotlanadiganlarini ajrating. Har bir maxsus holning isbotini tushuntiring.
8. O‘quvchilar tomonidan 2 ga ko‘paytirish va bo‘lish jadvalini o‘qituvchi rahbarligidagi izlanish faoliyati asosida „kashf“ etili­shiga yordam beradigan ko‘rgazmalar tayyorlang.
9. O‘quvchilarning 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 ga ko‘paytirish va bo‘lish jadvalini „kashf“ etishlari bo‘yicha izlanish ishlarini tashkil eting.
10. II sinfda jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish hollarini tushuntirish uchun qaysi empirik materialdan foydalaniladi?
11. O‘quvchilarni jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lishni ongli o‘zlashtirishlariga olib keladigan topshiriqlarni yozib oling.
12. Тopshiriq bo‘yicha ikki xonali sonni bir xonali songa ko‘paytirish algoritmini tuzing.
13. Тopshiriq bo‘yicha bir xonali sonni ikki xonali songa ko‘paytirish jadvalini tuzing.
14. Jadvaldan tashqar, bo‘lish masalalarini qarash uchun empirik material bo‘lishi mumkin bo‘lgan topshiriqlarni tanlang.
15. Ikki xonali sonni bir xonali songa bo‘lish algoritmini „kashf“ etishda o‘quvchilarning izlanish ishlarini tashkil etishni tavsiflang.
16 II sinf o‘quvchilari „Ko‘paytirish va bo‘lish“ mavzusini o‘rganishlarida tanishadigan barcha matematik atamalarni yozib oling.
17. „Qoldiqli bo‘lish“ darsining parchasini „bo‘linuv­chi“, „bo‘luvchi“, „bo‘linma“, „qoldiq“ atamalari bilan ishlash metodikasini ko‘rsating .



Yüklə 216 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin