Matematika O‘Qitish metodikasidan mustaqil ta`lim uchun tavsiyalar



Yüklə 216 Kb.
səhifə12/22
tarix14.12.2022
ölçüsü216 Kb.
#74600
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Mustaqil ta`lim

Mashg‘ulot maqsadi: „Ko‘p xonali sonlar‘ mavzusi materialining bayoni, asosiy g‘oyalari va metodik xususiyatlari bilan ta­nishish.
Reja
1. Ko‘p xonali sonlarni qo‘shish va ayirishni o‘rganish metodikasi.
2. Ko‘p xonali sonlarni qo‘shish va ayirish mavzusining tarkibiy tuzulishi .
3. Yig‘indi va ayirmaning komponentlari orasidagi bog‘lanishni aks ettiruvchi jadvallar bilan ishlash metodikasini ishlab chiqish.
Jihozlar: 4- sinf uchun jadvallar, sinf cho‘ti, ko‘rgazmalar.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsatmalar rejaning 1-bandiga kitob buyicha og‘zaki javob tayyorlang
Тopshiriqlar
1. Ko‘p xonali sonlarni qo‘shish va ayirish algoritmini ifodalang.
2. Ko‘p xonali sonlarni yozma qo‘shish va ayirish amallarini qarash ketma-ketligini berilgan topshiriqlar yordamida tahlil qi­ling. Тahlil natijalarini jadvalga yozing:
Masalan: 4752 + 3246 ni xonalardan o‘tmasdan qo‘shish.
3. Yozma qo‘shishning o‘rin almashtirish va guruhlash xossa­laridan bir vaqtda foydalanadigan misollarni yozib oling. Bu misollarning vazifalarini ko‘rsating.
4 Ismli sonlarni qo‘shish va ayirish algoritmini ifodalang. O‘quvchilarni ismli sonlarni qo‘shish va ayirish algoritmlarini kashf etishlariga olib keladigan savollar tizimini ishlab chiqing.
5. „Ko‘p xonali sonlarni qo‘shish va ayirish‘ mavzusi bo‘yicha ko‘rsatilayotgan matematik dalillarda ma’lum qonuniyatlarni payqash qobiliyatini rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi dars parchasini ishlab chiqing.

18-mavzu. „Ko‘p xonali sonlar‘ konsentrida arifmetik amallarni o‘rganish (ikkinchi mashg‘ulot).


Mashg‘ulot maqsadi: „Ko‘p xonali sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish‘ mavzusi materialining bayoni, asosiy g‘oyalari va metodik xususiyatlari bilan tanishish.
Reja
1. Ko‘p xonali sonlarni ko‘paytirish va bo‘lishda og‘zaki va yozma hisoblash usullarini o‘rganish metodikasi.
2. „Ko‘p xonali sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish‘ mavzusini o‘rganish ketma-ketligi va tushunchalari tizimi.
3. Ko‘paytirish va bo‘lish komponentlari orasidagi bog‘lanishni aks ettiruvchi jadvallar bilan ishlash metodikasi.
4. Ko‘p xonali sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish amallari tartibini tahlil qilish.
Тopshiriqlar
1. Ko‘p xonali sonlarni ko‘paytirishni o‘rganish ketma-ketligini tahlil eting va jadval tuzing:
2. Natural sonlarni qo‘shish va ayirish amali ta’rifi bilan ishlash metodikasini keltirilgan ko‘paytirish holini, ta’rifga tayanib, boshqacha qanday tushuntirish mumkin?
3. Тushuntiring: og‘zaki va yozma hisoblash nega yig‘indini songa ko‘paytirish xossasiga tayangan holda amalga oshirilgan?
4. Ko‘p xonali sonlarni bo‘lish amalini o‘rganish ketma-ketligini tahlil eting. Тahlil natijalarini jadvalga yozing:
5. Natural sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish amalining ta’rifi beriladigan topshiriqni ajrating. Uni natural sonlarni qo‘shish va ayirish amallari ta’rifi bilan taqqoslang.
6. Ko‘paytirish va bo‘lish amallarining murakkab hollarini ajrating. Bu holat nega o‘quvchilarda qiyinchilik tug‘dirishini tu­shuntiring.
7. Qo‘shish va ko‘paytirish komponentlari orasidagi bog‘lanishni aks ettiruvchi misollar tuzing.
8. Тopshiriq bo‘yicha jadvalga ko‘paytuvchilardan biri, ikkala ko‘paytuvchi o‘zgarishi bilan ko‘paytma qanday o‘zgarishini aniq­lashga yordam beradigan savollar qo‘ying.
9. Misollarni yechish va ularning har birini tekshirishni 3—4- sinf o‘quvchilari bajarish tartibida bajaring:
6300 · 1070, 615 · 209, 508250 : 254, 390115 : 130.
10. Mashqning yechilishini tahlil qiling.

19-mavzu. Kasrlarni o‘rganish metodikasi


Mashg‘ulot maqsadi: „Ulushlar‘ (3-sinf) va „Kasrlar‘ (4-sinf) mavzulari ustida ishlash xususiyatlari bilan tanishish; mavzular­dagi asosiy tushunchalarni (ob’ektlar va ular orasidagi munosabatlar) ajratish; sonning kasrini va ulushiga ko‘ra sonni topishga doir masalalarni yechishning o‘qitish metodikasi masalalarini qarash.
Reja
1. „Ulushlar‘ va „Kasrlar‘ mavzulari.
2. „Kasrlar‘ mavzusining mantiqiy-didaktik tahlili.
3. 3-sinfda ulushlar va 4-sinfda kasrlar bilan tanishtirishda amaliy ishlarni tashkil etish metodikasi.
4. „Ulushlar‘ va „Kasrlar‘ mavzularida masalalar yechimini izlashning o‘qitish metodikasi.

Yüklə 216 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin