Matematika o`qitish metodikasinin boshqa



Yüklə 11,93 Kb.
səhifə4/5
tarix14.12.2023
ölçüsü11,93 Kb.
#178360
1   2   3   4   5
Oʻquvchilarning mustaqil ishi va tahsilini tashkil etishning samarali yoʻllari

O‘qitish shakli

  • O‘qitish shakli – bu o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatlarini uni turli sharoitlarda (sinfda, ishlab chiqarishda va hokazo) o‘tkazilishiga muvofiq ravishda o‘qituvchi tomonidan tarbiyaviy o‘qitish jarayonida foydalaniladigan qilib tashkil etilishidir.

Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning tashkiliy shakllari

  • Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning tashkiliy shakllari dars, uy vazifalarini mustaqil bajarish, o‘quvchilarning yakka tartibda guruh va jamoa bo‘lib ishlashlari, ekskursiyalar, sinfdan tashqari ishlardan iborat.
  • O‘quv dasturi DТS asosida Respublika Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan davlat hujjati bo‘lib, uning bajarilishi majburiydir. Boshlang‘ich sinflar tabiiy-matematik ta’lim davlat standarti talablarining o‘quvchilar tomonidan bajarilishi ularning zarur bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni egallashlariga, bilim olishga ijobiy munosabatda bo‘lishlarining shakllanishiga yordam beradi:
  • a) o‘quvchilarlarni tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish, yangi ijtimoiy maqomdagi o‘quvchini shakllantirish;
  • b) faoliyatning har xil turlarini: o‘quv, mehnat, muloqotni egallash;
  • v) o‘z-o‘zini nazorat qilish hamda baholashga reytingini aniqlashga o‘rgatish;
  • g) muayyan umumiy tabiiy-ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi va uning keyingi taraqqiyoti tavsifi.

Shunday qilib, boshlang‘ich sinflar tabiiy-matematik ta’lim davlat standartining o‘quv-biluv jarayoniga joriy etilishi o‘quv fanlariga doir tabiiy-ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarnigina emas, balki shaxsning muayyan asosiy faoliyati majmuasi mehnat, o‘quv-biluv, kommunikativ-axloqiy va jismoniy tuzilishiga mos keladigan fazilatlarining shakllanishini ham ta’minlaydi.

  • Shunday qilib, boshlang‘ich sinflar tabiiy-matematik ta’lim davlat standartining o‘quv-biluv jarayoniga joriy etilishi o‘quv fanlariga doir tabiiy-ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarnigina emas, balki shaxsning muayyan asosiy faoliyati majmuasi mehnat, o‘quv-biluv, kommunikativ-axloqiy va jismoniy tuzilishiga mos keladigan fazilatlarining shakllanishini ham ta’minlaydi.
  • Har bir o‘quvchining bilimida olg‘a siljish bo‘lishiga erishish zarur.


Yüklə 11,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin