D 128 3-DARS: SIRKUL Maqsad: aylana va doiraning farqiga boradi. Aylana markazi, radiusi, di
-
ametrini va sirkul yordamida ishlashni biladi.
1. Mavzu bo‘yicha tushuncha beriladi. Sirkulga ta’rif beramiz. Sirkul – ayla
-
na chizish uchun mo‘ljallangan asbob. Undan ehtiyotkorlik bilan foydalana
-
miz! Sirkulni yuzimizga yaqinlashtirmaymiz! Do‘stimizga ignali tomoni bilan
uzatmaymiz!
Topshiriqni amaliy bajaramiz. Elektron doskada (yoki oddiy xattaxtada)
sirkul yordamida aylana chizish texnologiyasini o‘rganamiz.
2. Kim chaqqon? Kim tez va to‘g‘ri sanaydi? Berilgan sonlarni kamayib
borish tartibida sanaymiz: 64, 62, 61, 60, 59, 58, 57, 56, 55, 54, 53.
3. Topshiriqni o‘quvchilar bilan
birgalikda bajaramiz. Sirkulni oyoqla
-
ri harakatlanadi. Kattaroq aylana
chizish uchun ularni kengaytirish
kerakmi yoki yaqinlashtirish? De
-
mak, kattaroq aylana chizish uchun
sirkul oyoqlarini kengaytiramiz.
4. O‘quvchilarga o‘qituvchi to-
monidan tushuncha beriladi. Aylana
chizamiz. Ularning diametri nechta
katakka teng? Radiuslari-chi?
1) Aylananing diametri 4 ta katak,
radiusi 2 ta katakdan iborat.
2) Aylananing diametri 6 ta ka
-
tak, radiusi 3 ta katakdan iborat.
3) Aylananing diametri 8 ta ka
-
tak, radiusi 4 ta katakdan iborat.
143
5. Nomaʼlum tarkibiy qismni topamiz.
76 cm
56 cm
? cm
76 cm
? cm
19 cm
Sirkul 3-dars Sirkul – aylana chizish uchun
mo‘ljallangan asbob.
Ehtiyotkorlik bilan ishlaymiz!
Sirkulni yuzimizga yaqinlash-
tirmaymiz! Do‘stimizga ignali
tomoni bilan uzatmaymiz!
1. Amaliy ish.
– Qog‘ozda nuqta belgilaymiz.
– Sirkul oyoqlarini 3 cm ga kengaytiramiz.
– Sirkulning ignali oyog‘ini belgilangan nuqtaga qo‘yib,
qalamli oyog‘i bilan aylana chizamiz.
– Chizilgan aylanada 6 ta nuqta belgilaymiz va
chiz g‘ich orqali bu nuqtalarni aylana markazi bilan
tutashtiramiz.
– Hosil bo‘lgan kesmalar qanday nomlanadi?
– Ularning uzunliklarini o‘lchaymiz. Qanday xulosaga
keldingiz?
– Har bir radiusni chizg‘ich yordamida diametrgacha
davom ettiramiz.
144