D 130 5-DARS: BUTUNNING BO‘LAKLARI (TENG BO‘LAKLAR) Maqsad: butunni teng bo‘lakka bo‘lishni biladi.
1. Mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan tushuncha beriladi.
Butun deganda nimalarni tushunasiz? (bo‘laklarga bo‘linmagan narsa
-
larni) Ularni bo‘lish deganda-chi? (ularni 2 va undan ortiq teng bo‘laklarga
bo‘lishni) Topshiriqda berilgan shirinliklarga qaraymiz. Ular qanday bo‘laklar
-
ga bo‘lingan? Bo‘lingan bo‘laklarni taqqoslaymiz. Ular tengmi?
2. Berilgan rasmga qaraymiz. Birgalikda bajaramiz va yozamiz. Rasmda
nechta shokolad berilgan? Sanaymiz. Ular necha bo‘lakka bo‘lingan? Bo‘lak
-
lar tengmi? Qaysi bo‘laklar teng emas?
3. Rasmda nimalar tasvirlangan? Doiralar qanday bo‘laklarga bo‘lingan?
Ular tengmi? Sanaymiz, bo‘laklar soni nechta?
4. Berilgan topshiriqni amaliy bajaramiz. O‘qituvchi tomonidan quyidagi
savollar beriladi: qanday shakllar berilgan? Ularning nomlarini aytamiz va sa
-
naymiz. Qayshi shakllar teng bo‘laklarga bo‘lingan?
Topshiriq doskada chizib bajariladi. Teng bo‘laklarga uchburchak, aylana,
to‘rtburchak, ko‘pburchak, oltiburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, doira.
5. Topshiriqni bajaramiz va yo
-
zamiz. Yig‘indilarni hisoblab, marra-
ga yetib olamiz. Sinfni ikki guruhga
bo‘lamiz. Har bir guruhda 6 tadan
o‘quvchi ishtirok etadi. Har bir o‘qu-
vchilar chaqqonlik bilan misollar-
ni yechishadi. Qaysi guruh 1-o‘rinni
olsa, o‘sha guruh g‘olib sanaladi.
4 + 10 = 14 8 + 11 = 19 10 + 5 = 15 11 + 6 = 17 5 + 7 = 12 6 + 9 = 15 14 + 15 = 29 19 + 17 = 36 15 + 12 = 27 17 + 15 = 32 29 + 27 = 56 36 + 32 = 68 1-bayroqcha – 56.
2-bayroqcha – 68.
6. O‘quvchilarga o‘qituvchi to-
monidan tushuncha beriladi. Narsa-
lar nechta bo‘lakka bo‘lingan? Ular
-
ni chizamiz va har birining bittadan
bo‘lagini bo‘yaymiz.
145