A
b
D
136
11-DARS:
BO‘LAKLARI BO‘YICHA SHAKLNI YASASH VA
BO‘LAKLARGA AJRATISH
Maqsad:
shakllarni taqqoslaydi. Bo‘laklari bo‘yicha shakl yasaydi va
bo‘laklarga ajratadi.
1.
Mavzu bo‘yicha tushuncha beriladi. Berilgan
topshiriqni birgalikda ba-
jaramiz. Rasmda nimatasvirlangan? Bular kubiklar. Siz kubik o‘yini haqida
bilasizmi? Kubiklar qanday ranglardan iborat? Uni to‘g‘ri yig‘a olasizmi? Ku
-
bik nechta bo‘lakdan iborat? Ularni sanaymiz va hisoblaymiz:
3 × 3 + 3 × 3 + 3 × 3 = 27.
Berilgan ifoda kubik uchta bo‘lakdan iborat ekanini bildiradi.
2.
Topshiriq amaliy bo‘lgani uchun uni amalda bajaramiz. Qaychi va katak
-
li qog‘ozdan foydalanamiz. Berilgan chap tomondagi to‘rtburchakdan qay
-
chi yordamida to‘g‘ri to‘rtburchak yasaymiz. Barcha o‘quvchilarga
topshiriq
beramiz. Katakli daftar varag‘i, qaychi bilan topshiriqni bajarishadi. Bundan
tashqari bosha topshiriq ham berish mumkin.
Kvadratni shunday yo‘nalishda qirqib, to‘g‘ri
to‘rtburchak hosil qilamiz.
3.
O‘quvchilar bilan birgalikda bajaramiz. Bizga katak
-
li qog‘oz va qaychi kerak bo‘ladi.
Berilgan shaklni katakli qog‘ozdan
qirqib olamiz va uni namunadagi-
dek ikkita bo‘lakka ajratamiz. Qirqib
olgan ikkita bo‘lagimiz tengmi?
Ularni ustma- ust qo‘yib tekshiramiz.
Qirqib olgan bo‘laklarimizdan kvad-
rat yasab ko‘ramiz.
4.
Hisoblaymiz. 2-yili
nechta met-
ro bekati qurildi?
Jami 23 ta metro bekat qurilgan.
1-yarim yilda 8 ta.
2-yarim yilda 5 ta.
1-yili: 8 + 5 = 13.
2-yili: 23 – 13 = 10.
2-yili 10 ta metro bekati qurilgan.
5.
O‘quvchilarga o‘qituvchi to-
monidan tushuncha beriladi.
13 cm + 5 cm + 12 cm = 30 cm.
10 cm + 10 cm + 2 cm + 2 cm = 24 cm.
Uchburchakning perimetri 30
cm. To‘g‘ri to‘rtburchakning peri-
metri 24 cm.
152
Dostları ilə paylaş: