D 135 10-DARS: BUTUNNING BO‘LAKLARI Maqsad: butunni teng bo‘laklarga bo‘lishni biladi. Narsalarni yarmi, cho-
ragi, uchdan biriga ajratadi.
1. Mavzu bo‘yicha tushuncha beriladi. Topshiriqni amaliy bajaramiz.
Nuqtalarni shunday tutashtiringki, natijada ikkidan bir bo‘lak hosil bo‘lsin.
Doskada chizib bajaramiz. Shakllarda berilgan qarama-qarshi nuqtalarni
tutashtiramiz. 1-shaklda 2 xil ikkidan bir bo‘lgan bo‘lak hosil qilish mumkin.
2-shaklda 4 xil, 3-shaklda 5 xil ikkidan bir bo‘lgan bo‘lak chizish mumkin.
2. Modellar asosida ifodalar tuzamiz va yechamiz.
1) 63 – 23 = 40 3) 48 – 22 = 26 2) 58 – 24 = 34 4) 75 – 42 = 33 3. Aqlni charxlaymiz. Zafar, Diyor va Madina teng bo‘laklarga bo‘lingan
pitsa sotib olishdi. Har bir bola bittadan bo‘lak yedi. Bitta bo‘lak ortib qoldi.
Bu bo‘lak pitsaning qanday qismini tashkil etadi? Ularga qaysi pitsa berilgan
edi?
1-pitsa ham teng bo‘laklarga bo‘lingan. Ammo ularga yetmaydi. Chunki
bolalar 3 nafar. 2-pitsa ham teng qismlarga bo‘lingan. Buni yeyishgandan
keyin 1 bo‘lak ortib qolmaydi. Masala shartiga ko‘ra, 1 bo‘lak pitsa ortib qolishi
kerak. Demak, ularga 3-raqamli pitsa berilgan.
4. Kesma nechta bo‘lakka bo‘lin-
gan? Kesma uzunligini topamiz.
Topshiriqni bajaramiz va natijalarni
yozamiz.
23 cm + 23 cm + 23 cm = 69.
Demak, kesma uzunligi 69 cm
ga teng.
5. O‘quvchilarga o‘qituvchi tomo-
nidan tushuncha beriladi. 3 ta to‘g‘ri
to‘rtburchak chizamiz. Birinchisini
to‘liq, ikkinchisining yarmini, uchin-
chisining choragini bo‘yaymiz.
151
Butunning bo‘laklari 10-dars 1. Nuqtalarni shunday tu-
tashtiringki, natijada ikkidan
bir bo‘lak hosil bo‘lsin.