A
b
D
126
7-BOB.
BUTUNNING BO‘LAKLARI. VAQT
1-DARS:
AYLANA VA DOIRA
Maqsad:
aylana va doiraning farqiga boradi. Tevarak-atrofdan aylana va
doiraga oid shakllar topadi.
1.
Mavzu bo‘yicha tushuncha beriladi. Aylana haqida nimalarni bilasiz?
Doira haqida-chi? Berilgan narsalarning qaysilari aylanaga, qaysilari doiraga
o‘xshaydi? Ulardan qayerlarda foydalaniladi? Tevarak-atrofdan yana aylana
va doira shaklidagi narsalardan topa olasizmi?
Aylana va doiraning farqini
eslatamiz.
2.
Berilgan masalani birgalikda yechamiz va yozamiz.
Rasmda qanday
o‘yin o‘ynalyapti? Uning nomini bilasizmi? Bu o‘yin haqida nimalarni bilasiz?
Hilola koptokni savatga 25 marta tushirdi.
Sayyora koptokni savatga 27 marta tushirdi.
Zilola koptokni savatga 18 marta tushirdi.
Koptok savatga jami necha marta tushirilgan?
25 + 27 + 18 = 70.
Demak, koptok savatga 70 marta tushirilgan.
3.
Aqlni charxlaymiz. Rasmda nimalarni ko‘ryapsiz? Ularni ranglari bo‘yicha
sanaymiz va guruhlarga ajratamiz.
Sariq doira – 4 ta.
Kichik sariq doira – 4 ta.
Qizil doira – 4 ta.
Yashil doira – 4 ta.
Ko‘k doira – 4 ta.
Siyohrang doira – 4 ta.
4 + 4 + 4 + 4 + 4 + 4 = 24.
Rasmda jami 24 ta doira bor.
4.
Amallarni
bajaramiz va yoza
-
miz. Qanday amallar berilgan?
8 ÷ 4 = 2 5 × 7 = 35 2 × 3 = 6
2 × 5 = 10 35 ÷ 5 = 7 6 × 9 = 54
5.
O‘quvchilarga o‘qituvchi tomo-
nidan tushuncha beriladi.
Rasmni
chizamiz. “Unda nechta aylana bor?
(7 ta) Doira-chi? (11 ta)
Aylana ham
doira ham bo‘lmagan shakl bormi?
Uni qanday nomlaymiz?” kabi savol
-
lar beramiz.
141
Dostları ilə paylaş: