D 6 2-SINF O‘QUVCHILARIGA MATEMATIKA FANIDAN QO‘YILADIGAN TALABLAR II SINF KOD SONLAR VA AMALLAR M2.SA.1 100 gacha bo‘lgan sonlarni to‘g‘ri va teskari tartibda o‘qiydi, yo-
zadi, tartiblaydi, sanaydi.
M2.SA.2 Sonlar nurini chizadi. Sonlar nurida sonlarning joylashuvini
aniqlaydi.
M2.SA.3 Ikki xonali sonning ikkita raqami o‘nlik va birliklar sonini ifoda
-
laydi. Masalan, 76 soni 7 ta o‘nlik, 6 ta birlik sonlardan iborat.
M2.SA.4 100 gacha bo‘lgan sonlarni to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda orala-
tib sanaydi.
M2.SA.5 100 gacha bo‘lgan sonlarni taqqoslaydi, tartiblaydi.
M2.SA.6 Berilgan narsalarni soni bo‘yicha taqqoslaydi, tartiblaydi.
M2.SA.7 Qo‘shish va ayirish amaliga oid matematik terminlar va belgi-
lardan (yig‘indi, ayirma, farqi, jami, qo‘shiluvchi, ayriluvchi, ayi-
ruvchi) foydalanadi.
M2.SA.8 Sonni yig‘indiga va yig‘indini songa qo‘shadi.
M2.SA.9 100 ichida sonlarni xonadan o‘tib qo‘shadi (64 + 26, 29 + 37) va
xonadan o‘tib ayiradi (35 − 8, 47 − 39 kabi).
M2.SA.10 Ikkita bir xonali sonlarning barcha yig‘indilarini yoddan biladi.
M2.SA.11 Qo‘shish amali natijasi hamda ayirish amali natijasini tekshiradi.
M2.SA.12 Bir nechta bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisini topadi.
M2.SA.13 Ko‘paytirish amali ma’nosini biladi. Ko‘paytirishning tarkibiy
qismlari (komponentlari): 1-ko‘paytuvchi, 2-ko‘paytuvchi va
ko‘paytmani biladi. Ularni topishga doir misollarni ko‘paytirish
jadvali ichida yechadi.
M2.SA.14 2, (3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 1, 0, 10) sonini bir xonali songa ko‘paytiradi
. M2.SA.15 Bo‘lish amali nomini, ma’nosini biladi, narsalar to‘plamini teng
guruhlarga bo‘la oladi va masala mazmunidan kelib chiqib,
bo‘lish amalini bajaradi, bo‘lishning barcha tarkibiy qismlarini
(komponentlari): bo‘linuvchi, bo‘luvchi va bo‘linmani biladi va
ular ni topishga doir misollarni ko‘paytirish jadvali ichida yechadi.
@edurtm_uz