Matematika o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma Yangi nashr



Yüklə 29,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/191
tarix21.12.2023
ölçüsü29,85 Kb.
#188217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
M 2-sinf met qo\'llanma

D
7
M2.SA.16
Sonni 2 (3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10) ga bo‘ladi.
M2.SA.17
Qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lishga oid misollarning 
javobini tekshirish uchun teskari amallardan foydalanadi.
M2.SA.18
Qo‘shish amalining o‘rin almashtirish (kommutativlik) xossasi-
ni ifodalaydi va undan topshiriqlarni bajarishda foydalanadi. 
Yig‘indi va ayirmada 0 ning xossasini biladi, ya’ni a + 0, a – 0, 
a + b = b + a.
M2.SA.19
Ko‘paytirish jadvalidagi qiymati 10 gacha bo‘lgan ikkita har 
qan day a va b sonlar uchun ko‘paytirishning o‘rin almashtirish 
xossasi: a × b = b × a dan foydalana oladi (masalan, 3 × 5 = 5 × 3).
M2.SA.20
Qo‘shish va ayirishga oid ikki amalli hayotiy masalalarni yechadi.
M2.SA.21
Butunni teng bo‘laklarga bo‘lishni biladi. Narsalarni yarmi
choragi, uchdan biriga ajratadi.
M2.SA.22
Sonlar va shakllarning mantiqiy ketma-ketligini topadi va da
-
vom ettiradi, qonuniyatini aniqlaydi.
M2.SA.23
Amallarning tarkibiy qismlarini ajratadi. Farqlaydi.
M2.SA.24
Ikki yoki uch amalli sonli ifodalarni biladi va hisoblaydi.
M2.SA.25
Sonli (qavsli, qavssiz) ifodaning qiymatini hisoblaydi, ifodada 
qatnashgan noma’lum tarkibiy qismni aniqlaydi.
M2.SA.26
Harfli ifodalarning o‘qilishi va yozilishini biladi. Faqat a, b, x, y 
harflari ishtirok etgan ifodalar.
M2.SA.27
Tenglama va uning ildizi tushunchalari. 27 + x = 27, 35 – x = 30, 
x – 3 = 7, x ÷ 3 = 7, y × 3 = 21 ko‘rinishidagi tenglamalarni yechadi.
KOD
GEOMETRIYA VA O‘LCHASHLAR
M2.GO‘.1
Nuqta, to‘g‘ri chiziq, siniq chiziq va egri chiziqlarni tasavvur 
qiladi, taniydi, tasvirlaydi.
M2.GO‘.2
Burchak nomlari (turlari) bilan tanishadi (o‘lchov birligisiz).
M2.GO‘.3
Sodda yassi geometrik shakllarni tasavvur qiladi, taniydi va 
nomlashni biladi. Kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchakni 
taniydi.

Yüklə 29,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin