Matematik yo‘l halokatiga guvoh bo‘lib, quyidagilarni eslab qoldi: Aybdor avtomobilining raqami to‘rt xonali son bo‘lib, u 19 ga bo‘linadi va 19 soni bilan tugaydi. Aybdorni topish uchun avtomobil inspeksiyasi xodimlari nechta avtomobilni tekshirib chiqishlari lozim?
*a) 5
b) 8
c) 12
d) 9
“Negizlar”kitobining muallifi kim?
*a) Evklid
b) Pifagor
c) Arximed
d) Eyler
Ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o’zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
*a) Kommunikativ kompetentsiya
b) O’zini o’zi rivojlantirish kompetentsiyasi
c) Milliy va umummadaniy kompetentsiya
d) Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi
Mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
*a) Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi
b) Kommunikativ kompetentsiya
c) O’zini o’zi rivojlantirish kompetentsiyasi
d) Milliy va umummadaniy kompetentsiya
Doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
*a) O’zini o’zi rivojlantirish kompetentsiyasi
b) Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi
c) Kommunikativ kompetentsiya
d) Milliy va umummadaniy kompetentsiya
Jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
*a) Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi
b) Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi
c) Kommunikativ kompetentsiya
d) O’zini o’zi rivojlantirish kompetentsiyasi
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
*a) Milliy va umummadaniy kompetentsiya
b) Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi
c) Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi
d) Kommunikativ kompetentsiya
Aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o’qiy olish, inson mehnatini engillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
*a) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetentsiyasi
b) Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi
c) Kommunikativ kompetentsiya
d) O’zini o’zi rivojlantirish kompetentsiyasi