Matematika va informatika


Yetuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari



Yüklə 190,02 Kb.
səhifə4/5
tarix27.04.2023
ölçüsü190,02 Kb.
#103461
1   2   3   4   5
Xudoyberdiyev Umidjon

Yetuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari

Etuklik davri 36-55 (60) yoshlardagi erkak va ayollarni o‘z ichiga oladi. Mazkur davrda ijodiy faoliyatni qaytadan baholashda o‘z ifodasini topuvchi yangi xislat namayon bo‘ladi. ular shu kungacha mehnat faoliyatida miqdor ketidan quvib yurgan bo‘lsalar, endi mexnat maxsulining sifati ustida bosh qotira boshlaydilar. Oilaviy turmushga ijtimoiy hayotga, yashashning maqsadiga, inson qadr-qimmatiga, tevarak-atrofga, o‘zlariga va boshqa odamlarga yangi mezon bilan qaray boshlaydilar. Turmushning ikir-chikirlari, ijtimoiy-xodisalarga vazmin, sabr-toqat bilan hayot tajribasiga suyangan holda munosabatda bo‘ladilar, har bir narsaning nozik tomoni yoki yomon oqibati xaqida o‘z fikrlarini biladiradilar. Hayotda qo‘ldan boy bergan imkoniyatlari, xato va kamchiliklari ularda etti o‘lchab, bir kes qabilida ish tutish tuyg‘usini vujudga keltiradi. SHuning uchun ular umrining biror daqiqasi bekor o‘tishiga achinadilar. YOshlik yillarida yo‘qotganlarini aql-zakovat, donishmandlik bilan to‘ldirishga intiladilar. Etuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari ko‘proq o‘rin egallay boradi, uning boshlanish nuqtasi 45-50 yoshlardir. Lekin odamlarning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra bu chegara turlicha, masalan, bu bir kishida 60 yoshda, boshqa birida esa 70 yoshda bo‘lishi mumkin. SHu sababli Yosh davrning chegaralari faqat shartli belgilanadi. Bu omil odamlar yashayotgan oila muhitiga, tarixiy-ijtimoiy shart-sharoitga jo‘g‘rofiy iqlim va xokozolarga ham bog‘liqdir. Mazkur Yosh davrning o‘zgaruvchanligini insonning biologik,ijtimoiy va tarbiyaviy omillari (irsiy alomat, ijtimoiy muhit, uzluksiz tarbiyaviy ta’sir) belgilaydi.
SHaxsning o‘z ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilishi faoliyatning barcha turlarida ma’naviy va ruhiy jihatdan o‘zini anglashini yanada takomillashtirdi. Etuklik davridagi erkak va ayollarning o‘zligini anglashdagi «Men» uch xil ko‘rinishdan ifodalanadi: «Men» ko‘pincha «Men-obraz» shaklida o‘zi tomonidan talqin qilinadi. SHaxsning «Men-obrazi»
1.retrospektiv «Men» dan iborat bo‘lib, o‘tmishdagi o‘zligini aks ettiradi;

  1. aktual «Men» sifatida tasavvur etilib, o‘zining hozirgi davrini ifodalaydi;

  2. ideal «Men» obrazi esa yaqin kelajakda o‘zini qanday tasavvur qilish bilan bog‘liq holda yaratiladi.

SHuning uchun o‘z imkoniyatlarini hayotda to‘la safarbar qilish istagi ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida o‘zining o‘tmishi obrazini xozirgisi bilan solishtirib, shaxsiy ideal modelini vujudga keltiradi, shaxs mazkur modeliga asoslanib, turmush rejalarini, xatti-xarakat maqsadini, usul va vositalarini tanlay boshlaydi. Insonning o‘tmishdan xozirgi kunda, xozirgi kundan kelajakka intilishi o‘zini anglashning bosh mezoni xisoblanadi. O‘zligini anglashning boshqa mezonlari ham mavjud bo‘lib, o‘zini o‘zi baxolash, nazorat qilish, tekshirish, qo‘lga olish, o‘ziga buyruq berish kabilarda aks etadi. O‘zini anglash ko‘pincha, o‘ziga boshqa kishilar:
A)yoshi ulug‘ odamlar;
B)tengdoshlar;
V)o‘zidan kichik odamlar nuqtai-nazaridan qarashda ko‘rinadi.
Mazkur Yosh davridagi odamlarning ko‘rish maydonini o‘rgangan L.N.Kulenova va M.D.Aleksandrovalar 36-50 yoshli erkaklarda ko‘rish chegarasi quyidagicha ekanini aniqlaganlar:
Normadan ortiq 4%, normada 53%, qolganlari normadan kam. YU.N.Kulyutkin 36-40 yoshli sinaluvchilarda diqqat, xotira, tafakkurning 0-130 gacha shkalada 94,8, 93,7, 99,0 birligiga ega ekanligini isbotlab berdi. B.G.Anan’ev esa mazkur yoshdagilarda shaklni idrok qilishni bipopulyar va mopopulyar yo‘llarida muayyan darajada tafovutlar yuzaga kelishini aytadi.
Qator olimlar (Klapared, Mayle, Bellis, Filipp) mazkur yoshdagilarning tovush va yorug‘likdan ta’sirlanish vaqti o‘zgarishini o‘rganganlar. Olingan ma’lumotlar amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘z qimmatini xozirgacha saqlab kelmoqda. Ful’de, Raven, Pako kabi tadqiqotchilar intelektning qobiliyatini tekshirib, 30 yoshda 96, 40 yoshda 87, 50 yoshda 80, 60 yoshda 75% bo‘lishni aniqlaganlar. Ularning ijtimoiy faoliyatiga kirish xususiyatini faollik nuqtai- nazaridan V.SHevchuk 35 yoshidagi odamlarning 6,2% bu faoliyatda qatnashish istagini bildirsa, 40 yoshda 2,2% qatnashishini xoxlaydi, 2,8% esa undan chiqishga qaror qiladi. Ahvol shunday davom etadi. Z.F.Esarova oliy maktab o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini xususiyatlarini o‘rganib, doktorlik ishlarini yoqlashni matematiklar 33, psixologlar 46, filologlar 46,tarixchilar 47, fiziklar 37, biologlar 40 yoshda amalga oshirishni aniqlagan. Umuman etuklik davrining ikkinchi bosqichiga mansub kishilar bir tomondan, butun imkoniyatini mehnat va ijtimoiy faoloyatlariga bag‘ishlanadi, ikkinchi tomondan, ijtimoiy faolliklari susayib boradi. Xozirgi zamon kishilarining o‘rtacha umr ko‘rishi XX asr boshlaridagiga nisbatan qariyib 1,5, 2 marta uzayganligini, etuklik davridagi erkak va ayollarning ijtimoiy baquvvatligi, ma’naviyati va ruxiyati tekisligi ijtimoiy faollikni susaytirish xaqida so‘z bo‘lishi mumkin emasligini ko‘rsatmoqda. Demak, ularning ishchanligi, aqliy qobiliyati, kasbiy maxorati, turmush tajribasi, ongining yuksakligi, ma’naviyatining boyligi, ruxiyatining sofligi yangi zafar, mexnat quvonchlari sari dadil qadam tashlashga to‘la kafolat beradi.

Xulosa
Turli yosh davrlarida shaxs rivojlanishida uning psixologik xususiyatlariga va rivojlanayotgan sharoitiga alohida e`tibor qaratish kerak. Ma`lumki, muayyan yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda ta`lim va tarbiya berib bo`lmaydi. Bolaning har bir yoshi o`z qiyinchiliklariga ega bo`ladi va o`ziga nisbatan maxsus munosabatda bo`lishni talab qiladi. Ta`lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo`lishning sharti o`quvchining psixologik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishdan iborat. Bunda esa yosh davrlariga xos bo`lgan psixik dunyosidan yaxshi xabardor bo`lishni, psixologik jihatdan kuzatishni to`g`ri tashkil qila olishni va tabiiy eksprement uyushtirishni bilishni taqozo qiladi.
Shaxsning ijtimoiy voqelikka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo`lgan munosabati turlicha. Uning faollik darajasi va odob-axloq borasidagi yetukligi turlichadir. Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo`yicha qator mustaqil nazariyalar mavjud. Ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritadi. Ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik nazariyalarni kiritish mumkin.
Shaxs ma`lum ijtimoiy munosabatlar sistemasida shakllangan ijtimoiy mavjudotdir. Har bir tarixiy davrda shaxsning o`ziga xos xususiyatlari shu davrning ijtimoiy-iqtisodiy tipi va tarbiya tizimiga bog`liq holda tashkil topadi va shakllanadi. Bolaning psixik rivojlanishi masalasi yosh va pedagogik psixologiyaning asosiy muammosi hisoblanadi. Bu muammoni to`g`ri hal etish yosh va pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida ham, yosh avlodni zamon ruhida tarbiyalashda ham ahamiyati kattadir.


Yüklə 190,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin