KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Matematik ahalizning eng muhim nazariyalaridan biri cheksiz ko’paytmalar nazariyasi bo’lib, funksiyalarni o’rganishda shuningdek kompleks analizning ba’zi bir masalalarini hal etishda keng qo’llash mumkin. Kompleks analizda
golomorf funksiyalarni, butun funksiyalarni hamda meromorf funksiyalarni cheksiz ko’paytmalarga yoyish hamda bu funksiyalar yordamida ba’zi bir masalalarni hal etish hozirgi zamon matematikasining muhim nazariyalaridan biri hisoblanmoqda. Shuning uchun cheksiz ko’paytmalar nazariyasini o’rganish muhim nazariy va amaliy ahamiyaga egadir.
Mazkur bitiruv malakaviy ishda cheksiz ko’paytmalar va ularni analitik funksiyalarga tadbiqlari o’rganiladi. Bu yo’nalish bo’yicha kerakli natijalarni [1,2,3,4,5,6,7,8,9,10] adabiyotlardan topish mumkin. Kurs ishning mavzusining dolzarbligi shundaki, cheksiz ko’paytmalar haqiqiy va kompleks analizda qatorlar nazariyasi bilan birga cheksiz ko’paytmalar
nazariyasi
ham funksiyalarni tasvirlashda, ularni o’rganishda
maxsuslikdan qutilishda keng
qo’llaniladigan muhim matematik apparat hisoblanadi.
Bunday mavzuni o’rganish matematika yo’nalishi talabalari uchun dolzarb hisoblanadi esa analitik funksiyalarni cheksiz ko’paytmalar orqali ifodalanishini, butun va meromorf funksiyalarni ko’paytmalarga yoyilishini o’rganish. Shunindek cheksiz ko’paytmalarning
yaqinlashish va uzoqlashishini, cheksiz ko’paytmalar yordamida hal etiladigan ba’zi bir masalalarni o’rganishdan iborat.