“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-1, January - 2023
146
qo`llab o`quvchilarning darsga aktivligini, qiziqishini oshirsa va ularga kerakli bilimni
bera olsa o`qituvchi darsda o`z oldiga qo`ygan ijobiy maqsadiga erishadi. Innovacion
texnologiyani darsda qo`llashda
darsning mavzusiga karab, darsning maruza yoki
amaliy mashg’ulot ekanligiga qarab tanlanadi.
Mavzu: «Haqiqiy sonlar».
Bu mavzuga matematika fanidan maktab o`quvchilari uchun ajratilgan vaqtdan
unumli foydalanish uchun innovatsion texnologiyalarni o`z o`rnida ishlatish maqsadga
muvofiqdir.
Pedogogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun o`ziga
xos vositalari zarur
bo`ladi. Har bir innovatsion texnologiyada qo`llaniladigan vositalar umuman o`xshash
bo`lib, ularning turlari ko`p. Ularni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
verbal, noverbal, vizual, audio, tabiy hamda o`quv anjomlari. Bizning mavzumizga
vositalarning verbal turi ko`proq mos keladi.
Verbal vositalarining asosini axborot tashkil qiladi. Ular so`zlar
bilan
ifodalanadigan axborotlar bo`lib, ularni so`z orqali ifodalab berish uchun o`qituvchi
uni o`zlashtirgan bo`lishi, yani shu axborot haqidagi bilimga ega bo`lishi lozim.
Boshqacha qilib aytganda, pedogogik texnologiyalarning verbal vositalarini
o`qituvchining bilimlari darajasidagi axborotlar tashkil qiladi.
Verbal muloqot shakllari har hil bo`lib, ularning asosiylari nutq so`zlash, maruza,
suhbatlashish, savol so`rash, savolga javob berish, bahs, munozara, muzokara, xabar
berish, kengash,
maslahat, nasihat, tanbeh, salomlashish, xayrlashish kabilarni o`z
ichiga oladi.
Ushbu verbal muloqot shakllarida qo`llaniladigan nutq intenatsiyalari
so`zlovchilarning fikrlaridagi uning maqsadiga muvofiq bo`lgan
mano mazmunlarni
chuqurlashtirish, yaqqollashtirish imkonini beradi.
O`qituvchi o`quvchi uchun malum bo`lgan tushunchalarga asoslangan holda
yangi axborotlarni tanishtirib, tushintirib boradi.
Bu jarayonda o`quvchilar diqqatini jamlash, tinglash, eshitish, anglash, tushunish,
idrok qilish, mantiqiy fikrlash,
xotirada saqlash, qayta eslash faoliyatlari bilan band
bo`ladilar. Bunda o`quvchining qiziqishi, havasi,
ehtiyoji, mafaatdorligi, qobiliyat,
istedod, iqtidori uning muvaffaqiyati asosi bo`ladi.
Yuqoridagi fikrning dalili sifatida verbal muloqot shakli haqida to`xtalib o`tamiz.