Material bilan tanishtirish metodikasi


II bob Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni geometrik material



Yüklə 40,59 Kb.
səhifə3/4
tarix20.06.2023
ölçüsü40,59 Kb.
#132929
1   2   3   4
Material bilan tanishtirish metodikasi

II bob Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni geometrik material
bo’yicha bilim va malakalarini rivojlantirish metodikasi.
2.1 Boshlang’ich sinf o’quvchilarida uzunlik haqida tasavvurlarni
shakllanritish, uzunliklarni o’lchash malakalarni hosil qilish.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 16 avgustdagi
«Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida»gi
Qaroriga asosan boshlang’ich ta’lim nihoyasida o’quvchilar matematikadan
egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarining minimal darajasi
belgilab berilgan. Jumladan, boshlang’ich sinf o’quvchilari geometrik figuralarga oid quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlari shartdir:
-rasmlarda kesma, uchburchak, to’rtburchak (jumladan, to’g’ri to’rtburchak va kvadrat), beshburchak va aylanalarni tanish;
-tevarak-atrofdagi geometrik shakllarni tanish va tora olish;
-kesma uzunligini o’lchash, berilgan uzunlikdagi kesma yasash, kesma
uzunligini ko’z bilan chamalab o’lchay olish;
-chizg’ich va sirkuldan foydalanib, to’g’ri to’rtburchak, kvadrat, uchburchak
va aylanalar yasay olish;
-ko’pburchak perimetrini, to’g’ri to’rtburchak yuzini va kvadrat birliklardan
tuzilgan figuralarning yuzini hisoblay olish;
-uzunlik (mm, sm, dm, m, km) va yuza (sm.kv., dm.kv., m.kv.) o’lchovi
birliklarini, ular orasidagi asosiy nisbatlarni bilish, o’z o’rnida qo’llay olish.
Ma’lumki, uzluksiz ta’lim tizimida boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta
ta’limning tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. 1 -4-sinflarda o’rganiladigan geometrik
material 5-6-sinflarda o’rganiladigan geometrik materiallarni, shuningdek,
geometriya sistematik kursini o’rganish uchun asos yaratish lozim bo’lganligidan,
uning mazmunini tarkib toptirish va rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan
umumta’limiy maqsadlarni; yuqori sinflarda o’quvchilar tomonidan geometrik
materialni ongli va puxta o’zlashtirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratadigan
geometrik tasavvurlar zahirasini hosil qilishga, ularning fazoviy tasavvurlarini
tarkib toptirishga va rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan maqsadlarini amalga
oshirishga qaratilgandir.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun boshlang’ich sinflarda geometrik
material mazmunini aniqlashda geometrik figuralar (nuqta, to’g’ri chiziq, egri
chiziq kesmasi, siniq chiziq, burchak, ko’pburchak, aylana, doira) va ularning
elementlari haqida o’quvchilarda tasavvurlar tarkib toptirish bilan bir qatorda,
murakkab chizmalarda talab etilayotgan figuralarni ajratishga doir, o’quvchilarni
o’rab to’rgan predmetlar ichida ularga tanish bo’lgan figuralarni topishga doir,
geometrik figuralarni qirqish va qirqilgan bo’lakdardan yangi figuralar yasashga
doir, geometrik miqdorlar (kesma uzunligi, to’g’ri to’rtburchak yuzi)ga doir
mashqlarga katta e’tibor berilishi talab etiladi.
Shuni qayd etish lozimki, boshlang’ich sinflar matematika kursida geometrik
figuralar dastlab ta’lim vositasi rolini bajarib, hisob materiali sifatida qo’llaniladi.
Geometrik figuralar va ularning xossalarini o’rganishda atrofdagi moddiy
narsalar, figuralarning tayyor modellari va chizmalaridan, turli xil vositalardan
keng foydalanish tavsiya etiladi. Bular geometrik figuralarning rangli ka rtondan
yoki qalin qog’ozdan tayyorlangan demonstratsion, butun sinf uchun mo’ljallangan
modellar, figuralar tasvirlangan plakatlar, diapozitiv, diafilmlar bo’lishi mumkin.
O’quvchilar geometrik figuralarning modellari bilan tajriba o’tkazib,
figuraning rangi, materiali, katta-kichikligi bu figura uchun muhim bo’lmagan
belgilar ekanligini tushunib yetib, o’rganilayotgan geometrik figura uchun muhim
bo’lgan belgilarni aniqlaydilar. Ayrim geometrik figuralarni o’rganishda o’quvchilar bilan birgalikda qo’lda ko’rgazmali qurollar tayyorlashga e’tibor berilishi kerak bo’ladi. Bular masalan, to’g’ri burchak modeli, ko’pburchaklar modellari (shu jumladan, to’g’ri to’rtburchaklar va kvadratlar) va boshqalar bo’lishi mumkin.
Boshlang’ich sinflarda geometrik elementlarini o’rganishning asosiy
maqsadlaridan biri o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini tarkib toptirish va
rivojlantirishdan iboratdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun ko’p hollarda va ayniqsa, fazoviy tasavvurlarni tarkib toptirishning dastlabki bosqichlarida
o’quvchilarning amaliy ishlariga katta ahamiyat berilishi talab etiladi. O’z qo’li
bilan modellar yasab, chizmalarni o’zi chizib, ularni qirqib, qirqilgan figuralardan
yangi figuralar yasash bilan bog’liq bo’lgan amaliy ishlarni bajargan
o’quvchilarning fazoviy tasavvurlari ob’ektni passiv holda, faqat kuzatish bilan
cheklangan holda o’rgangan o’quvchining geometrik tasavvurlariga nisbatan ongli
va mustahkam bo’ladi. Boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’rganishda o’rganilayotgan material tizimi xususiyatlarini hisobga olgan holda, uning alohida yo’nalishlarini ajrata olishlik muhim ahamiyat kasb etadi, chunki o’rganilishi lozim bo’lgan mashqlarning mazmuni va harakterini belgilashga imkoniyat yaratib konkret darsda ulardan qaysi biri asosiy va qaysi biri tanishtiruv harakteriga ega ekanligini aniqlashga yordam beradi. Masalan, boshlang’ich maktab matematika kursida asosan kesma tushunchasini o’rganish ko’zda to’tilgan. Bu tushuncha haqida tasavvur hosil qilish uchun «to’g’ri chiziq» tushunchasidan foydalanish kerak bo’ladi. Lekin bunday o’qituvchi to’g’ri chiziq tushunchasi bilan o’quvchilarni tanishtirishi zarur degan xulosa kelib chiqmasligi lozim, chunki bu holda asosan maqsad o’quvchilarni kesma bilan tanishtirish bo’lib, to’g’ri chiziq tushunchasi faqat tanishuv harakteriga ega bo’ladi. Shuning uchun ham o’quvchilar qisqa holda to’g’ri chiziq va egri chiziqlar bilan tanishtirilgandan so’ng ularning kesma to’g’risidagi bilimlari chuqur va asosli ravishda tarkib toptiriladi.
2.3 Boshlang’ich sinf matematika kursida geometrik materialni
o’rganishda fanlararo integratsiyadan foydalanish usullari.
Boshlang’ich matematika dasturida geometrik material katta o’rinni oladi. Geometrik materialni o’rganishning asosiy maqsadi geometrik figuralar (nuqta, to’g’ri va egri chiziq, to’g’ri chiziq kesmasi, siniq chiziq, ko’pburc hak, aylana va doira) haqida ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to’la tizimini tarkib toptirishdan iborat.Geometrik figuralar haqidagi fazoviy tasavvurlar, geometrik figuralarni chizmachilik va o’lchash asboblari yordamida va bu asboblarning yordamisiz o’lchash va yasashlarning amaliy malakalarini (ko’zda chamalash, qo’lda chizish va hokazo) tarkib toptiriladi, o’quvchilarning nutq va fikrlashlari shu asosda rivojlantiriladi.
Chizg’ich yordamida ham, boshqa usullar bilan ham to’g’ri chiziq yasash
mumkin. Masalan, qog’oz varog’ini buklash yo’li bilan to’g’ri chiziq hosil qilish
mumkin, buklash chizig’i to’g’ri chiziq bo’ladi. Bunda bolalar diqqatini shu faktga
qaratish mumkinki, qog’oz varog’ini har xil bo’lib, to’g’ri chiziq tasviri hosil
bo’ladi. Doskada to’g’ri chiziq vaziyatini o’zgartirish, ya’ni uni gorizontal, vertikal
va qiya holda chizish ham muhimdir. Shuningdek, IV-sinflarda geometriya
elementlarni o’rganish metodikasida ta’lim texnologiyasi, geometrik jihatdan
mustaqil ishlash, geometrik o’yin elementlaridan foydalanish masalalari yetarli
darajada o’rganilishi talab etilmoqda.
Umuman aytganda boshlang’ich sinflarda geometrik bilim berishda
o’quvchilarning tasavvuri kengayadi, matematikani o’zlashtirishga bo’lgan ehtiyoji
qondiriladi va pedagogik-psixologik hususiyatlari geometrik tushunchalarni
o’zlashtirish jarayonida mustahkamlanadi.Boshlang’ich sinf o’quvchilarining boshlang’ich geometrik tushunchalarni o’zlashtirish poydevorini yaratish va ularni o’rganish metodikasini o’zlashtirishi faoliyatini tashkil etishda o’qituvchining yetakchi rolini, uning shaxsi, bilimi, ishga va o’quvchilarga bo’lgan munosabati, metodik mahorati masalaning Jumaev M.E. va boshq. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi muvaffaqiyatli yechilishida katta ahamiyatga ega. Fazoviy munosabatlar haqida tasavvurlar hosil qilish va ularda boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’rganishda foydalanish geometrik tushunchalar mazmunini o’zlashtirishga imkon beradi, atrof muhitni butun rang-barangligi bilan xis qilishga olib keladi, real mavjud dunyo haqida bilimlardan asta-sekin abstrakt-geometrik dunyoga, fazoviy tafakkur rivojiga, o’quvchilarining umumiy rivojlanish darajasining yuksalishiga olib keladi. Shu bilan birga shunga e’tibor berish kerakki, bunda geometrik figuralar ustida amallar bajarish mumkin bo’lgan ob’ektlar ekanligini nazarda tutish va o’quvchilar tomonidan uning qanday qabul qilinishiga e’tibor berish kerak, hamda o’quvchilarini mantiqiy bog’lovchilar bilan tanishtirishni unutmaslik kerak. Hozirgi vaqtda maktablarda qo’yilgan. Yangi talablar asosida matematik boshlang’ich ta’lim mazmuni va metodikasini takomillashtirish yo’llari izlanmoqda, shu jumladan geometriyani ham. Ko’p ilmiy tekshirishlar qi layotgan pedagog- metodistlar ta’lim va tarbiya mazmunini yangilashning yo’llarini predmetlar aro integratsiyasidan izlashmoqda. O’quvchilarning e’tiborlari siniq chiziqning bo’ginlari (qismlari) kesmalardan iborat ekanligiga qaratiladi. O’quvchilvrning o’zlari cho’plardan va plastilin bo’laklaridan siniq chiziq modellarini yasashlari, daftarlariga va doskaga siniq chiziq chizishni o’rganib olishlari maqsadga muvofiqdir. Bundan so’ng ularga siniq chiziqlar ochiq va yopiq bo’lishi mumkinligi aytiladi. Bunda yopiq siniq chiziqlar ko’pburchaklarning chegaralari bo’lishini o’quvchilar ongiga yetkazish muhimdir. Masalan, uchta bo’g’indan iborat yopiq siniq chiziq uchburchakning chegarasidir.Shundan keyin o’quvchilarga siniq chiziq uzunligini topish uchun uning har bir bo’g’ini uzunligini topish va topilgan sonlarni qo’shish kerak ekani aytiladi. Siniq chiziq uzunligini topishga doir mashqlar o’quvchilarni, ko’pburchak perimetrii tushunchasini idrok qilishga olib keladi. Perimetrii topilishi kerak bo’lgan dastlabki figura sifatida uchburchak olinishi maqsadga muvofiqdir. Shundan keyin o’quvchilarni har xil ko’pburchaklarning perimetrlarini topish bo’yicha mashq qildirish kerak. Ular orasida teng yonli va teng tomonli uchburchaklar, to’g’ri to’rtburchaklar, kvadratlar va boshqa figuralar bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Matematika o’qitish metodikasi umumiy matematika metodikasiga bog’liq. Umumiy matematika metodikasi tomonidan belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda boshlang’ich matematika o’qitish metodikasi tomonidan ishlatiladi. Boshlang’ich matematika o’qitish metodikasi pedagogika fani bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning qonuniyatlariga tayanadi. Matematika o’qitish metodikasi bilan pedagogika orasida ikki tomonlama bog’lanish mavjud.
Bir tomondan matematika metodikasi pedagogikasining umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi, bu hol matematika o’qitish masalalarini hal qilishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta’minlaydi. Ikkinchi tomondan pedagogika umumiy qonuniyatlarni shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma’lumotlarga tayanadi, bu uning hayotiyligi va aniqligini ta’minlaydi. Pedagogika metodikalarining aniq materialidan oziqlanadi, undan umumlashtiriladan foydalaniladi va o’z navbatida u metodikalarni ishlab chiqishda yo’llanma bo’lib xizmat qiladi. Matematika metodikasi pedagogik psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog’liq. Tarbiya va ta’limning ko’pgina masalalarini hal qilishda o’qituvchi pedagogik-psixologiya va yosh psixologiyaga oid ko’pgina bilimlardan foydalanish kerak. Yoshlar psixologiyasi ta’lim ta’sirida kishi ma’naviy qiyofasining shakllanishi qonuniyatlarini, turli yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini, shuningdek, bolalarning bilimlarni malakalarni o’zlashtirishlarining psixologik qonuniyatlarini, ularning mustaqilliklari va ijodlarining rivojlanishi, o’quvchilar shaxsning kamol topish qonuniyatlarini o’rganadi bu o’quv tarbiya ishini tashkil qilishda katta ahamiyatga ega.
Boshlang’ich matematika metodikasi ta’limning boshqa metodikalari ona
tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar metodikasi bilan bog’liq.
Predmetlararo bog’lanishi to’g’ri amalga oshirish uchun o’qituvchi buni hisobga
olishi muhimdir. Yuqori sinflarda predmetlararo bog’lanishni amalga oshirish ancha qiyin, chunki har qaysi predmetni ma’lum bir o’qituvchi olib boradi.
Boshlang’ich sinflarda bunday emas. Hamma fanlarni bir o’qituvchi olib
boradi va shu sababli uning oldida predmetlararo bog’lanishni amalga oshirish
imkoniyati ochiladi. Boshlang’ich ta’limining turli o’quv predmetlariga oid darslarda o’quvchilar tevarak-atrofdagi voqea va hodisalar, ularning xossalariga oid konkret tassavurlar oladilar. Matematikaning farqlantiruvchi xususiyati shundan iboratki, matematika ob’ektiv borliqni o’rganish bilan bir vaqtda o’rganilayotgan voqea va predmetlarning aniq mazmunidan moddiy dunyoning eng umumiy tomonlariga tegishli bo’lmagan uning miqdoriy tomonlariga hamda fazoviy shakl va munosabatlariga tegishli bo’lmagan hamma narsaga nisbatan abstarksiyalanadi. Matematikaning buyuk kuchi shundadir, ya’ni tushunchalarning abstraktligi va umumiyligidir, boshqa o’quv fanlari bilan har tomonlama ko’plab bog’lanishlar, munosabatlar o’rnatish imkoniyatlari ana shundadir.
Bunday bog’lanishlarni o’rnatishda umumiy faktlarni, ya’ni son haqidagi, arifmetik amallar haqidagi, geometrik figuralar, miqdorlar, shakllar haqidagi tasavvurlar va elementlar tushunchalar, har xil malaka va ko’nikmalar, faoliyat turlari, o’qitishning forma va metodlarini asos qilib olish mumkin.
Matematika darslarida o’quvchilarning tabiatshunoslik, jugrofiya, tarix,
rasm, chizmachilik, mehnat, jismoniy tarbiya va boshqa fanlardan olgan
bilimlaridan foydalaniladi. Bu fanlarga oid ma’lumotlar arifmetik masala va misollar tuzish uchun material bo’lib xizmat qilish mumkin. Masalan tarixiy voqealar haqida bilim berish, Vatanimiz va boshqa mamlakatlar chegaralarining uzunligi, mamlakatlar Jumaev M.E. va boshq. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi egallagan maydonlarining yuzlari, daryolarning uzunligi, tog’larning balandligi, dengiz ko’llarning uzunligi va chuqurligi. Matematika darslarida arifmetik masala va misollar tuzishda, sonlarni taqqoslash va taxlil qilishda asosiy material bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Ikkinchi tomondan matematik bilim boshqa darslarda keng qo’llanilishi lozim. Masalan, qo’l mehnati darsida o’quvchilar matematika darslari uchun qog’ozdan gul solib kesadilar, plastilindan didaktik materiallar yasaydilar. Bundan tashqari geometrik shakllarni kvadratlar, uchburchaklar, to’g’ri to’rtburchaklar, aylanalarni qalamda aylantirib chiqadilar va qirqadilar, ularni farqlash va nomini aytishni o’rganadilar.Matematika darslarida o’quvchilar narsalarning quyidagi belgilarni, uzunqisqa, keng-tor, yug’on-ingichka va boshqalar bilan tanishadilar. Qo’l mehnati darsida esa turli buyumlar tayyorlashda, masalan o’yinchoqlarni yasashda o’quvchilar ularni mustahkamlaydilar.Matematika darslari kabi qo’l mehnati dasrlarida ham o’quvchilarning fazoni aniqlashi rivojlanadi. O’quvchilar qog’ozning o’rtasini, yuqori-quyi, o’ng va chap tomonlarini ko’rsatishni o’rganadilar. Jug’rofiya darslarida ayrim mavzularni o’rganishda masalan: Masshtablarni hisoblash, maktab uchastkasining rejasini, o’z turar joyining sodda rejasini tuzishda o’quvchilarning matematika va chizmachilikda olgan bilimlarni keng qo’llanilishi mumkin: chunki masshtab haqidagi tushuncha faqat o’lchash malakalarining mustahkam asosidagina to’g’ri shakllanadi. Jismoniy tarbiya darslarida o’quvchilar miqdor ustida olgan bilimlarini mustahkamlaydilar. Bu miqdorlar yug’urishda u yo bu masofa suzishda, balandlikka yo uzunlikka sakrashda, o’zining aniq iforasini topadi. Matematika ta’limi bilan ona tilining bog’liqligi o’ziga xosdir. Matematika darsida o’qituvchi o’quvchilarning matematik nutqlarini rivojlantiradi. Aniq, ravon matematik nutq matematika tushunchalarini o’zlashtirishga ijobiy ta’sir ko’rsatar ekan. Matematika o’qituvchisi o’quvchilarni faqat masala va misollarni to’g’ri yechishga emas, balki savodli yozishga, gaplarni to’g’ri tuzishga ham o’rgatadi. Ona tili darslarida sonlar va boshqa matematik atamalarni va ifodalarni yozishni mustahkamlanadi. Matematika darslarida olingan bilimlar, o’quv ustaxonalarida, maktab tajriba maydonlarida shu bilan birga o’quvchilar ishlab chiqarish amaliyotini o’taydigan sanoat va qishloq xo’jalik korxonalarida ishlatiladi va aksionerlik jamiyatlarida mustahkamlanadi Bunday metodga misol bo’lib, “Matematika va uni qurish” deb ataluvchi boshlang’ich sinflarning o’quv rejalariga kiritilgan kurs xizmat qiladi. Bu kurs integratsiyasi g’oyasining ifodasi bo’lib, bu g’oyani amalga oshirish uchun ular boshlang’ich maktabning ikkita predmetini mualliflari tanlanadilar: matematika va mehnat. Bu metodika o’quvchilarni boshlang’ich matematika ta’limining asos bo’luvchi darajasini ta’minlaydi, mantiqiy fikrlash va fazoviy tasavvurlarni rivojlantiradi, ularning geometrik bilimlarini kengaytirish, bilan birga parallel holda bolalarning konstruktorlik (qurish) qobiliyatlarini o’stiradi. Bu integratsion metod “matematika va konstruksiyalash” metodining eng muhim hususiyatlaridan biri uning geometrik yo’nalishi bo’lib, u bolalarning geometrik tasavvurlarini rivojlantirish va boyitishni maqsad qilib olgani hamda o’quvchilarning grafik savodxonligini, konstruktorlik tafakkurini va konstruktorlik malakalarini rivojlantiruvchi baza yaratishdir. Geometrik figuralarni o’zlashtirish maqsadida qator amaliy topshirliqlar sistemasi tuziladiki, o’rganilayotgan geometrik figuralar modellarini tayyorlash va ularning asosiy xossalarini torish, o’rganilgan geometrik figuralarni narsa va ob’ektlardan bolalarni o’rab olgan atrof muhitdan va ulardan keyinchalik amaliy- konstruktorlik vazifalarini bajarishda foydalanish bo’lib, bu topshirliqlarning qiyinlik darajasi metod qo’llash davomida ortib boradi. Bunday xarakterdagi masalalarni yechishda sanoq cho’plardan, qog’oz karton varog’idan, plastilindan, yumshoq simdan va hokazolardan foydalaniladi.Boshlang’ich matematika dasturida geometrik material katta o’rinni oladi. Geometrik materialni o’rganishning asosiy maqsadi geometrik figuralar (nuqta, to’g’ri va egri chiziq, to’g’ri chiziq kesmasi, siniq chiziq, ko’pburc hak, aylana va doira) haqida ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to’la tizimini tarkib toptirishdan iborat.
Geometrik figuralar haqidagi fazoviy tasavvurlar, geometrik figuralarni
chizmachilik va o’lchash asboblari yordamida va bu asboblarning yordamisiz
o’lchash va yasashlarning amaliy malakalarini (ko’zda chamalash, qo’lda chizish
va hokazo) tarkib toptiriladi, o’quvchilarning nutq va fikrlashlari shu asosda
rivojlantiriladi. Chizg’ich yordamida ham, boshqa usullar bilan ham to’g’ri chiziq yasash mumkin. Masalan, qog’oz varog’ini buklash yo’li bilan to’g’ri chiziq hosil qilish mumkin, buklash chizig’i to’g’ri chiziq bo’ladi. Bunda bolalar diqqatini shu faktga qaratish mumkinki, qog’oz varog’ini har xil bo’lib, to’g’ri chiziq tasviri hosil bo’ladi. Doskada to’g’ri chiziq vaziyatini o’zgartirish, ya’ni uni gorizontal, vertikal va qiya holda chizish ham muhimdir. Shuningdek, IV-sinflarda geometriya elementlarni o’rganish metodikasida ta’lim texnologiyasi, geometrik jihatdan mustaqil ishlash, geometrik o’yin elementlaridan foydalanish masalalari yetarli darajada o’rganilishi talab etilmoqda.
Umuman aytganda boshlang’ich sinflarda geometrik bilim berishda
o’quvchilarning tasavvuri kengayadi, matematikani o’zlashtirishga bo’lgan ehtiyoji
qondiriladi va pedagogik-psixologik hususiyatlari geometrik tushunchalarni
o’zlashtirish jarayonida mustahkamlanadi.
Hozirgi vaqtda maktablarda qo’yilgan. Yangi talablar asosida matematik
boshlang’ich ta’lim mazmuni va metodikasini takomillashtirish yo’llari
izlanmoqda, shu jumladan geometriyani ham. Ko’p ilmiy tekshirishlar qi layotgan
pedagog- metodistlar ta’lim va tarbiya mazmunini yangilashning yo’llarini
predmetlar aro integratsiyasidan izlashmoqda. Bunday metodga misol bo’lib,
“Matematika va uni qurish” deb ataluvchi boshlang’ich sinflarning o’quv rejalariga
kiritilgan kurs xizmat qiladi. Bu kurs integratsiyasi g’oyasining ifodasi bo’lib, bu
g’oyani amalga oshirish uchun ular boshlang’ich maktabning ikkita predmetini
mualliflari tanlanadilar: matematika va mehnat. Bu metodika o’quvchilarni
boshlang’ich matematika ta’limining asos bo’luvchi darajasini ta’minlaydi,
mantiqiy fikrlash va fazoviy tasavvurlarni rivojlantiradi, ularning geometrik
bilimlarini kengaytirish, bilan birga parallel holda bolalarning konstruktorlik
(qurish) qobiliyatlarini o’stiradi. Bu integratsion metod “matematika va
konstruksiyalash” metodining eng muhim hususiyatlaridan biri uning geometrik
yo’nalishi bo’lib, u bolalarning geometrik tasavvurlarini rivojlantirish va boyitishni
maqsad qilib olgani hamda o’quvchilarning grafik savodxonligini, konstruktorlik
tafakkurini va konstruktorlik malakalarini rivojlantiruvchi baza yaratishdir.
Geometrik figuralarni o’zlashtirish maqsadida qator amaliy topshirliqlar sistemasi
tuziladiki, o’rganilayotgan geometrik figuralar modellarini tayyorlash va ularning
asosiy xossalarini torish, o’rganilgan geometrik figuralarni narsa va ob’ektlardan
bolalarni o’rab olgan atrof muhitdan va ulardan keyinchalik amaliy- konstruktorlik
vazifalarini bajarishda foydalanish bo’lib, bu topshirliqlarning qiyinlik darajasi
metod qo’llash davomida ortib boradi. Bunday xarakterdagi masalalarni yechishda
sanoq cho’plardan, qog’oz karton varog’idan, plastilindan, yumshoq simdan va
hokazolardan foydalaniladi.
Xulosa
Geometrik material bolalarning eng sodda geometrik figuralar bilan
tanishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek, arifmetik
qonuniyatlarni, bog’lanishlarni ko’rsatmali maqsadlariga xizmat qiladi. (Masalan,
to’g’ri to’rtburchakning teng kvadratlarga bo’lingan ko’rsatmali obrazidan
ko’paytirishning o’rin almashtirish xossasini bog’lanishi ochib foydalaniladi...).
1-sinfdan boshlab to’g’ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko’pburchaklar va
ularning elementlari, to’g’ri burchak va hokozo kiritilgan.
O’quvchilar geometrik figuralarni tasavvur qila olishni, ularni nomlari,
katakli qog’ozga sodda yasashlarni o’rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular
kesma va siniq chiziq uzunligini, ko’pburchak perimetrini, to’g’ri to’rtburchak,
kvadrat va umuman har qanday figuraning yuzini (paletka yordamida) topish
malakasini egallab olishlari kerak.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga matematikani o’rgatish jarayonida hal
etiladigan ko’p masalalar ichida o’quvchilarning fazoviy tafakkur va tasavvurlarini
rivojlantirish kam ahamiyat kasb etmaydi (ya’ni katta ahamiyatga ega).
Shu narsa aniqki avvalgi mavjud dastur va metodikaga qaraganda hozirgi
zamon boshlang’ich maktabi juda ham ilgarilab ketgan. Boshlang’ich sinflarda
matematikani o’rganish davomida geometrik material talab va imkoniyat
darajasida arifmetik material bilan bog’langan.
Tekis figuralarning boshqa xossalari orasida yuzalarni o’lchash amaliy
usulga asoslangan. Dastur bo’yicha “Yuz. Yuz birliklari” mavzusi IV sinflarda
o’rganiladi. Yuz haqida boshlang’ich tushunchalarni shakllantirish bo’yicha
tayyorgarlik ishi I-II sinflardan boshlanadi.
Bosma asosidagi daftarlar bilan ishlashda figuralarni bo’yash, mehnat
darslarida qog’ozdan figuralar qiyib olish, tasviriy san’at darslarida rasm solish
figurani tekislikning yopiq chiziq bilan chegaralangan bo’lagi sifatida mexanik
qabul qilishiga imkon beradi.
Geometrik sanoq materialidan foydalanib, bolalar bir-biridan juda farq
qiladigan yoki mutlaqo bir xil bo’ladigan figuralarni bemalol taqqoslaydilar. Biroq
tajriba shuni ko’rsatadiki, bolalar “figuraning yuzi” mavzusi materialini qiyinchilik
bilan o’zlashtiradilar. Masalan, turli shakldagi narsalarni taqqoslash ko’pincha
uning chiziqli o’lchamlarini taqqoslashga keltiriladi.
Bolalar ko’pincha yuzni o’lchash tushunchasini uni ratsional hisoblash usuli
bilan aralashtirib yuboradilar. ”To’g’ri to’rtburchakning yuzini o’lchash nimadan
iborat?”,- degan savolga bolalar ko’pincha bunday javob beradilar: ”bu uning
bo’yini va enini o’lchab, ularni ko’paytirish demakdir”. Biroq to’rtburchakning
yuzini topish degan so’z unda yuz birligi (sm

Yüklə 40,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin