MUNDARIJA KIRISH I BOB BOSHLANG’ICH MATEMATIKA KURSIDA GEOMETRIK MATERIAL BILAN TANISHTIRISH METODIKASI 1.1 Boshlang’ich sinflar matematika kursida o’rganiladigan geometrik
materialning mazmuni
1.2 Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishning umumiy
masalalari
II BOB BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI GEOMETRIK MATERIAL BO’YICHA BILIM VA MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI 2.1 Boshlang’ich sinf o’quvchilarida uzunlik haqida tasavvurlarni
shakllanritish, uzunliklarni o’lchash malakalarni hosil qilish
2.2 Boshlang’ich sinf matematika kursida geometrik materialni
o’rganishda fanlararo integratsiyadan foydalanish usullari
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat ta’lim standarti to’g’risidagi Nizom”ga binoan umumiy o’rta ta’lim, shu jumladan, boshlang’ich ta’lim bosqichi uchun ham alohida -alohida davlat ta’lim standarti talablari va me’yoriy ko’rsatkichlari belgilab qo’yadi.
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda ta’kidlanganidek: “Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadi. “Boshlang’ich ta’lim konsepsiyasi”da e’tirof etilganidek, olti yoshga to’lgan har qanday bola aqli y, ruhiy hamda jisminiy jihatdan maktabda o’qish uchun tayyor bo’lganida, maktabning moddiy-texnik bazasi bunday bolalarga ta’lim berish uchun yetarli deb hisoblanganda hamda o’qituvchilar pedagogik va psixologik jihatdan olti yoshli bolalarni o’qitishga qodir deb topilganda maktabga qabul qilinadilar.
“O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim to’g’risida”gi Nizomda ta’kidlanganidek: “Boshlang’ich ta’lim o’qish, yozish, sanash, o’quv faoliyatining asosiy malaka va ko’nikmalari, ijodiy fikrlash, o’zini-o’zi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog’lom turmush tarsi asoslarining egallab olishini ta’minlashga da’vat etilgan. Shunday ekan, ushbu asosda boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning umummadaniy va axloqiy ko’nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim.
Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolalarning mantiqiy tafakkur qila olish
salohiyati, aqliy rivojlanishi, duyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’z o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog’lom bo’lishga, moddiy
borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy
urf-odatlarni o’ziga singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi.
Boshlang’ich ta’lim bosqichi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini
nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Ta’lim standarti asosida boshlang’ich sinf
o’quvchilaridan standartda belgilab qo’yilgan ko’rsatkichga erishishni talab qiladi
va o’z navbatida, bu ko’rsatkichlarga erishish uchun zarur bo’lgan ta’limiy
xizmatlar va vositalar bilan ta’minlaydi. Boshlang’ich ta’lim bosqichiga davlat va
jamiyat tomonidan qo’yilgan talabda ta’lim sohalari bo’yicha o’zaro muvofiqlik,
mutanosiblik, uyg’unlik to’la ta’minlangan bo’lmog’i kerak. Shu jihatdan
boshlang’ich talim standartini belgilash ta’lim jarayoning tarkibini xuddi shu tarkib
komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlang’ich ta’lim jarayonida
yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo’llash imkonini beradi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematikadan samarali ta’lim berilishi
uchun bo’lajak o’qituvchi boshlang’ich sinflar uchun ishlab chiqilgan matematika
o’qitish metodikasini egallab, chuqur o’zlashtirib olmog’i zarur.
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi - kichik yoshdagi o’quvchilarni
geometrik tushunchalarini boyitish, geometrik terminlar bo’yicha nutqlarini
o’stirish va matematika darslarida didaktik tamoillar yordamida geometriyaga oid
misol va masalalar yechish bo’yicha bilim va malakalarni oshirish.
O’quv jarayonida geometriya elementlarini o’rganish bilan bevosita bog’lab olib boriladi. Geometrik mazmundagi masalalarni yechish, hisob-kitobga o’rgatish davomida geometrik figuralardan, didaktik material sifatida foydalanish -bularning barchasi o’quvchilarning geometrik taasurotlarini mustahkamlashga
imkon beradi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi - boshlang‘ich sinf o’quvchilarini geometrik tushunchalar bilan tanishtirish va geometrik masalalarni yechishga o’rgatishda didaktik tamoillardan foydalanishni amalga oshirish usullari ishlab chiqishdir.