Mavzu Boshlang’ich sinf matematika kursida to’g’ri chiziq, kesm
Mavzu: Boshlang’ich sinf matematika kursida to’g’ri chiziq, kesma va nur tushunchlari o’rgatish.
Reja KIRISH
Boshlang’ich sinflar matematika kursida o’rganiladigan geometrik materiallarning mazmuni;
To’g’ri chiziq, kesma va nur tushunchalari ta’rifi;
To’g’ri chiziq, kesma va nur ustida amallar bajarish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar;
KIRISH Istiqlol yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimi tubdan isloh etilib, ertangi kunimizning munosib davomchilari bo‘lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirishda umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlardan keng foydalaniladi.Ta’lim mazmuni umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturlariga kiritilgan mavzular asosida ta’limning barcha turlarida uzviylik, uzluksizlik va davriylikni ta’minlaydi. O‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onalar uchun o‘quv-metodik materiallar, multimediali axborot-ta’lim resurslari ishlab chiqilib, o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etiladi.Ta’lim-tarbiya jarayoniga prinsipial yangi yondashuvning joriy etilishi orqali o‘quvchilarda olgan bilimlarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay olish, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, mustaqil ijodiy fikrlash kabi ko‘nikmalar rivojlantiriladi. “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim to’g’risida”gi Nizomda ta’kidlanganidek: “Boshlang’ich ta’lim o’qish, yozish, sanash, o’quv faoliyatining asosiy malaka va ko’nikmalari, ijodiy fikrlash, o’zini-o’zi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog’lom turmush tarsi asoslarining egallab olishini ta’minlashga da’vat etilgan. Shunday ekan, ushbu asosda boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning umummadaniy va axloqiy ko’nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim.
Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolalarning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, duyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’z- o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog’lom bo’lishga, moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o’ziga singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi.
Boshlang’ich ta’lim bosqichi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Ta’lim standarti asosida boshlang’ich sinf o’quvchilaridan standartda belgilab qo’yilgan ko’rsatkichga erishishni talab qiladi va o’z navbatida, bu ko’rsatkichlarga erishish uchun zarur bo’lgan ta’limiy xizmatlar va vositalar bilan ta’minlaydi. Boshlang’ich ta’lim bosqichiga davlat va jamiyat tomonidan qo’yilgan talabda ta’lim sohalari bo’yicha o’zaro muvofiqlik, mutanosiblik, uyg’unlik to’la ta’minlangan bo’lmog’i kerak. Shu jihatdan boshlang’ich talim standartini belgilash ta’lim jarayoning tarkibini xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlang’ich ta’lim jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo’llash imkonini beradi1.
Ulkan iqtisodiy o'zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrda matematikaning ahamiyati yanada oshdi, shuning uchun ham matematik ta'lim katta ijtimoiy ahamitga ega. Respublikamiz hukumati yoshlarga ta'lim va tarbiya berish tizimini takomillashtirish, ta'lim va tarbiyani turmushning oshib borayotgan talablari darajasiga etkazish vazifasini qo'ydi.
2020 yilda «Ta'lim to'g'risida qonun» qabul qilindi. Bu qonunda ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlar davrida maktabning roli yanada o'sganligi, maktabning bosh vazifasi - o'quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berish ularda iqtisodiy - matematik savodxonligini shakllantirish, hayotga va ongli kasb tanlashga tayyorlash haqida, hamda o'quv reja va dasturlarni ta'lim mazmunini hozirgi zamon yutuqlari va talablari darajasiga keltirish to'g'risida fikrlar keltiriladi.
Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida deyarli barcha predmetlar, jumladan matematikadan ham yangi o'quv dasturi kiritiladi, o'qitish metodlari takomillashtiriladi. Boshlang'ich sinflar uch yil o'rniga 4 yillik ta'limga otkazildi.Boshlang'ich sinflarning matematikadan yangi dasturlarga o'tish munosabati bilan, yangi metodik tizim ishlab chiqildi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematikani muvaffiqiyat bilan o'qitish uchun mehnat faoliyatini boshlovchi o'qituvchi matematika o'qitishning ishlab chiqilgan tizimini, ya'ni boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasini egallagan bo'lishi va shu asosda mustaqil ravishda ijodiy ishga kirishishi kerak.
Boshlang’ich sinf matematika fani darsliklarida to’gri chiziq, kesma va nur tushunchalariga quyidagicha ta’rif berilgan;