Material resurslaridan foydalanish samaradorligi


Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini ifodalaydigan ko`rsatkichlar tizimi



Yüklə 295 Kb.
səhifə3/5
tarix22.06.2023
ölçüsü295 Kb.
#133865
1   2   3   4   5
MATERIAL RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

2. Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini ifodalaydigan ko`rsatkichlar tizimi.


Moddiy resurslardan foydalanish samardorligini ifodalash juda ko`p ko`rsatkichlar orqali amalga oshiriladi. Eng avvalo moddiy resurslar sarfi ko`rsatkichlari va moddiy resurslardan foydalanish darajalari ko`rsatkichlariga to`xtalib o`tish lozim, ular bir – birlaridan farqlanadi. Moddiy resurslar sarfi ularning ishlab chiqarish iste`molini ifodalaydi. Ishlab chiqarish xarajatlari korxona tomonidan bevosita mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha dasturini bajarishga sarflangan barcha moddiy resurslar miqdorini qamrab oladi. Moddiy resurslar ta`mirlash ehtiyojlariga, yordamchi xo`jalikni ta`minlashga, korxona ichida transport xizmatiga, madaniy – maishiy ehtiyojlarga ham sarflanadi. Moddiy resurslar iste`moli ularning umumiy va salmoqli ulushi bilan tavsiflanadi. Moddiy resurslar umumiy sarfi – bu hisobot davrida butun ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun jami moddiy resurslar yoki uning alohida turlari iste`molidir. Moddiy resurslar umumiy sarfi – natural shaklda; turli xil moddiy resurslarning jami sarfi qiymat shaklida hisobga olinadi. Muayyan ―m‖ turdagi resurslarning salmoqli ulushi deganda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot birligiga sarflangan moddiy resurslar miqdori tushuniladi. U hisobot davrida mazkur mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan barcha moddiy resurslar miqdorini (MRm) ushbu mahsulotning yaroqli birliklari miqdoriga (N) bo`lish yo`li bilan aniqlanadi: m = (MRm) : N (1.2.1) Quyidagi formula bo`yicha bir turdagi ―m1‖ mahsulot iste`mol xususiyatining bir birligiga moddiy resurslar salmoqli sarfini ham hisoblash mumkin: Bu yerda: MRs – mahsulotning bir jismoniy birligiga moddiy resurslarning salmoqli sarfi; Mbm – hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulot birliklari miqdori; Miuh – hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulot iste`mol xususiyatining umumiy hajmi. Mahsulot ishlab chiqarishga moddiy resurslar sarfining umumiy tavsifi bo`lib material sig`imi ko`rsatkichi (M) xizmat qiladi. U mahsulot birligiga (yoki iste`mol xususiyati birligiga) natural yoki qiymat shaklida moddiy resurslar haqiqiy sarfini baholaydi. Bu ko`rsatkich alohida turdagi moddiy resurslar (material sig`imi, energiya sig`imi, yonilg`i sig`imi) sarfini tavsiflaydigan ko`rsatkichlar bilan bevosita bog`liq. Bu ko`rsatkichlar natural, natural – qiymat va qiymat shaklida o`lchanadi. Mahsulotning material sig`imi turli ko`rsatkichlar bilan o`lchanishi mumkin: 1) ishlab chiqarilgan mahsulot bir birligiga moddiy resurslarning salmoqli sarfi (salmoqli material sig`imi): M=m=MRm : N (1.2.3) 2) ishlab chiqarilgan mahsulot bir birligiga bir necha turdagi moddiy resurslarning qiymat shakldagi sarfi miqdori (1t, 1m 3 , 1m 2 hisobiga so`m). MR : R (1.2.4) Bu yerda; R – moddiy resurslarga ulgurji narx. Bu formulalardan oddiy turdagi mahsulotlarning material sig`imini hisoblash uchun foydalaniladi. Murakkab turdagi mahsulotlar uchun material sig`imining asosiy iste`mol xususiyati birligiga muayyan moddiy resurslar sarfi kabi ko`rsatkichidan foydalaniladi. Ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish va sanoat korxonalari ishini tahlil qilish uchun har bir sanoat tarmog`ida moddiy resurslardan samarali foydalanish darajasining turli xil ko`rsatkichlari ishlatiladi. Ular ishlab chiqarishda moddiy resurslardan foydalanish shart – sharoitlarini to`liq aks ettiradi va ishlab chiqarish iste`molining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Xom ashyoga birlamchi ishlov beradigan tarmoqlarda quyidagi ko`rsatkichlar qo`llaniladi: - boshlang`ich xom ashyoning foydalilik darajasi (masalan, paxtadan chiqadigan tola miqdori); - boshlang`ich xom ashyodan foydalanish darajasi va xom ashyoga ishlov berishdagi yo`qotishlar foizi; - yaroqli mahsulotni yakuniy ishlab chiqarish (yaroqli mahsulotning boshlang`ich xom ashyo hajmiga bo`lish bilan, u foizlarda hisoblanadi). Shu bilan birga moddiy resurslarning tarkibiy tuzilmalaridan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichlar tizimidan ham keng foydalaniladi. Ma`lumki, moddiy resurslar tarkibida asosiy ishlab chiqarish vositalari alohida ahamiyat kasb etadi va ulardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichlarni bir necha guruhlarga bo`lish orqali o`rganiladi: - asosiy ishlab chiqarish vositalarining qiymatini ifodalovchi ko`rsatkichlar; - ulardan foydalanish darajasini, ularning samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichlar; - ishlab chiqarish fondi bilan qurollantirish darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar; - integral ko`rsatkichlar. Bu ko`rsatkichlar tizimida ayniqsa, fond qaytimi ko`rsatkichi va fond sig`imi ko`rsatkichi alohida o`rin egallaydi. Fond qaytimi bir so`mlik asosiy fond ishtirokida qancha mahsulot ishlab chiqarish mumkinligini ifodalaydi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi: Fq = Q/Fas (1.2.5) Bu yerda: Fq – fond qaytimi (so`m hisobida); Q – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati (so`m hisobida); Fas – asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymati. Fond sig`imi fond qaytimiga teskari ko`rsatkich bo`lib, ma`lum miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun qancha asosiy fond kerakligini ifodalaydi va quyidagi formula asosida hisoblanadi. Fs = Fas/Q (1.2.6) Asosiy fondlardan foydalanishni ifodalaydigan ko`rsatkichlardan yana biri jihozlardan foydalanish ko`rsatkichlaridir. U jihozlardan ekstensiv va intensiv foydalanish koeffitsiyentlarini o`z ichiga oladi: a) ekstensiv foydalanish koeffitsiyenti (Ke). U jihozlarning rejali ish vaqti fondida (Tjr) haqiqiy ishlagan vaqti (Tjx) darajasini ko`rsatadi: Ke = Tjx/Tjr, (1.2.7) b) intensiv foydalanish koeffitsiyenti (Kin). U jihozlarning minimum mahsulot ishlab chiqarishi mumkin bo`lgan miqdoriga (Mm) nisbatan haqiqiy ishlab chiqargan mahsulot miqdori (Mx) darajasini ko`rsatadi: Kin = Mx/Mm (1.2.8) Asosiy vositalar iqtisodiy tuzilishini va holatini ifodalash uchun ko`rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Eskirish koeffitsiyenti (Kesk) eskirish summasining asosiy vositalar boshlang`ich qiymatiga nisbati sifatida quyidagi formula yordamida aniqlanadi: F satr F satr Av Av K bq e esk 010 011 1 1 , (1.2.9) Bunda: Ave – asosiy vositalar eskirish summasi; Avbq – asosiy vositalarning boshlang`ich qiymati; F1 – 1- shakldagi ―Buxgalteriya balansi‖; 010 va 011 – satrlar – balans satrlari. Asosiy vositalarning yaroqsizlik koeffitsiyenti (Kyar) qoldiq qiymatining (eskirish chegirilgan holdagi boshlang`ich qiymat) boshlang`ich qiymatga nisbati sifatida quyidagi formula yordamida aniqlanadi: F satr F satr Av Av K bk k yar 010 012 1 1 (1.2.10) Bunda: Avq.q – asosiy vositalarning qoldiq qiymati. Yangilanish koeffitsiyenti (Kyang) yil mobaynida yangi kelgan asosiy vositalarning yil oxiridagi ular qoldig`iga nisbati sifatida quyidagi formula orqali aniqlanadi: F ustun satr F ustun satr Av Av K da b q ya k yang 6 130 4 130 3 3 . . . (1.2.11) Bunda: Avya.k – yangi kelgan asosiy vositalar summasi; Avdo.b.q – asosiy vositalarning davr oxiridagi boshlang`ich qiymati; F3 – 3-shakl ―Asosiy vositalar harakati haqidagi hisobot‖ Hisobdan chiqarish koeffitsiyenti (Kh.ch) yil mobaynida hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning yil boshidagi qiymatiga nisbati sifatida quyidagi formula orqali aniqlanadi: F ustun satr F ustun satr Av Av K d b b q h ch yar 3 130 5 130 3 3 . . . (1.2.12) Bunda: Avh.ch. – hisobot davrida hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar. Avdb.b.q. – asosiy vositalarning davr boshidagi boshlang`ich qiymati; Mazkur koeffitsiyentlar barcha asosiy vositalar hamda alohida turlari va guruhlari bo`yicha hisoblanadi, qator yillar mobaynidagi o`zgarishi ko`rib chiqiladi va tegishli xulosalarga kelinadi. Asosiy vositalar tuzilmasi tarmoq ixtisosligidan kelib chiqib aniqlanadi va korxonaning ishlab chiqarish va texnik ta`minoti xususiyatlarini aks ettiradi. U korxona asosiy vositalari umumiy summasida va noishlab chiqarish, aktiv va passiv qismining hajmiga hamda ularning yil mobaynidagi o`zgarishlari va dinamikasiga bog`liqdir. Mazkur ko`rsatkichlar asosida korxona tuzilmalari bo`yicha asosiy vositalar samaradorligi, texnik jihozlanishining darajasi, qo`l mehnati kamayishi va ishlab chiqarish samaradorligi oshishi haqida xulosalar chiqarish mumkin. Asosiy vositalar tuzilmasini hisob – kitob qilish uchun 3 – shakldagi ―Asosiy vositalar harakati haqidagi hisobot‖ ma`lumotlari qo`llaniladi. Bu ko`rsatkichlar asosiy vositalar holatining yaxshilanish (yomonlashish) sabablarini aniqlagan holda dinamikasini o`rganib, hisob – kitob qilish zarur. Asosiy vositalar boshlang`ich qiymatining qoldiq qiymatiga nisbatan keskin o`sishi koeffitsiyentlarda eskirish ko`payganligi va ular yaroqliligi kamayganligini, ya`ni holati yomonlashganini ko`rsatadi. Qoldiq qiymatining boshlang`ich qiymatga nisbatan keskin o`sishi asosiy vositalar yangilangan, ularning eskirishi qisqarganidan dalolat beradi. Eskirishni kamaytirish, ya`ni asosiy vositalar holatini yaxshilash usullaridan biri o`z vaqtida kapital ta`mirlash, yangilarini xarid qilish, shuningdek, ma`naviy va jismoniy eskirgan uskunalarni hisobdan chiqarishdan iboratdir. Bu tadbirga erkin raqobat hukm surib turgan bozor munosabatlari sharoitida alohida ahamiyat berish lozim. Asosiy vositalar bilan ta`minlanganlik korxonaning texnik jihatdan ta`minlanganligi, mehnat va ishlarning mexanizatsiyalashganligi, va avtomatlashganligini koeffitsiyentlar orqali ifodalaydi. Bu ko`rsatkichlar orqali har bir korxonaning moddiy – texnika bazasi bilan ta`minlanganlik darajasini aniqlash mumkin. Shu tufayli ushbu ko`rsatkichlar asosiy ko`rsatkichlar hisoblanadi. Asosiy vositalar bilan ta`minlanganlik koeffitsiyenti asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining (boshlang`ich baholanishi bo`yicha) eng katta smenadagi ishchilar soniga nisbatidir. U ishchilarning mehnat qurollari (asosiy vositalar) bilan ta`minlanganlik darajasini aks ettiradi va quyidagi formula orqali aniqlanadi: Is Av K i f .t , (1.2.13) Bunda: Kf.t – xodimlarning asosiy vositalar bilan ta`minlanganligining koeffitsiyenti; Avi – asosiy ishlab chiqarish vositalari qiymati; Is – eng katta smenadagi ishchilar soni. Tahlil qilish uchun 3-shakl moliyaviy hisobot va 1-T shakl statistik hisobotdan ma`lumotlar olinadi. Agar korxona bir smenada ishlasa, eng katta smenadagi ishchilar soni buxgalteriyadan yoki ish haqi berilgan maosh oluvchilar ro`yxatlaridan olinadi, chunki hisobotda ular bo`lmasligi mumkin. Agar ish bir smenada tashkil qilingan bo`lsa, barcha asosiy ishlab chiqarishda band bo`lgan xodimlar olinadi. Texnik ta`minlanganlik koeffitsiyenti (Kt.t) ishlab chiqarish uskunalari summasining (ya`ni asosiy vositalar aktiv qismining) eng katta smenadagi ishchilar soniga nisbati sifatida hisoblanadi va quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi: Is I K us t t . . (1.2.14) Bunda: Kt.t – texnik ta`minlanganlik koeffitsiyenti; Ius. – ishlab chiqarish uskunalari summasi. Bu koeffitsiyentlar yil uchun va muayyan sanaga hisoblanishi mumkin. Yil uchun hisoblanganda asosiy vositalar va ishchilar soni haqidagi o`rtacha yillik ma`lumotlar olinadi. Ishlarning mexanizatsiyalashganlik koeffitsiyenti mexanizatsiya orqali bajarilgan ishlarga sarflangan vaqtning umumiy sarflangan vaqtga nisbati sifatida aniqlanadi. Mavjud hisobotda hozircha mexanizatsiya yo`li bilan bajarilgan ishlarga sarflangan vaqt, mehnati mexanizatsiyalashgan yoki qisman mexanizatsiyalashgan xodimlar soni haqidagi ma`lumotlar keltirilmagan. Shuning uchun mehnat mexanizatsiyasi koeffitsiyentlarini hisoblash uchun ma`lumotlar tanlanib, kuzatish yordamida yoki uni ekspertlar orqali aniqlash mumkin. Asosiy vositalar bilan ta`minlanganlik ko`rsatkichlarini o`tgan yil va qator yillar bilan taqqoslab, o`zgarishlar qonuniyatlari, ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, mahsulot sifatining yaxshilanishi va qo`l mehnati erkinlashishiga ta`siri haqida tegishli xulosalar chiqarish mumkin. Asosiy vositalardan (Av) foydalanish samaradorligi darajasidan umuman ishlab chiqarish samaradorligi kelib chiqadi. Asosiy vositalardan qanchalik ko`p foydalanilsa, shunchalik ko`p mahsulot chiqariladi, uning tannarxi arzonlashadi, mehnat samaradorligi, foyda va rentabellik yuqori bo`ladi. Aylanma mablag`larning kunlarda ifodalangan miqdorini hisoblash, buxgalteriya hisoboti ma`lumotlari asosida amalga oshiriladi. Bu ko`rsatkich korxonaning ishlab chiqarish dasturini bajarish chog`ida aylanma mablag`lar necha kunga yetishini ko`rsatadi. Biroq ushbu aylanma mablag`lardan hisobot davrida emas, balki keyingi davrda foydalaniladi. Shu sababli, aylanma mablag`larning asl summasini keyingi chorakda mahsulot ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xarajatlarga taqsimlash kerak. Bu ko`rsatkichni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: I Aym K xarajat ay m *90 . , (1.2.15) Bunda: Kay.m – kunlarda ifodalangan aylanma mablag`lar; Aym – aylanma mablag`lar summasi; Ixarajat – keyingi chorakdagi ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy miqdori. Ushbu ko`rsatkich kunlarda va summada ifodalangan amaldagi aylanma mablag`lar me`yorlari bilan taqqoslash uchun kerak. Aylanma mablag`larning o`rtacha yillik summasi o`rtacha xronologik formula bo`yicha hisoblab chiqariladi: (1.2.16) Bunda: Ay.mo` - aylanma mablag`larning o`rtacha yillik summasi; Aym1, ..., Aym5 – choraklar boshi va oxiridagi aylanma mablag`lar summasi. Aylanma mablag`lar bilan ta`minlanganlikni ifodalovchi ko`rsatkichlarni tahlil qilishda aylanma mablag`larning summasi va aylanish tezligini belgilangan me`yorlar bilan taqqoslash; o`z va qarz mablag`larining muomaladagi ishtirokini aniqlash; aylanma mablag`larning umumiy hajmi va turlar bo`yicha shakllari va manbalarini o`rganib chiqish lozim bo`ladi. Aylanma mablag`lardan foydalanish samaradorligi ularning aylanish tezligi, daromadliligi va rentabeligi bilan, ya`ni aylanma mablag`larning 1 so`miga to`g`ri keladigan foyda miqdori bilan belgilanadi. Aylanma mablag`larning kunlarda ifodalangan aylanish tezligi aylanma mablag`lar o`rtacha yillik summasining bir kunlik sotilgan mahsulot qiymatiga nisbati sifatida quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi: S Aym Aym o s a * ` , (1.2.17) Bunda: Ayma - aylanma mablag`lar aylanuvchanligi; Aymo`s - aylanma mablag`lar o`rtacha yillik summasi; S – mahsulot sotish summasi; K – davrdagi kunlar soni (odatda, bir yilda 360, yarim yilda 180, 1 chorakda 90, 1 oyda 30 kun). Aylanma mablag`larning necha marta aylanish (aylanish koeffitsiyenti – Ak) sotilgan mahsulot summasining aylanma mablag`lar o`rtacha yillik summasiga nisbati sifatida aniqlanadi yoki davrdagi kunlar soni (360) aylanma mablag`larning aylanish kunlariga bo`linadi. Bu quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi: Aymo s S ` yoki Ayma 360 . (1.2.18) Aylanma mablag`lar rentabelligi sof foydaning aylanma mablag`lar o`rtacha yillik summasiga nisbati sifatida quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi: Aym Aym o s r SF ` *100 , (1.2.19) Bunda: Aymr - aylanma mablag`lar rentabelligi; SF – sof foyda. Bu ko`rsatkich korxona aylanma mablag`larining 1 so`miga qancha foyda olinayotganligini bildiradi. Aylanma mablag`lar daromadliligi (Aymd) daromad (D) summasini aylanma mablag`larning o`rtacha yillik qiymatiga taqsimlash yo`li bilan aniqlanadi. Buning uchun quyidagi formula tavsiya qilinadi: ym D Aymd *100 . (1.2.20) Aylanma mablag`lardan foydalanish samardorligini tahlil qilganda ularga doir ko`rsatkichlarni hisoblab chiqish, bu ko`rsatkichlarni o`tgan yil va biznes reja ma`lumotlari bilan taqqoslash kerak. Shundan keyin bu ko`rsatkichlarning o`zgarish darjasiga turli omillar ta`siri aniqlanadi. Mazkur omillarni o`rganish asosida aylanma mablag`lardan foydalanish samaradorligini oshirish yo`llarini aniqlash va tavsiya etish kerak bo`ladi. Aylanma mablag`lar aylanishining tezlashuvi (sekinlashuvi) ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun mablag`larni bo`shatib beradi (qo`shimcha jalb etadi). Shunday qilib, aylanma mablag`lar aylanishining tezlashuvi (sekinlashuvi) natijasida bo`shatib olingan (qo`shimcha jalb qilingan) mablag`larni aniqlash uchun sotishdan kelgan bir kunlik tushumni aylanma mablag`lar aylanishining tezlashish (sekinlashish) kunlari soniga quyidagi formula bo`yicha ko`paytirish kerak bo`ladi: *( ) S1 Ayma Aymas ym , (1.2.21) Bunda: Aym – bo`shatib olingan (qo`shimcha jalb etilgan) aylanma mablag`lar summasi; S1 – hisobot davrida sotilgan mahsulot summasi; K – tahlil qilinayotgan davrdagi kunlar soni ; Ayma - aylanma mablag`larning hisobot davri kunlaridagi aylanishi; Aymas - aylanma mablag`larning asos davri kunlaridagi aylanishi. Aylanma mablag`lardan foydalanish samaradorligi ko`rsatkichlariga juda ko`p omillar ta`sir etadi. Ularning asosiylari quyidagilardir: mahsulot hajmining ko`payishi; aylanma mablag`lar tuzilishining yaxshilanishi; aylanma mablag`larni belgilangan me`yorlar darajasiga yetkazish; debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish; chiqarilayotgan mahsulotga talabni o`rganishning yaxshilanishi; xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob – kitoblarning yaxshilanishi kabilar. Tahlil chog`ida ushbu omillarni o`rganish va aylanma mablag`lardan foydalanish samaradorligiga ko`rsatadigan ta`sirini hisoblab chiqish kerak bo`ladi.

Yüklə 295 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin