3.Мoddiy resurslardan samarali foydalanishning zarurligi va ahamiyati
Мoddiy resurslardan samarali foydalanishning zarurligi va ahamiyati Mamlakat iqtisodiyotining intensiv taraqqiyot yo`liga o`tkazishning muhim shartlaridan biri - xomashyo, materiallar, yonilg`i va energiyadan samarali tarzda foydalanish va ularni tejashdir. Bunda avvalambor «samarali» so`ziga tushuncha berishga harakat qilamiz. «Samarali» deganda o`ylab, maqsadga muvofiq, asoslangan holda foydalanish tushuniladi. «Samaradorligini oshirish» deganda takomillashtirish, yaxshilash tashkil etish darajasini orttirishni tushunish mumkin. Moddiy resurslardan samarali foydalanish-bu tashkil etishning ma`lum darajasida moddiy resurslardan foydalanishning sifat tavsifidir. Moddiy resurslarni iste`mol qilish samaradorligini oshirish ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bog`liq tarzda ulardan foydalanishni takomillashtirib borishning uzluksiz jarayonidir. Klassik iqtisodchilar fikriga ko`ra, ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan har qanday xom ashyo va materiallar ko`plab xususiyatlarga egadirlar. Shu sababli ularning ana shu xususiyatlariga ko`ra foydalanishgina samara beradi deb hisoblaymiz. Har bir material ma`lum bir sohada katta samara berishi bilan birga, ikkinchi bir sohada samarasiz bo`lishi mumkin. Iqtisoddagi muhim muammolardan biri ham ana shunda, ya`ni har bir resursning samarali bo`ladigan jarayonni topishdir. Aks holda amalga oshirilayotgan barcha tadbirlar samarasiz tugashi mumkin. Tashkilot va korxonalar faoliyatidagi eng muhim holat ham har bir materialning o`ziga xos xususiyatini topib olishdadir. Faqatgina ana shu xususiyat tashkilotga samara keltirishi mumkin. Faqat bu yerda shuni unutmaslik lozimki, kechagina samarali hisoblangan xususiyatlar bugungi kunga kelib fan yutuqlari natijasida samarasiz holatga kelishi mumkin. Moddiy resurslardan foydalanganlar ana shu qonuniyatga amal qilish lozim. Moddiy resurslarni tejash va ulardan samarali foydalanish tushunchalari turli xil ma`noni anglatadi. Har qanday tejash ham moddiy resurslardan samarali foydalanishni nazarda tutmaydi. Masalan, moddiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanib, mahsulotning iste`mol qiymatini pasaytirish moddiy resurslarni tejash bo`ladi, ammo bu bilan biz moddiy resurslardan samarali foydalanishni yo`lga qo`ya olmaymiz. Moddiy resurslardan samarali foydalanish birgina korxona yoki tashkilot miqyosida emas, balki butun xalq xo`jaligi miqyosida amalga oshishi lozim, ya`ni korxonada amalga oshirilgan ishlar mahsulotning iste`mol qiymatini oshirishi lozim. Amalga oshirilgan ishlar xalqning moddiy ehtiyojlarini to`laroq qondirishga olib kelsagina, biz moddiy resurslardan samarali foydalangan bo`lamiz va jamiyat miqyosida moddiy resurslarni tejagan bo`lamiz. Mamlakat miqyosida moddiy resurslardan samarali foydalanishning barcha tashkiliy-iqtisodiy tadbirlari ikki yo`nalishdan iboratdir: 1. Taqsimot va muomala bosqichlarda moddiy resurslardan samarali foydalanishni tashkil qilish. 2. Ishlab chiqarish jarayonida moddiy resurslardan foydalanishning darajasini orttirish. Birinchi yo`nalishda, ya`ni taqsimot va muomala bosqichida moddiy texnika ta`minoti va moddiy resurslarning taqsimotining tizimi yaratiladi va bu tizim ishlab chiqarish jarayonida moddiy resurslardan foydalanish asoslarini yaratadi. Sanoat korxonalarida moddiy resurslardan samarali foydalanish ulardagi ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirishni talab qiladi. Ishlab chiqarishni takomillashtirish natijasida moddiy resurslar tejalishi amalga oshadi. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonida moddiy resurslardan foydalanish darajasini oshirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim a) tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish; b) moddiy resurslarni tejashning iqtisodiy vositalaridan foydalanish; v) korxonada boshqaruvni takomillashtirish; g) ishlab chiqarishni tashkiliy tuzilishini takomillashtirish; d) texnik-texnologik tadbirlarni amalga oshirish; e) ishlab chiqarishni yangi texnika bilan jixozlash va qayta jixozlash; j) ishlab chiqarishdagi barcha jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ishlarini amalga oshirish; z) mehnatni ilmiy tashkil etishni va uning asosiy yo`nalishlari bo`yicha tadbirlarni amalga oshirish; i) ishlab chiqariladigan mahsulot tuzilishini takomillashtirish; k) korxonada chiqayotgan chiqindilardan va ikkilamchi resurslardan samarali foydalanishni tashkil qilish; l) mehnat resurslarini tanlash, o`qitish va malakasini oshirish; Moddiy resurslarni tejash va ulardan samaraliroq foydalanishning ahamiyati va ko`lami yildan-yilga ortib bormoqda. Bu ishlab chiqarish hajmining ortishi, mahsulotlarning raqobatbardoshligini orttirish maqsadida murakkablashib borishi va shu kabilar bilan asoslanadi. Moddiy resurslar qiymati ham yildan-yilga ortib bormoqda, moddiy resurslarni tayyorlash va qazib chiqarishdagi xarajatlar ham ortib bormoqda. Shu sababli ularni tayyorlash, qazib chiqarish hisobiga ko`paytirish o`rniga, ularni ishlab chiqarishda tejash orqali miqdorini orttirish samarali hisoblanadi. Sanoat korxonalarida moddiy resurslarni tejash, ularni yangisini olishga qaraganda 2-4 marta arzonroq tushadi. Shu sababli, ularni tejashda samarali foydalanishga katta e`tibor qaratish lozim.
4. Material resurslaridan foydalanish samaradorligi
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish davrida sanoat korxonalariga qonun doirasida harakat qilish mustaqilligi berilgan. Respublikamizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy-lashtirish natijasida turlicha mulkchilikka asoslangan korxona shakllari tashkil etilgan. Ular iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirilishi natijasida yanada takomillashtirilmoqda. Natijada, ijara korxonalari, hissadorlik jamiyatlari, kompaniyalari, qo‘shma korxonalar, xususiy korxonalar va boshqalar tashkil etilmoqda. Ular talab va taklifdan kelib chiqqan holda ko‘proq foyda olish maqsadida o‘zlarining ishlab chiqarish faoliyatlarini qonun doirasida erkin mustaqil amalga oshirmoqdalar. Bu holat korxonalarning moddiy texnika ta’minoti masalalarini hal etishga ham bevosita bog‘liq.
Korxonalar ishlab chiqarishining rivojlanishini rejalashtiradilar. Ular qisqa hamda uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu masalalar korxonalarning biznes-rejalarida va boshqa hujjatlarda aks ettirilgan bo‘ladi.
Korxonalar o‘z maqsadining muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsa-dida o‘zlarini ishlab chiqarishlar moddiy texnika resurslari bilan ta’minlash jarayonini bajarilishiga alohida e’tibor beradilar. Buning uchun aniqlangan, ya’ni korxona uchun zarur bo‘lgan moddiy texnika resurslarini yangi turlari mavjudliligi hamda ular jahon bozorida taklif qilinganligi o‘rganiladi. Korxona o‘zi uchun zarur bo‘lgan moddiy tex-nika resurslarining yaxshilarini, ya’ni samaralisini olishga harakat qiladi.
Tahlil davomida korxonani moddiy resurslar bilan ta’minlanish koeffitsiyenti aniqlanadi:
Moddiy - texnika ta’minotini kompleks tahlil etishda talabni shartnoma bo‘yicha qoplanishi va bajarilishi aniqlanadi.
1-jadval : Moddiy resurslar ta’minoti
Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, «A» xomashyo turiga tuzilgan tashqi shartnoma 95,1 (23300:24500x100) foizga, «B» turi bo‘yicha 95,0 foizga bajarilgan xolos. Korxonani ichki va tashqi manbalar bo‘yicha xomashyoga bo‘lgan talabi «A» xomashyosi bo‘yicha foizga, «B» xomashyosi bo‘yicha esa 95,1 oizga ta’minlangan. Materiallarni yetkazib berish rejasi 10,4
foizga bajarilmagan.
Zaxira holatini tahlil etish uchun belgilangan me’yor bilan zaxirani
kundalik sarfi taqqoslanib xomashyo, yoqilg‘i va boshqa resurs-larni ortiqchaligi yoki yetishmasligi aniqlanadi.
2-jadval Moddiy resurslar zaxirasi
Moliyaviy va boshqaruv tahlilida optimal hajmdagi buyurtma va zaxiralarni aniqlash muhim o‘rin tutadi. Zaxiralarni boshqarish eng zarur va mas’uliyatli hisoblanadi. Korxonaning barcha yakuniy natijalari zaxiralarni optimallashtirishga bog‘liq. Zaxiralarni samarali boshqarish sarmoyalarni aylanishini tezlashtiradi va uning daromadliligini oshiradi, zaxiralarni saqlash xarajatlarini kamaytiradi, xo‘jalik oborotidan sarmoyalarni bo‘shashini ta’minlaydi. Joriy zaxiralarni optimallashtirishda xorijiy mamlakatlarda bir qancha modellardan foydalaniladi. Ulardan keng tarqalgani iqtisodiy jihatdan asoslangan buyurtma modeli (EOQ – tovarlarni yetkazib berishning o‘rtacha miqdori modeli)dir. Bu modelning asosiy maqsadi zaxiralarni xarid etish va uni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni mumkin qadar qisqartirishdan iborat. Xarajatlar ikki guruhga bo‘lib o‘rganiladi:
1) tovarlarni tashish xarajatlari;
2) tovarlarni omborlarda saqlash xarajatlari;
Tovarlarni omborlarda saqlash xarajatlari
2. Korxonaning moddiy resurslar bilan ta’minlanganligi tahlili
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlarini natijasi hamda samaradorligi ularning material resurslari bilan ta’minlanganligiga bevosita bog‘liqdir. Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni hajmi, sifati ulardagi material resurslarining talab darajasida bo‘lishligini obyektiv ravishda taqozo etadi. Resurslar universalligi, yangiligi hamda arzonligi nuqtayi nazaridan zamon talabiga ham mos kelishi lozim, ya’ni korxonalarning material resurslariga bo‘lgan talabini aniqlashda me’yo-riy hujjat va me’yoriy ma’lumotlardan foydalanish lozim. Sanoat korxo-nalarida biznes-rejada ko‘rsatilgan mahsulotlar miqdorini ishlab chiqa-rish uchun zarur bo‘lgan material resurslarining miqdori va qiymati aniqlanadi, ya’ni qancha stanoklar qancha mashinalar, mexanizmlar, shuningdek, boshqa moddiy resurslar bo‘yicha alohida-alohida hisob-kitoblar qilinadi.
Korxonalarning o‘zlarida mavjud bo‘lgan material resurslarining yil
boshiga bo‘lgan miqdori yillik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi. Ularda mavjud bo‘lgan material resurslar korxona ishlab chiqarishini davomiyligini ta’minlash uchun yetarli bo‘lmagan holarda korxonalarni zarur bo‘lgan material resurslari bilan ta’minlash uchun shartnomalar tuziladi. Bu masalalar yuqoridagi savolda batafsil yoritilgan.
Sotib olinayotgan material resurslarini oqimi natijasida korxo-nalarga material resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi ortib boradi. Sanoat korxonalarining material resurslari bilan ta’minlanganligi hamda mehnatni ular bilan qurollanganligini ikkinchi savolda keltirilgan ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Masalan, korxona ixtiyorida yil boshiga 100 mln so‘mlik material resurslarining mavjudligi balansda ko‘rsatilgan. Korxona uchun esa ishlab chiqarishni bir me’yorda rivojlantirish uchun rejaga muvofiq 170 mln so‘mlik material resurslari zarurligi aniqlangan, demak, korxona uchun ularga bo‘lgan talab to‘liq qondirilayotgani yo‘q. Bu masalani hal etish uchun korxona qo‘shimcha 70 mln so‘mga material resurslarini sotib olishni yoki qarzga, ijaraga olishni rejalashtiradi. U shu masala bo‘yicha tuzilgan shartnomalarda o‘z aksini topadi. Korxona moddiy texnika ta’minotini hal etilishi natijasida yil davomida 50 mln so‘mlik material resurslari sotib olingan. Shunda korxonaning material resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi 88,2 % ni tashkil etgan bo‘ladi (100+150)/170. Keltirilgan ma’lumotlar-dan ko‘rinib turibdiki, korxona material resurslari bilan to‘liq ta’minlanmagan, ya’ni ularning miqdori 11,8 % ga kam bo‘lgan. Bu hol korxona ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Korxonaning material resurslari bilan ta’minlanganligini tahlil etish natijasida ular bilan to‘liq ta’minlanmaganlik faktlari aniqlansa, u holda uni kelib chiqish sabablari o‘rganiladi. Shuning bilan birgalikda ushbu salbiy natijalarni bartaraf etish imkoniyatlari va chora tadbirlari belgilanadi.
Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o‘rtacha xarajatlari ya’ni tannarxlari – ko‘p jihatdan xomashyo va materiallardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Material resurslar miqdorini rejalashtirilgan hajmda tayyorlash mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun imkoniyat yaratadi. Material resurslardan tejab-tergab foydalanilmasa hamda ularning amaliyotdagi foydalanilishi belgilangan me’yorlarga nisbatan ortiqcha bo‘lsa, u holda keltirilgan materiallar mahsulot ishlab chiqarish davomiyligi rejasini bajarish uchun yetarli bo‘lmaydi.
Material resurslardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad ishlab chiqarish jarayonida ulardan foydalanishda ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bu holda mahsulot hajmi qanchaga kam yara-tilganligi yoki moddiy resurslardan samarali foydalanish natijasida qancha qo‘shimcha mahsulot barpo etilganligi aniqlanadi. Ularni quyi-dagi usullardan foydalangan holda hisoblash mumkin:
- korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot birligi uchun belgi-langan xarajat me’yori material resurslarga ketgan haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanadi;
- erishilgan iqtisod yoki ortiqcha xarajat ishlab chiqarilgan mahsu-lotning umumiy miqdoriga ko‘paytiriladi;
- moddiy resurslardan foydalanish natijasida yuzaga kelgan ortiq-cha xarajat reja bo‘yicha ko‘zlangan xarajat me’yoriga taqsimlanadi.
Shu tartibda materiallardan samarali foydalanish natijasida erishil-gan iqtisod asosida qo‘shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ularni tejab-tergab foydalanmaslik oqibatida ortiqcha xarajatlarni yuzaga kelishi zaminida ishlab chiqarilmagan mahsulot hajmi aniqlanadi. Materiallardan foydalanishni yanada chuqurroq tadqiq etish maqsadida quyidagi jadvaldan foydalanamiz:
Dostları ilə paylaş: |