joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg’ulotlarda og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin;
oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o’tkaziladi va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan o’gzaki yoki test shaklida o’tkaziladi. ON o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o’tkaziladi. Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o’tkazish jarayoni muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o’tkaziladi. Talabaning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.«Materiallar qarshiligi» fani bo’yicha talabalarning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi: Ya.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa J.N.-35 ball va O.N.-35 ball qilib taqsimlanadi.
Ball
Baxo
Talabaning bilim darajasi
86-100
A’lo
Materiallar qarshiligi fanining umumiy tushunchalarini amalda qo`llay olish. Konstruktsiya elementlarining oddiy va murakkab deformatsiyalangan holatida mustahkamlikka, bikrlikka va ustuvorlikka hisoblash uchun ichki kuch epyuralarini qurishni va ularning havfli kesimlarini aniqlashni bilishi. Xulosa va qarorlar qabul qilishi. Nazorat savollariga javob berish. Ijodiy fikrlay olishi.
71-85
Yaxshi
Konstruktsiya elementlarining oddiy va mur-akkab deformatsiyalangan holatida mustah-kamlikka, bikrlikka va ustuvorlikka hisob-lash uchun ichki kuch epyuralarini qurishni va ularning havfli kesimlarini aniqlashni bilishi. Xulosa va qarorlar qabul qilishi. Nazorat savollariga javob berish. Ijodiy fikrlay olishi.
55-70
Qoniqarli
Konstruktsiya elementlarining oddiy va murakkab deformatsiyalangan holatida mustah-kamlikka, bikrlikka va ustuvorlikka hisob-lash uchun ichki kuch epyuralarini qurishni va ularning havfli kesimlarini aniqlashni bilishi. Xulosa va qarorlar qabul qilishi. Nazorat savollariga qisman javob berish. Nazariy bilimlarni amaliy ishlarga to`la bog’lay ololmaslik.
0-54
Qoniqarsiz
Konstruktsiyalarni mustaxkamligi, bikrligi va ustvorligi haqida tassavurga ega bo`lma-slik, bilmaslik.
Fan bo’yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo’lgan o’zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi. Talabalarning o’quv fani bo’yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi. Fan bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to’plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Joriy JN va oraliq ON turlari bo’yicha 55 bal va undan yuqori balni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo’l qo’yiladi. Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig’indisiga teng.