Kafedra mudiri: __________ X. Sobirov
Fanning ishchi o`quv dasturi “Mashinasozlik” fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2018 yil ___ ___-sonli bayonnoma).
Fakultet kengashi raisi: __________ M. Qo`chqarov
Kelishildi: O`quv- uslubiy bo`lim boshlig`i ___________ M. Jo`raxonov
I.O’quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta'limdagi o‘rni
Mashinalar, asboblar va transport vositalarining yangi konstrukstiyalarini yaratishning eng muhim shartlaridan biri ularning quvvat birligiga to’g’ri keladigan tannarxini kamaytirish, mashinasozlikda kam legirlangan po’lat prokatlaridan, bukilgan, shakldor va aniq profildagi materiallardan, metall kukunlaridan, kompozistion materiallardan hamda plastmassadan foydalanish hisobiga yangi mashina, mexanizm va uskunalarni loyihalashda metalldan foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi. Bularning hammasi mutaxassislardan mustahkamlikka hisoblashda keng ilmga ega bo’lish hamda kuchlanish va deformastiyalarni tajriba yo’li bilan aniqlash bo’yicha etarli tayyorgarlikka hamda malakaga ega bo’lishni talab etadi.
Ham statik, ham dinamik kuchlar ta’sirida bo’ladigan konstrukstiyalarni haroratni hamda uzoq, muddat ishlatilishini hisobga olib, mustahkamlik, bikrlik va ustivorlikka hisoblash masalasini to’g’ri echish mashina va apparatlarning uzoq muddat va puxta ishlashni hamda og’irlik ko’rsatkichlarini yaxshilashning muhim omili hisoblanadi.
“Materiallar qarshiligi” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2 – kurslarda o’qitiladi. “Materiallar qarshiligi” aniq fanlar turkimiga kiradi va barcha mexanika ta’lim yo’nalishlarida o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish bakalavriaturaning ushbu ta’lim yo’nalishida o’qish jarayonida ushbu o’quv fani bo’yicha o’zlashtirilgan ma’lumotlarga hamda o’quv rejasida rejalashtirilgan (oliy matematika, fizika, chizmachamlik, nazariy mexanika) fanlarini bilishga asoslanadi. O’z navbatida fan “Mashinasozlik texnalogiyalari asoslari”, “Metallarga deformasiyalab ishlov berish”, “Avtomabil va traktorlar konstruksiyasi”, “Uchish apparatlarini konstruksiyasi va mustahkamligi” va “Xavo kemalarining eksplutatsion ishonchligi” fanlarini o’zlashtirishga uslubiy jihatdan asos bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |