Ishlov berishning ikkinchi turida elektrolitlardan foydalaniladi. Bu usul har qanday qattiqlikdagi metall va qotishmalarni qirqish, detallarni silliqlash, pritirlash, yetiltirish va boshqalarda qo'llaniladi. Masalan, biror detalni pritirlash lozim bo'lsa, bu detal va pritir elektrolit eritmasi solingan vannaga tushiriladi. Elektrolit metall tuzi, masalan, mis sulfat eritmasi bilan abraziv kukunidan iborat bo'ladi.Vannada almashinish reaksiyasi borib, ishlov beriladigan detalning metali tuz tarzida eritmaga o'tadi, elektrolitdan ajralib chiqqan mis esa bo'rsildoq kukun holida detalning ishlov beriladigan yuzasiga o'tiradi.
Detal sirtiga o'tirgan mis kukuni eritmada muallaq holda bo'lgan abraziv zarralari yordamida pritir bilan sidirib olinadi. Ishlov berishning uchinchi turi ximiyaviy aktiv muhitlardan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan qora metallar va ularning qotishmalarini silliqlash hamda pritirlashda foydalaniladi.