23
3.3-rasm. Mikrostruktura Sxemasi.
Qotishmada
eruvchi
komponentning
atomlari
erituvchi
komponentning kristall panajarasiga sinishidan
qattiq eritma hosil
bo’lishi mumkin, bunday qattiq eritma singish qattiq eritmasi
deyiladi. (metallar bilan metallmaslar.) Fe-C, Fe-N, Fe-O.
Qotishma tarkibiga kiruvchi komponentlarning o’zaro tasiriga
qarab ularning eruvchanligi turlicha bo’ladi. Masalan,
nikelda mis
yoki misda nikel suyuq va qattiq holida to’la eriy oladi. Bu
qotishmalarda erituvchi komponentning yorituvchanligi suyuq
holatdagidek, qattiq holatda ham to’la saqlanadi. Bu xususiyat
hamma komponentlarga hos bo’lavermaydi. Ko’pchilik
metallar
eruvchi komponentlarni cheklanmagan miqdorda erita olsa,
ba’zilari cheklangan miqdorda eritadi.
Cheklanmagan miqdorda eruvchi komponent atomlari erituvchi
komponent atomlari bilan o’rin almashhishi, ya’ni erituvchida to’la
erishhi uchun har ikkala komponentning atom diametrlari biri-biriga
yaqin bo’lib, kristall panjaralari ham bir xil bo’lishhi lozim.
Agar bir xil kristall panjarali
ikki komponentning atom
diametrlari o’zaro farq qilsa, yani eruvchi komponent atom diametri
erituvchi komponent atom diametridan ancha katta bo’lsa, hosil
bo’lgan qattiq eritma kristall panjarasining
bir muncha buzilshiga
olib keladi. Bu buzilish ma’lum chegaraga yetgach kristall panjara
o’z barqarorligini yo’qotadi. Bu esa erituvchi komponentda eruvchi
komponentning eruvchanligi cheklanganligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: