Materialshunoslik


 .2- rasm. Metallarning kristall tuzilishi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/130
tarix13.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#143096
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   130
Jo\'rayev

2 .2- rasm. Metallarning kristall tuzilishi

 
Sistemaning erkin energiyasini quyidagicha ifodalash mumkin:
Fqν-TS
ν -sistemaning ichki energiyasi, 
T- absolyut temperatura, 
S- entropiya
Entropiya, sistemada fazoviy zarrachalarning joylashishini 
xarakterlaydi. Temperatura ortgan sari entropiya ham ortadi.
Bizga ma’lumki, metall qolipga quyilganda uning o’ta sovish 
natijasida, ya’ni kristallanishning boshlang’ich davrida tug’ma va 
sun’iy kristallanish markazlari atrofida hosil bo’layotgan birlamchi 
kristallarga tik yo’nalgan ikkilamchi, ularga tik bo’lgan uchlamchi
kristallar hosil bo’ladi. Ular o’zaro to’qnashguncha o’sib borib, biri 
ikkinchisidan o’sishi yo’nalishi va o’lchamlari bilan farq qiladi.
Bunday kristallarning tuzilishi daraxtni eslatadi. Bu kristall dentrit deb 
ataladi.
Dentrit so’zi yunoncha so’zdan olingan bo’lib, shoxli daraxt 
shaklidagi kristalni bildiradi.
Metallarning kristallanish jarayoni to’lik tugaganda turli 
muntazam shaklli, o’lchamli va turli tomonga yo’nalgan donlar hosil 


19 
bo’ladi. D.K.Chernov metallarning kristallanish jarayonini o’rganib, 
bu jarayon ikki bosqkichda borishini kuzatadi. Birinchi bosqichda 
kristallanish markazlari hosil bo’ladi, ikkinchi bosqichda esa bu 
markazlardan kristallarning chizqli o’sishi sodir bo’ladi. Ma’lumki 
metall suyuqligida uning atomlari bertartib harakatda bo’ladi. Metall
temperaturasi pasaygan sari atomlarning tartibsiz harakati susayib
ma’lum temperaturadan boshlab suyuq metallarning ayrim 
qismlarida kelgusida kristallanish markazlari hosil qiluvchi atomlar 
gruppasi vujudga keladi.
Bu markazlarning ba’zilari tartibsiz harakatdagi boshqa 
atomlar bilan bombardimon qilinsa, ba’zilari bombardimon qilinmay 
qoladi. Bu "tug’ma" turgun markazlar kristallanish markazlari bo’lib, 
ular atrofida metall kristallana boradi.
Turg’un kristallanish markazlari soni metallning o’ta sovitilish 
darajasi (t) ga bog’liq (tqTnk-Th). O’ta sovitilish darajasi ortgan sari 
turg’un markazlar soni ham ortadi. 
Kristallarning markazlari soni va kristallarning chiziqli o’sish 
tezligi metallning o’ta sovish darajasi (t) ga to’g’ri keluvchi 
maksimum MS va KT qiymatlarga ega bo’ladi.
Agar hosil bo’layotgan kristallarning hajmi birlikdagi sonini A 
harfi bilan belgilashak, unda uning qiymatini quyidagicha ifodalash 
mumkin. 
MS 
A q ----- 
KT 
bu yerda MS - kristallanishdagi turg’un markazlarning birlik 
hajmida vaqt birligida hosil bo’lish soni, mmqs, KT- kristalarning 
vaqt birligida chiziqli o’sish tezligi, mm
3
qs A ning qiymati qancha 
ortsa, donalar shuncha mayda bo’ladi.
Metallning xossalarini yaxshilash maqsadida suyuq metallga 
kristallana boshhlashida ozgina magniy yoki tseriy kukunlari 
(modifiratorlar) qo’shib, mayda donli, yuqori sifatli qotishmalar olish 
mumkin. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin