Mavzu: Sinfdan tashqari o‘qish mеtodikasi
Reja:
1. Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari
2. Sinfdan tashqari o’qish bosqichlari
3. Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash tamoyillari
Sinfdan tashqari o‘qish o‘qish darslari bilan bog‘lab olib boriladi.
Sinfdan tashqari
o‘qish mazmuniga ko‘ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo‘limga ajratiladi:
Birinchi bosqichda o‘qish doirasi, ya’ni o‘qitiladigan kitoblar va ularni qaysi
tartibda o‘qish bilan tanishtirish yuzasidan o‘quvchilarga ko‘rsatma beriladi.
Ikkinchi bosqichda shu o‘quv materiallar asosida bilim, ko‘nikma va malakalar
shakllantiriladi. O‘quvchilar kitob va ularning mualliflari haqidagi bilimlarni bevosita
amaliy faoliyatlari, ya’ni kitob ustida ishlash jarayonida egallaydilar. O‘quvchilar
o‘qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsa, keyinroq
bolalar yozuvchilarning asarlari bilan tanishadilar, so‘ngra bolalarning qiziqishlariga mos,
ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab
olishga o‘tadilar.
O‘quvchilar milliy va jahon adabiyotlarini o‘qib, tahlil qilish asosida ezgulik va
yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik haqidagi xilma-xil talqinlarga duch
kelishadi. Ularga ongli munosabat bildirish hamda o‘zlaridagi axloqiy-ma’naviy
fazilatlarning shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratadi. Mutolaa o‘quvchilarning
og‘zaki hamda yozma nutqlari rivojlanadi. Bolaning matn mazmunini to‘liq uqib olishi
qayta hikoyalashi, shuningdek, o‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi malakalari hosil
qilinadi.
1-4-sinflarda “Konstitutsiya alifbosi”, “Dinlar tarixidan umumiy tushunchalar”,
“Iqtisod va soliq alifbosi”, “Salomatlik darslari”, “Tejamkorlik saboqlari” kabi fanlarning
sodda elementlari o‘qish fani mazmuniga, ya’ni mavzular kesimida singdirib o‘qitilishi
ko‘zda tutilgan. Shuning uchun amaliy-tajriba va sinov mashqlarida kundalik faoliyatda
shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy vaziyatlarga, jumladan, tejamkorlikka, mehnatni
yengillashtirish va samaradorligini oshirishga, savdo-sotiq bilan bog‘liq hamda sodda
algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay olishga bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi
lozim. Dasturda fanni chuqurlashtirilib o‘qitiladigan 2-3-4-sinflar (A1+) uchun
mavzularga ajratilgan soatlar va kompetensiya elementlari alohida ko‘rsatilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch va fanga oid adabiy-nutqiy va badiiy
asarlarni tahlil qilish kompetensiyalarning shakllantirilishi ham belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va
qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda o‘qish
fanidan quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi
.
Maktab o’quvchini o’qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni
mustaqil o’qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay
oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o’qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu
jihatdan sinfdan tashqari o’qish (STO’) tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi,
ko’p narsani bilishga havasni orttiradi.
STO’ning maqsadi o’qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan,
muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan ongli kitobxonni
tarbiyalashdir.
Maktablarda 1959yildan boshlab maxsus STO’ darslari tashkil etilgan. STO’ darslari
1—2sinfda haftada 1 marta, 3—4sinfda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish
jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17—20 daqiqasi ajratiladi.
Sinfdan tashqari o’qish o’quv dasturi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, unda ko’zda
tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun
o’quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor
kitobxon darajasiga ko’tarish talab etiladi. o’quvchilarda kitobga havas uyg’otishda har bir
bolaga yakka tartibda yondashish, Shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zaair. Bolalarda
kitob ustida ishlash malakasini shakllantif ish ularda kitobxonlik madaniyatini
tarbiyalashning muhim omilidir. Bunda o’qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi.
Badiiy va ilmiyommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o’qib borilsagina,
o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o’qish tanish bo’lmagan mualliflarning kitoblari muqovasi, titul
varag’i, kirish so’zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taxminiy mazraunini
aniqlashga o’rgatish vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarining asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni
o’qishga havas uyg’otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish,
bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish
hisoblanadi.
Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg’otish, ularning bog’lanishli
nutqini o’stirish, adabiyestetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan tashqari o’qish darslarining
ham tub mohiyatini tashkil etadi.
STO’ darslarining muhim vazifalaridan biri mustaqil o’qish malakalarini