,,Kitob haftaligi" tashkil etish, asarlar asosida kichik insholar yozishni mashq qilish yaxshi
samara beradi.
STO’ sinfda o’qish bilan uzviy bog’liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o’qish STO’
uchun zarur bo’lgan o’qish malakalarini shakllantiradi, o’quvchilarning o’qigan asarini
tushunishga o’rgatadi, lug’atini boyitadi. STO’ qiziqarli va o’ziga jalb etadigan faoliyat
bo’lib, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Sinfda o’qish
— hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o’qish esa hayotning o’zidir.
Hozirgi paytda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun sinfdan tashqari o’qishga
mo’ljallangan ,,Kitobim — oftobim" (1—3sinflar uchun) nomli qo’llanmalar ham chop
etilgan.
Dostları ilə paylaş: |