3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2—4sinflarga to’g’ri keladi. Bu davrda
o’quvchilarning o’qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o’quvchilarning sinfdan
tashqari o’qiganlari baholanadi. Baholashda dastur talablariga asoslaniladi: o’qigan
kitoblarining sifat o’zlashtirishiga, miqdoriga, o’qigan kitobiga munosabat bildira olishiga
e'tibor beriladi. Bunda o’quvchilar muayyan mavzuga doir bir necha asarlarni o’qib
keladilar, ularning ayrim o’rinlarini ifodali o’qib beradilar, o’qigan asarlarini o’zaro
taqqoslaydilar.
STO’ning bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari o’quvchilarning
qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi asarni
o’qituvchi o’qib bersa, o’qilganlar yuzasidan suhbat, qayla hikoyalash o’tkazilsa,
boshlang’ich bosqichda butun sinf o’quvchilari bir xil kitob bilan ta'minlanadi, barcha
o’quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar
ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Asar ichda o’qishga topshirilishi, albomlar tayyorlanishi,
kinofilm va diafilmlardan parchalar ko’rsatilishi, musiqiy daqiqalar o’tkazilishi hamda asar
mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdirilishi ham mumkin. Bu jarayonda kitobni saqlash
maqsadida uni yamash, o’rash o’rgatiladi, ,,Ertaklar bayrami", ,,Ifodali o’qish tanlovi"
o’tkaziladi.
Asosiy bosqich yakunida kichik yoshdagi o’quvchilar faol kitobxon uchun zarur bo’lgan
yaxshi o’qish ko’nikma va malakalarini egallashlari, eng muhimi, ularning kitob hamda
mustaqil o’qishni yaxshi ko’rishlariga erishish juda muhimdir