2. Boshlang’ich bosqich. Bu 1sinfning 2yarim yilligiga to’g’ri keladi. Bu bosqichda
haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi. Asarni o’qishdan oldin o’quvchilar asar
,nomi va uning muallift bilan tanishadilar, rasmlarini tomosha qiladilar, daftarlariga u
haqda soddagina qilib asar muallifmi va nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlll
qilinadi. Tanlangan asar (kitob) yaxshi o’qiydigan o’quvchiga maxsus tayyorgarlikdan
so’ng o’qitiladi. Asarning oson o’qiladigan o’rinlarini bo’sh o’qiydigan o’quvchilarga
o’qitish ham mumkin. Bu ularda o’qishga qiziqish uyg’otadi. Bu bosqichda o’quvchilar
har xil tezlikda bo’g’inlab o’qiydilar. Shuning uchun o’qituvchi bu jarayonda har bir
o’quvchiga individual yondashishi, kichik kitobxonni kitobni mvistaqil o’qishga o’rgata
borishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |