1.2. Materialshunoslik va KMT fanining rivojlanish tarixi
Insoniyat o’z faoliyati davomida moddalarni ishlab chiqarish
mahsuloti deb qaraydi.
Aslida esa, moddalar materialning bir barqaror massaga ega
bo’lgan bo’lagidir. Ana shunday moddiy dunyo texnikada "material"
deb aytiladi. Demak, materiallar mehnat jarayonning mahsuli bo’lib,
undan insoniyat o’z talablarini qondiradigan turli xil buyumlar va
detallar yasashda foydalanadi. Materiallar ishlab chiqarishda
birlamchi vosita bo’lib hisoblanadi. Material bo’lmasa sanoat
jarayonlari ham bo’lmaydi.
9
Masalan, mis (material) ishlab chiqarish uchun rudalar (mis
rudalari) qazib olinishii kerak. Xomashyo materiallarini olish uchun
ham mehnat sarflanadi, ya’ni rudalar qazib olinib, qayta ishlash
uchun ruda boyitiladigan kombinatlarga yuboriladi. So’ngra
boyitilgan rudalardan mis olinadi. Olingan misdan turli xil buyumlar
ishlab chiqariladi.
1.1-rasm. Zamonaviy texnologiyalar.
Mis olishda ruda xomashyo material bo’lsa, buyum ishlab
chiqarishda misning o’zi xomashyo material bo’lib hisoblanadi.
Mehnat jarayoni shuni ko’rsatadiki, sifat jihatdan barcha
xomashyolarni ikki turga bo’lish mumkin. Birlamchi xomashyo yoki
birinchi bor materialni hosil qilish uchun ishlatiladigan modda.
Birlamchi materialni hosil qilish uchun hamma vaqt ham tanlangan
xomashyo 100% sarflanmaydi, ya’ni uning ma’lum ismi chiqindiga
aylanadi. Yana chiqindilar ham boshqa buyum va detallar ishlab
chiqarish uchun xomashyo, ya’ni ikkalamchi xomashyo bo’lishi
mumkin. Masalan yog’ochni qayta ishlanishidan chiqqan qirindi
(ikkilamchi xomashyo) mebel sanoatida ishlatiladi.
Buyum va detallar ishlab chiqarish uchun materiallar bilan bir
qatorda yarim fabrikatlar ham ishlatilishi mumkin. Yarim fabrikat
deganda qayta ishlangan, lekin hali tayyor buyum holiga keltirilmagan
material tushuniladi. Buyum olish uchun materialni, ya’ni yarim
fabrikatni qayta ishlash yana davom ettirilishi kerak.
Demak bir ishlab chiqarishda tayyorlagan material (mahsulot)
boshqa ishlab chiqarish uchun yarim fabrikat hisoblanadi.
|