11.3. Shishaning tuzilishi va asosiy xossalari Shisha to‘g‘ri fazoviy panjara strukturasiga ega bo‘lmaganligi
sababli xossalari barcha nuqtalarda bir xil emas. Bundan tashqari
shishaning muayyan erish harorati bo‘lmaydi. Shishada kechadigan
pishirish va toblash jarayonlarini o‘rganish uning tarkibida
mikrokristall
hosilalar-kristallitlar
hosil bo‘lishini ko‘rsatadi.
Shishaning bu xolati uning “mikrogeterogenligi” deyiladi.
Kristallitlik nazariyasi asosida xossalari mukammallashgan, mo‘rtligi
kam shishalar-sitallar yaratiladi. Shishaning o‘ziga xos strukturasi
uning shaffofligini, mo‘rtligini, atmosfera muhitiga, o‘tga
chidamligini, harorat o‘zgarishiga ta’sirchanligini belgilaydi.
11.3-rasm. Suyuq shisha. Nazariy mustahkamligi . Deraza oynalarining cho‘zilishdagi
mustahkamligi 6500-8000 MPa bo‘ladi. Shisha strukturasida
mikrodefektlar bo‘lganligi sababli haqiqiy mustahkamligi 30-90 MPa
bo‘ladi. Shishaning siqilishdagi mustahkamligi 700-1000 MPa, ba’zi
xollarda 1200 MPani tashkil etadi.
Nur o‘tkazuvchanligi .
Deraza
oynalarining
nur
o‘tkazuvchanligi 90-92%, profillanganiniki 84-86%, shishabloklarniki
80-85% ni tashkil etadi. Shisha nurni qaytarish xususiyatiga ega
bo‘lgani uchun va faqat 2% nurni o‘zi yutgani sababli nur
o‘tkazuvchanligi asosan nurni oynaga tushish burchagiga bog‘liq
bo‘ladi. Deraza oynalari infraqizil nurlarni yaxshi, ultrabinafsha
nurlarni esa yomon o‘tkazadi. Shisha zich material (2,5-2,6 g(sm
3
)
bo‘lgani uchun tovushni yaxshi o‘tkazadi. Shu sababli binolarga
98
tovush deraza oynalari orqali kirib, binoning ekspluatatsiya xolatini
yomonlashtiradi. Tovushni izolyasiyalash deraza oynalarining
qalinligi
va
ular
orasidagi
masofaga
bog‘liq
bo‘ladi.