Materialshunoslik



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/130
tarix13.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#143096
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   130
Jo\'rayev

Nazorat savollari: 
1.
Shisha ishlab chiqarish texnologiyasini tushuntirib bering. 
2.
Shishaning tuzilishi tariflang. 
3.
Shishaning turlarini sanab bering. 
4.
Bezash oynasi haqida nimalarni bilasiz. 
5.
Shisha buyumlar va konstruksiyalar deganda nimani tushunasiz. 
6.
Shlak va tosh eritmasidan ishlangan buyumlar haqida ma’lumot 
bering. 
 
 
12-MAVZU: METALLURGIYA JARAYONI 
TO’G’RI
SIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR 
 
Tayanch so‘z va iboralar: metallurgiya, oquvchanlik, 
prokatlash, yeyilish, kukun material, texnologik xossalar, detallar, 
sharli tegirmon, kukun metallurgiyasi, bimetallar, g’ovsk materiallar, 
metal qotishmalar, zagatovkalar,
detal va buyumlar olish protsessi, 
mo’rt qattiq materiallar.  
12.1. Metalurgiya jarayoni
Kukun metallurgiyasi usullari bilan suyultirilganda bir-birida 
erimaydigan metallardan, shuningdek qiyin eriydigan va o‘ta toza 
metallardan qotishmalar olish mumkin. Kukunli metallurgiyada 
zagotovkalar, shuningdek, aniq o‘lchamli turli detallar tayyorlanadi. 
Kukunli metallurgiya g‘ovak materiallar va ulardan detallar, 
shuningdek, ikkita (bimetallar) yoki turli metallar va qotishmalarning 
bir necha qatlami ko‘rinishidagi detallar tayyorlash imkonini beradi.


108 
12.1-rasm. Jahon metallurgiyasi.
Kukunli metallurgiya usullari otashga chidamliligi, eyilishga 
chidamliligi yuqori, qattiqligi katta, belgilangan barqaror (magnit 
xossali, shuningdek aloxida fizik-ximiyaviy, mexanik va texnologik 
xossali - detallar olish imkonini beradi. Bunday detallarni quyish va 
bosim otsida ishlash yo’li bilan olish mumkin emas. Kukun 
materiallardan detal va buyumlar olish protsessi metall kukunini 
tayyorlash, ulardan shixta tuzish, presslash, zagotovkani pishirishdan 
iborat. Metall kukunlari mexanik va fizik-ximiyaviy usullar bilan 
olinadi. Mexanik usullarda kukunlar qattiq metallarni maydalab, 
suyuq metallarni esa ximiyaviy tarkibini o‘zgartirmasdan to‘zitib hosil 
qilinadi. Mo‘rt qattiq materiallarni maydalash uchun sharli, uyurma va 
vibratsion tegirmonlardan foydalaniladi. Ishlov beriladigan material 
po‘lat yoki chuyan sharlarning zarbiy yoki ishqalozchi ta’siri bilan 
maydalanadi. Metall kukunlarni mexanik usullar bilan olishda 
ularning ifloslanishini hisobga olish zarur. Sharli tegirmon po‘lat 
barabandan iborat bo‘lib, unga maydalovchi sharlar va 
maydalanadigan material solinadi. Sharli tegirmonda olingan kukun 
zarralari 100—1000 mkm o‘lchamli noto‘g‘ri ko‘pyoqlik ko‘rinishida 
bo‘ladi. Uyurma tegirmonlarda maydalash sharli tegirmonlarga 
nisbatan tezroq kechadi. Uyurma tegirmonining kamerasida ikkita 
parrak bo‘lib, qarama-qarshi tomonlarga aylanib, o‘zaro kesishuvchi 
xavo oqimlari hosil qiladi. Kameraga solingan material (sim bulagi, 
qirindi, qirqimlar va boshqa mayda bo‘lakchalar) ni havo oqimi 
ilashtirib olib ketadi, ular o‘zaro bir-biriga urilib 50 dan 200 mkm 
gacha o‘lchamli zarralarga maydalanadi. Hosil bo‘lgan zarrachalar ta-
relka ko‘rinishida, chetlari arrasimon bo‘ladi. Mo‘rt metall karbidlari 
va oksidlaridan mayin kukunlar olish uchun vibratsion tegirmonlardan 
foydalaniladi. Vibrotegirmonlar eng unumli bo‘lib, ularning ishi po‘lat 
shar va silindrlarning tegirmon barabanining katta chastotami aylanma 


109 
tebranma harakati tufayli maydalanadigan materialga govori chatsota 
bilan ta’sir qilishiga asoslangan. Qalay, kurg‘oshin, alyuminiy, mis, 
shuningdek temir va po‘lat kukunlarini olish uchun havo, suv, bur 
yoki inert gazlar kinetik energiyasi bilan suyuq metallni to‘zitish 
usulidan ham foydalaniladi. Olingan kukun zarralari 50—350 mkm 
o‘lchamli bo‘lib, sferik ko‘rinishga yaqin. 
Fizik-ximiyaviy usullar bilan kukunlar olishda boshlang‘ich 
materialning ximiyaviy tarkibi va xossalari o‘zgaradi. Metallarni 
oksidlardan ximiyaviy qaytarish, suyultirilgan tuzlarni elektroliz 
qilish, karbonil va gidrogenizatsiya usullari asosiy fizik-ximiyaviy 
usullar hisoblanadi. Oksidlardan materiallarni ximiyaviy qaytarish 
gazsimon yoki qattiq qaytargichlar bilan amalga oshiriladi. Gazsimon 
tiklagichlar sifatida tabiiy, domna gazlari, karbonat angidrid, 
shuningdek vodorod keng qo‘llaniladi. Ximiyaviy qaytarish natijasida 
hosil bo‘ladigan g‘ovak metall massa maydalanadi. Kukun olishning 
fizik-ximiyaviy usullari ichida bu usul eng arzon hisoblanadi. 1 —100 
mkm o‘lchamli dendrit ko‘rinishdagi toza va nodir metallar 
(tantal,ssirkoniy va boshqalar) ning kukunlari suyultirilgan metall 
tuzlarini elektroliz qilish usuli bilan olinadi. Elektroliz usuli 
ifloslangan xomashyodan toza kukunlar olish imkonini beradi. 
Karbonil usuli 1-800 mkm o‘lchamli sferoid ko‘rinishdagi magnitli 
temir, nikel va kobalt kukunlarini olish imkonini beradi. Bu usul bilan 
olingan mahsulot 200-300°S temperaturada metall kukuni va uglerod 
oksidiga parchalanadi. Gidrogenizatsiya usuli asosida kalsiy gidrati 
bilan xromni qaytarish yotadi. Bunda hosil bo‘lgan ohak suv bilan 
yuviladi, metall kukuni esa 8— 20 mkm o‘lchamli dendritlardan 
tashkil topadi. Fizik-ximiyaviy usullar bilan olingan kukunlar mayda 
dispersli va toza hisoblanadi. Zarralari o‘lchamiga ko‘ra kukunlar 
granulometrik tarkibi buyicha 0,5 mkm gacha o‘lchamli ultra mayda, 
0,5—10 mkm o‘lchamli juda mayda, 10—40 mkm o‘lchamli mayda, 
40—150 mk o‘lchamli o‘rtacha mayda va 150—500 mkm o‘lchamli 
yirik xillarga bo‘linadi. 
Tukilish 
massasi, 
oquvchanlik, 
presslanuvchanlik 
va 
pishuvchanlik kukunlarning asosiy texnologii xarakteritsikalari 
hisoblanadi. 
Tukilish massasi erkin tukilgan 1 sm
3
kukunning grammlarda 
ulchangan massasidir. Agar kukun o‘zgarmas tukilish massasiga ega 
bo‘lsa, pishirilganda uning o‘zgarmas kirishuvchanligi ta’minlanadi. 


110 
Olinish usuliga qarab, bitta kukunning tukilish massasi turlicha
bo’lishi mumkin. Govakligi yuqori bo‘lgan buyum tayyorlash uchun 
tukilish massasi kichik bo‘lgan kukundan, asbob va mashinalarning 
turli detallarini tayyorlashda esa tukilish massasi katta kukunlardan 
foydalanish lozim. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin