105
buyumlar olinadi. Bunday buyumlar pollar qurishda, qoplama plitalar
sifatida agressiv muhit ta’sir etadigan joylarda ko‘plab ishlatiladi.
Bunday texnologiya asosida tez va arzon qurilish buyumlarini
tayyorlash mumkin. Aynan shu usul bilan bazalt, qumtosh, karbonatli
tog‘ jinslarini eritib, qoliplarga quyib yuqori mustahkam, agressiv va
atmosfera muhitiga chidamli buyum olish mumkin.
Xom ashyoning
turi olingan buyumning xossalariga va rangiga ta’sir qiladi. Xom
ashyoning erish haroratini pasaytirish uchun plavik shpat (SaF
2
)
singari qo‘shimchalar qo‘shiladi. Mayda donali bir xil strukturali
massa olish uchun xom ashyo tarkibiga minerallashtiruvchi
qo‘shimchalar (xromit, magnezit va sh.k.) qo‘shiladi. Eritma
kimyoviy tarkibini o‘zgartirish bilan
uning issiqqa bardoshligini,
haroratdan chiziqli kengayish koeffitsientini, mustahkamligini,
agressiv
muhitga
chidamligini
boshqarish
mumkin.
Ayniqsa, domna va marten pechlari shlaklaridan qurilish
materiallari tayyorlash iqtisodiy samara beradi. Chunki, pechdan
maxsus
qorishtirgichga uzatilgan, 1350-1450
0
S haroratdagi shlakka
istalgan qo‘shimcha aralashtirib quyish, shtamplash,
prokatlash
vassentrafugalash usullarida buyumlar tayyorlash imkoniyati mavjud.
Quyma tosh buyumlarning o‘rtacha zichligi 2900-3000 kg
m
3
,
g‘ovakligi 1-2% bo‘lib, yopiq xarakterga ega. Shu tufayli ular
sovuqqa o‘ta chidamli, issiqqa bardoshli bo‘ladi. Ularning siqilishdagi
mustahkamlik chegarasi 200-240 MPa, egilishdagi mustahkamligi 20-
30 MPa. Edirilishi 0,7 g(sm
2
bo‘lib, tabiiy toshlarga (diabaz, granit)
nisbatan 2-5 marta bardoshlidir. Eritilgan tosh materiallar atmosfera,
agressiv muhitga chidamlilik talab etilgan joylarda, intensiv edirilish,
erish va muzlash kuzatiladigan muhitlarda ishlatiladi. Ular yo‘l
qurilishida mustahkam,
chidamli toshli qoplamalar, kimyoviy
moddalar ishlab chiqaradigan zavodlar, metall quvurlar o‘rnini
bosadigan diametri 200-1200 mm bo‘lgan tosh quyma quvurlar
sifatida ishlatilishi mumkin. Rangli
tosh quyma plitalar bino
fasadlarini bezashda, arxitektura qismlarini tayyorlashda ham
ishlatiladi. Yuqori haroratdagi suyuq shlakni ko‘pirtirib va tez sovitib
ko‘p g‘ovakli material-termozit olish mumkin. YUqori 1200-1400
0
S
haroratdagi suyuq shlak juda kichik teshiklardan bosim ostida ip
singari chiqqan eritmaning sovishidan hosil bo‘lgan engil,
issiqlik
106
izolyasiyasi materiali shlak paxtasi deyiladi. Uning o‘rtacha zichligi
250-300 kg(m
3
, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,05 Vt(m
0
S.
Dostları ilə paylaş: