Materialshunoslik


Kukunlarni olishda fizik-mexanik usullarda olish jarayoni



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/130
tarix13.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#143096
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   130
Jo\'rayev

16.2. Kukunlarni olishda fizik-mexanik usullarda olish jarayoni 
 
 
16.1-rasm. Kukun metallurgiyasi. 
Fizik-ximiyaviy u s u l l a r bilan kukunlar olishda boshlang‘ich 
materialning ximiyaviy tarkibi va xossalari o‘zgaradi. Metallarni 


135 
oksidlardan ximiyaviy qaytarish, suyultirilgan tuzlarni elektroliz 
qilish, karbonil va gidrogenizatsiya usullari asosiy fizik-ximiyaviy 
usullar hisoblanadi. 
Oksidlardan materiallarni ximiyaviy qaytarish gazsimon yoki 
qattiq qaytargichlar bilan amalga oshiriladi. Gazsimon tiklagichlar 
sifatida tabiiy, domna gazlari, karbonat angidrid, shuningdek vodorod 
keng 
qo’llaniladi. 
Ximiyaviy 
qaytarish 
natijasida 
hosil 
bo‘ladigan g‘ovak metall massa maydalanadi. Kukun olishning fizik-
ximiyaviy usullari ichida bu usul eng arzon hisoblanadi. 1 —100 mkm 
o‘lchamli dendrit ko‘rinishdagi toza va nodir metallar (tantal,ssirkoniy 
va boshqalar) ning kukunlari suyultirilgan metall tuzlarini elektroliz 
qilish usuli bilan olinadi. Elektroliz usuli ifloslangan xomashyodan 
toza kukunlar olish imkonini beradi. Karbonil usuli 1-800 mkm 
o‘lchamli sferoid ko‘rinishdagi magnitli temir, nikel va kobalt 
kukunlarini olish imkonini beradi. Bu usul bilan olingan mahsulot 
200-300°S temperaturada metall kukuni va uglerod oksidiga 
parchalanadi. Gidrogenizatsiya usuli asosida kalsiy gidrati bilan 
xromni qaytarish yotadi. Bunda hosil bo‘lgan ohak suv bilan yuviladi, 
metall kukuni esa 8— 20 mkm o‘lchamli dendritlardan tashkil topadi. 
Fizik-ximiyaviy usullar bilan olingan kukunlar mayda dispersli 
va toza hisoblanadi. Zarralari o‘lchamiga ko‘ra kukunlar 
granulometrik tarkibi buyicha 0,5 mkm gacha o‘lchamli ultra mayda, 
0,5—10 mkm o‘lchamli juda mayda, 10—40 mkm o‘lchamli mayda, 
40—150 mk o‘lchamli o’rtacha mayda va 150—500 mkm o‘lchamli 
yirik xillarga bo‘linadi. 
To’kilish 
massasi, 
oquvchanlik, 
presslanuvchanlik 
va 
pishuvchanlik kukunlarning asosiy texnologii xarakteristikalari 
hisoblanadi. 
T o ’ k i l i s h m a s s a s i erkin 
tukilgan 

sm

kukunning 
grammlarda ulchangan massasidir. Agar kukun o‘zgarmas tukilish 
massasiga ega bo‘lsa, pishirilganda uning o‘zgarmas kirishuvchanligi 
ta’minlanadi. Olinish usuliga qarab, bitta kukunning tukilish massasi 
turlicha bo’lishi mumkin. Govakligi yuqori bo‘lgan buyum tayyorlash 
uchun tukilish massasi kichik bo‘lgan kukundan, asbob va 
mashinalarning turli detallarini tayyorlashda esa tukilish massasi katta 
kukunlardan foydalanish lozim. 
O q u v c h a n l i k — 
kukunning 
qolipni 
tuldira 
olish 
qobiliyatidir. U ma’lum diametrli teshik orqali kukunning utish tezligi 


136 
bilan xarakterlanadi. Kukun zarralarining o‘lchami kamayishi bilan 
uning oquvchanlish yomonlashadi. Kukunning qolipni bir tekis 
tuldirishi va presslashda zichlanish tezligi ko‘pjihatdan oquvchanlikka 
bog‘liq. 
P r e s s l a n u v c h a n l i k — 
tashqi 
nagro‘zka ta’siridan 
kukunning zichlanish xossasidir, u presslangan kukun zarralari o‘zaro 
qanchalik mustahkamlashganligini xarakterlaydi. Presslanuvchanlik 
materialning plastikligi, kukun zarrasining o‘lchami va shakliga 
bog‘liq bo‘ladi. Kukun tarkibiga sirtqi aktiv moddalar qushilishi bilan 
ularning presslanuvchanligi ortadi. 
P i s h u v c h a n l i k deyilganda presslangan zagotovkani termik 
ishlash 
natijasida 
zarrachalarning 
ilashish 
mustaxkamligini 
tushuniladi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin