133
Nazorat savollari:
1. Mis ishlаb chiqаrish jarayonini sharhlab bering.
2. Аlyuminiy ishlаb chiqаrish jarayoni.
3. Mаgniy оlish uslublаrini sanab bering.
4. Titаn ishlаb chiqаrish teхnоlоgiyasi.
5. Yuqоri sifаtli metаllаr оlish texnologiyasi haqida fikrlar.
16-MAVZU: KUKUNLI METALLURGIYA
Tayanch so’zlar: kukun, metallurgiya, mexanik usul, sharli
tegirmon, oquvchanlik, presslanuvchanlik, pishuvchalik, presslash,
kukun metallurgiyasi, yeyilishga chidamlilik, aniq o’lcham, detallarni
quyish va bosim ostida ishlash, preslash, magnitlilik xossasi, eletroliz.
16.1. Kukunlarning olinish usullari
Kukun metallurgiyasi usullari bilan suyultirilganda bir-birida
erimaydigan metallardan, shuningdek qiyin eriydigan va o’ta toza
metallardan qotishmalar olish mumkin. Kukunli metallurgiyada
zagotovkalar,
shuningdek, aniq o‘lchamli turli detallar tayyorlanadi.
Kukunli metallurgiya g‘ovak materiallar va ulardan detallar,
shuningdek, ikkita (bimetallar) yoki turli metallar va qotishmalarning
bir necha qatlami ko‘rinishidagi detallar tayyorlash imkonini beradi.
Kukunli metallurgiya usullari otashga chidamliligi, yeyilishga
chidamliligi yuqori, qattiqligi katta, belgilangan barqaror (magnit
xossali, shuningdek aloxida fizik-ximiyaviy,
mexanik va texnologik
xossali - detallar olish imkonini beradi. Bunday detallarni quyish va
bosim ostida ishlash yo’li bilan olish mumkin emas.
Kukun materiallardan detal va buyumlar olish protsessi metall
kukunini tayyorlash, ulardan shixta tuzish, presslash,
zagotovkani
pishirishdan iborat. Metall kukunlari mexanik va fizik-ximiyaviy
usullar bilan olinadi.
Mexanik usullarda kukunlar qattiq metallarni maydalab, suyuq
metallarni esa ximiyaviy tarkibini o‘zgartirmasdan to‘zitib hosil
qilinadi. Mo’rt qattiq materiallarni maydalash uchun sharli, uyurma va
vibratsion tegirmonlardan foydalaniladi. Ishlov beriladigan material
po‘lat yoki cho’yan sharlarning zarbiy yoki ishqalovchi ta’siri
bilan
maydalanadi. Metall kukunlarni mexanik usullar bilan olishda
ularning ifloslanishini hisobga olish zarur.
134
Sharli tegirmon po‘lat barabandan iborat bo‘lib, unga
maydalovchi sharlar va maydalanadigan material solinadi. Sharli
tegirmonda olingan kukun zarralari 100—1000 mkm o‘lchamli
noto‘g‘ri ko’pyoqlik ko‘rinishida bo‘ladi. Uyurma tegirmonlarda
maydalash sharli tegirmonlarga nisbatan tezroq kechadi. Uyurma
tegirmonining kamerasida ikkita parrak bo‘lib, qarama-qarshi
tomonlarga aylanib, o‘zaro kesishuvchi xavo oqimlari hosil qiladi.
Kameraga solingan material (sim bulagi, qirindi, qirqimlar va
boshqa
mayda bo’lakchalar) ni havo oqimi ilashtirib olib ketadi, ular o‘zaro
bir-biriga urilib 50 dan 200 mkm gacha o‘lchamli zarralarga
maydalanadi. Hosil bo‘lgan zarrachalar tarelka ko‘rinishida, chetlari
arrasimon bo‘ladi.
Mo’rt metall karbidlari va oksidlaridan mayin kukunlar olish
uchun vibratsion tegirmonlardan foydalaniladi. Vibrotegirmonlar eng
unumli bo‘lib, ularning ishi po‘lat shar va silindrlarning tegirmon
barabanining katta chastotami aylanma
tebranma harakati tufayli
maydalanadigan materialga govori chastota bilan ta’sir qilishiga
asoslangan.
Qalay, kurg‘oshin, alyuminiy, mis, shuningdek temir va po‘lat
kukunlarini olish uchun havo, suv, bur yoki inert gazlar kinetik
energiyasi bilan suyuq metallni to‘zitish usulidan ham foydalaniladi.
Olingan kukun zarralari 50—350 mkm o‘lchamli bo‘lib, sferik
ko‘rinishga yaqin.
Dostları ilə paylaş: