41
Bu po‘latlar oddiy po‘latlarga
nisbatan tarkibida oltingugurt,
fosfor va boshqa salbiy ta’sir etuvchi elementlarning kamligi bilan
farqlanadi.
Konstruksion sifatli po‘latlarni markalashda
ikki raqam bilan
ifodalanadi va ular shu po‘latning tarkibida uglerodning yuzdan bir
ulushini ko‘rsatadi. Konstruksion sifatli po‘latlar prokatlab, bolg‘alab,
kalibrlangan bo‘lib uning yuzasi toza va yaltiroq bo‘ladi
va uni
serebryanka deb ham aytiladi.
Markalashda st10, st15, st20 ,,, st60 markalanadi. Bu guruh
po‘latlarga avtomat po‘lati ham kiradi. Avtomat po‘latlar ko‘p vaqt
keskich
bilan ishlab, turli detallarni olishda ishlatiladi. Unda mayda
qirrindi chiqadi, kesib ishlashni onsonlashtiradi
va toza silliq yuza
olish mumkin bo‘ladi. Ularni markalashda A harfi bilan ifodalanadi,
harfning orqasidagi raqam po‘latning tarkibidagi
uglerod miqdorni
o‘rtacha yuzdan bir ulishini ko‘rsatadi. A30, A40G, A12, A20
po‘latdan muhimmas detallar olishda ishlatiladi.
Asbobsozlik po‘latlari: Asbobsozlik po‘latlar uch asosiy guruhga
bo‘linadi: kesuvchi
asboblar, o‘lchov asboblar, shtamplarda
ishlatiluvchi uglerodlik po‘latlarga. Bu po‘latlarga quyidagilar kiradi:
U8(U8A), U10(U10A), U11(U11A), U12(U12A), U13(U13A) – bu
po‘latlardan asboblar tayyorlanadi. Keskichlar uchun frezalar zenker,
parma, arra, egov, iskana, ustara, jarrohlar
pichoqi va boshqalarni
tayyorlashda U10, U11, U12, U13 termik ishlovdan so‘ng ularning
tuzilishi martensit va karbidlardan iborat bo‘ladi
va qattiqligi keskin
oshadi. Markaning oxridagi A – po‘latning yuqori sifatligini
ifodalaydi.
Nazorat savollari:
1.
Evtektoidgacha bo‘lgan po‘latning sovish egri chizig‘ini
chizib
bering?
2.
Temirning uglerod bilan hosil qilgan tuzilishlariga izoh bering?
3.
Nima uchun oltingugurt, fosfor, kislorod va vodorodlar salbiy ta’sir
etuvchi element bo‘lib hisoblanadi?
4.
Oddiy konstruksion va uglerodlik po‘latlar nima bilan farqlanadi?
Dostları ilə paylaş: