Fanni o‘qitishdan maqsad – Fanni o’qitishdan maqsad- materialshunoslik va yangi m ateriallar texnologiyasi haqida dastlabki bilimlarni berish, materiallar haqidagi fanni rivojlanish tarixi, materiallar sinfi va tasnifi, zamonaviy fan yutuqlari asosida yangi materiallar olish istiqbollari bilan bog’liq bo’lgan bilimlarni talabalar tomonidan yaxshi o’zlashtirishdir.
Fanning vazifasi – ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, materialshunoslik va ularni ishlab chiqarish jarayonlariga uslubiy yondoshuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Kirish. “Materialshunoslikka kirish” fanining bakalavrlar tayyorlashdagi o’rni. Fanning maqsadi va vazifasi. “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” yo’nalishi bo’yicha tayyorlanadigan mutaxassislarga qo’yilgan talablar.
2-mavzu. “Materialshunoslikka kirish” fanining predmeti va uslublari. “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” yo’nalishining davlat ta’lim standarti va o’quv rejalari. O’quv fanlari va ularning dasturlari haqida ma’lumotlar. Kasbiy faoliyat ob’ektlari, ishlab chiqarishni ushbu yo’nalishi bitiruvchilariga bo’lgan talablari.
3-mavzu. Materialshunoslik haqidagi fanning rivojolanish tarixi. “Materialshunoslik fanining rivojlanishiga xissa qo’shgan dunyoning yetakchi olimlari xaqida ma’lumotlar. Yetakchi xorijiy davlatlar va Respublikamizda materialshunoslik sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari Materialshunoslik fanining rivojlanishiga hissa qo’shgan yetakchi o’zbek olimlari haqida ma’lumotlar.