Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi


Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə2/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157
6,20 mavzulr slayd

2.

Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari:




2.1.

Mustaqil ta’lim bo’yicha uslubiy ko’rsatma.




2.2.

Kurs loyiha va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy ko’rsatma.




2.3.

Hisob-sxema ishi, ijodiy va boshqa mustaqil ishlar.




3.

Glossariy.




4.

Ilovalar:




4.1.

Fan dasturi.




4.2.

Ishchi o’quv dastur.




4.3.

Sillabus.




4.4.

Tarqatma materiallar.




4.5.

Testlar.




4.6.

Ishchi o’quv dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.




4.7.

Fanning o’ziga xosligiga qarab o’rganish bo’yicha boshqa materiallar.




4.8.

O’UM ning elektron varianti.




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI


«Mashinasozlik texnologiyasi» fakulteti

Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedrasi


60720600 - Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” yo’nalishi talabalari uchun


YO’NALISHGA KIRISH”
fanidan


MA’RUZALAR KURSI


ANDIJON -2023


1-mavzu. Kirish.Yo’nalishga kirish” fanining bakalavrlar tayyorlashdagi o’rni.
Reja:
1.“Yo’nalishga kirish” fanining bakalavrlar tayyorlashdagi o’rni.
2.Fanning maqsadi va vazifasi.
3.“Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” yo’nalishi bo’yicha tayyorlanadigan mutaxassislarga qo’yilgan talablar.


Tayanch iboralar: materialshunoslik, bakalavr, yangi material, texnologiya, maqsad, vazifa, talab.


Ushbu ma’ruzalar kursi namunaviy o’quv dasturiga muvofiq yozilgan bo’lib oliy o’quv ta’lim muassasalari “60720600-Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” yo’nalishlarida ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun mo’ljallangan.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining talablari doirasida ta’lim mazmunini yanada boyitishda, ularni uslubiy jihatdan ta’minoti barcha ta’lim muassasalarini zamon talablariga javob beruvchi o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bois fan-texnika va texnologiya rivojlanishining hozirgi zamon talablariga va Davlat ta’lim standartlari dasturiga mos keladigan o’zbek tilida yozilgan darsliklarga ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda.
Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday islohot, iqtisodiyotdagi har qanday natijaning pirovard maqsadi kishilar turmushini, maishiy sharoitini yaxshilash, farovonlik darajasini yuksaltirishga qaratilgan. SHu nuqtai nazardan qaraganda, oxirgi yillarda mamlakatda zamonaviy texnologiyalar asosida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda yangi korxonalar qurildi. Eksport salohiyatiga ega zamonaviy korxonalar qurilishi natijasida qo’shimcha ish o’rinlari paydo bo’ldi. Jumladan, keyingi yillarda mashinasozlik sanoatida ham tub o’zgarishlar bo’ldi. Mashinasozlikda ishlatiladigan materiallar olishning zamonaviy usullari, ularga ishlov berishning yangi texnologiyalari qo’llanilmoqda.
Respublikamiz mashinasozligi, metallurgiyasi va sanoatining barcha sohalarida mashina detallarining ishonchli va uzoq muddat ishlashini ta’minlash uchun ularni tayyorlashning zamonaviy texnologik jarayonlari ishlab chiqilmoqda.
Ushbu o’quv-uslubiy majmuada «Yo’nalishga kirish» fanidan yetarli darajada ma’lumotlar berilgan bo’lib, materiallarning turlari va xossalari, metallarning tuzilishi, ulardan qotishmalar olish, olingan qotishmalarning xossalarini o’rganish va yaxshilashning zamonaviy usullari, qotishmalardan detallar yasash va ularga har xil usullar bilan ishlov berish asoslari keltirilgan. Kompozitsion materiallar, ularni olish texnologiyalari, mashina detallariga ishlov berishning zamonaviy usullari amaliy ravishda ko’rsatib berilgan. Zamonaviy mashinalarning ko’pgina detallarida metall o’rniga metallmas materiallarning qo’llanilishini hisobga olgan holda, metallmas materiallar va ulardan buyumlar tayyorlash texnologiyasi to’g’risida ham ma’lumotlar berilgan.
Mashina detallari uchun material tanlash masalasi va ularga ishlov berish texnologik jarayonida bir-biriga zid bo’lgan masalalar mavjud. Masalan, uzoq muddat davomida xavf-xatarsiz ishlashni ta’minlay oladigan mashina-mexanizmlar yaratishda qo’llaniladigan detallar arzon, ixcham, bejirim, puxta bo’lishi bilan bir qatorda yuqori sifatli materiallardan tayyorlanishi lozim. O’z-o’zidan ravshanki, bunday materiallarga ishlov berish tannarxning keskin oshishiga sabab bo’ladi. Bunday murakkab muhandislik muammolarini yechishda, materialshunoslik fani muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, bu fan ko’pgina muhandislik fanlariga boshlang’ich asos bo’ladi. Kelgusida malakali muxandis xodimlar bo’lib yetishishni niyat qilgan har bir talabadan fanni puxta o’zlashtirish talab etiladi.



Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin