ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda materialshunoslik jihozlarini sinash, ulardan foydalanish hamda texnik vositalarni, tizimlarini, jarayonlarini va materialalarni standartlashtirish;
ananaviy va yangi materiallarni yaratish, ularni ishlab chiqarish texnologik bosqichlarini yaratish, ishlab chiqarishda qo’llaniladigan materialshunoslik qurilma va uskulalarni ishlab chiqish va loyhalash, ishlab chiqarish texnologik ko’rsatkichlarni optimallashtirish;
materialshunoslik asbob-uskunalarini, jihozlarlarining texnik holatini tekshirish va qoldiq resursini baholashqobiliyatlariga ega bo’lishi kerak.
3. 60720600 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasibakalavriat ta’lim yo’nalishi o’quv rejasi va fan dasturlari mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablar
60720600 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo’nalishi o’quv rejasi va fanlar dasturlari umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzluksizlik va uzviylik ta’minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va talabalarning quyidagi majburiy fanlar bloklarini o’zlashtirishini nazarda tutishi zarur:
gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy;
matematik va tabiiy-ilmiy;
umumkasbiy;
ixtisoslik;
qo’shimcha.
Kasb faoliyati ko’nikmalarini egallash uchun malaka amaliyotlari o’tilishi nazarda tutilishi shart.
O’quv rejalar majburiy o’quv fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlagan fanlarni ham o’z ichiga olishi shart.
Bakalavriat ta’lim yo’nalishi o’quv rejaci va fanlar dasturlarini o’zlashtirishda talabalarning o’quv fanlariga oid bir qancha masalalar va muammolar bo’yicha mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi lozim.
Bakalavriat ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga muvofiq ravishda yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi shart.