Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi


O’quv reja fanlari bloklari mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablar



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə10/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   157
6,20 mavzulr slayd

3.1. O’quv reja fanlari bloklari mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablar
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki:
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo’nalishlari o’quv rejalaridagi gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blokiga qo’yiladigan umumiy talablar asosida belgilanadi.
Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bloki:
umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashi;
tabiiy-ilmiy fanlarning asosiy qonunlaridan foydalana olishi, matematik analiz va modellash, nazariy va eksperimental tadqiqot metodlarini qo’llay olishni shakllantirishi;
mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi, muhandislik masalalarini qo’yish va matematik usullardan foydalanib yechimlarni topa bilishi, tadbiqiy muhandislik masalalarini matematik modellashtirishi va yechishi, oliy matematikaga doir adabiyotlardan mustaqil foydalanishi;
informatsiyani olish, saqlash, qayta ishlash va uzatishning asosiy metodlari, usullari va vositalaridan foydalanishni egallagan bo’lishi;
sanoq tizimlarida ishlashi, EHMning ichki va tashqi qurilmalari, Windows amaliyot tizimida papka va fayllar yaratishi, ular ustida amallar bajarishi, MS Word, MS Excel, MS Power Point, MS Access dasturlarida hujjat yaratishi va qayta ishlashi, kompьyuter tarmoqlarida ishlashi, ulardan o’ziga kerakli ma’lumotlarni izlashi va foydalanishi, o’z ma’lumotlarini uzatishi, ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash tili yordamida chiziqli, tarmoqlanishli, takrorlanishli va murakkab jarayonlarni dasturlashtirishni egallagan bo’lishi;
fizikaviy modellarni tadqiq qilish; ishlab chiqarish jarayonlarida va texnikaviy ob’ektlarda eng oddiy fizikaviy tizimlarning modellaridan foydalanish; fizika fanining turli bo’limlariga xarakterli bo’lgan qiymatlarning sonli tartibini o’lchash va baholashni egallagan bo’lishi;
kimyoviy tajribalarni bajarishda kerakli uskuna, reaktiv va jihozlardan foydalana olishi; olingan bilim va ko’nikmalari asosida ekologik vaziyatni nazorat qilishi va sanoatda va kundalik hayotda qo’llashi;
jismlarning muvozanat tenglamalari, mexanikaning asosiy qonunlari, teoremalari, printsiplari, harakatning ustivorligi va barqarorligi, mexanik sistemaning harakati va muvozanatini bilishi;
harakat sodir bo’layotgan fazo va uning xossalarini hamda ishlab chiqarish texnologik jarayonlariga eng sodda fizik va matematik modellarni qurish va bu modellar asosida texnologik jarayonni barqarorligini ta’minlashi;
ekologik dunyoqarash shakllangan bo’lishi, ekologiyaning kontseptual asoslarini bilishi;
atmosferani zaharli gazlardan tozalashda katalizator, adsorbent va absorbent tanlashi; atmosferani changlardan tozalashda yuvuvchi eritmani tanlashi; oqava suvlarni fizik-kimyoviy va kimyoviy usulda tozalashda kimyoviy reagent tanlashi va ularni ishlatishda xavfsizlik texnikasiga rioya qilishi; katalizator, sorbent va yuvuvchi eritmalarning xossalarini va sifat ko’rsatkichlarni aniqlay olishi;
muhandislik ishi ta’lim sohasi uchun zarur bo’lgan matematik va tabiiy-ilmiy fanlarning nazariy va ilmiy asoslarini shakllantirishi lozim.

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin