Umumkasbiy fanlar bloki: matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bilan ixtisoslik fanlari o’rtasida ilmiy va nazariy bog’liqlikni ta’minlashi;
ixtisoslik fanlarini o’rganish va chuqur egallash uchun zarur bo’lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko’nikma va uquvlarni shakllantirishi;
umumkasbiy vazifalarni hal etishda fan va ta’limning zamonaviy muammolariga doir bilimlardan foydalanishga tayyorlashi;
umumkasbiy vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga doir axboriy-didaktik ta’minotni yaratish malakasini tarkib toptirishi;
modelli tasavvurlarni, tajriba usullari va olingan natijalarni qayta ishlash yo’riqlariga oid bilimlarni amalda qo’llash ko’nikmalarini ta’minlashi;
Davlat standartlashtirish tizimi va konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi talablari asosida muhandislik chizmalarni tuzish tartibi va qoidalarini; yig’ish chizmalarini o’qish va detallarga ajratish talablarini; yig’ish chizmalarini bajarish talablarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi va Davlat standarti talablari asosida muhandislik ob’ektlarining chizmalarni tuzish va o’qish ko’nikmalariga ega bo’lishi;
korxonani boshqarish asoslarini; korxonani boshqarishdagi iqtisodiy-matematik usullarini; boshqaruvchi xodimlarni shakllantirish jarayonini; korxonaning hayot tsiklini bilishi va ulardan foydalana olishi;
talab va taklif nazariyasidan foydalanish; biznes-rejani ishlab chiqish ko’nikmalari shakllangan bo’lishi;
xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari, uslublari va vositalarini tahlil qilishni; faoliyatning xavfsiz sharoitlarini loyihalashni; ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasini; hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy talablarini bilishi;
ishlab chiqarish tarmoqlarida xavfsiz ish sharoitini tashkil etishni; zararsiz ish sharoitini ta’minlovchi umumiy va shaxsiy himoya qilish vositalaridan foydalanish ko’nikmasi shakllangan bo’lishi;
ishlab chiqarish mahsulotlari sifatini va samaradorligini oshirish masalalarini mustaqil yechish, o’zaro almashuvchanlikning asosiy printsiplarini qo’llash ko’nikmasi shakllangan bo’lishi;
mashinasozlik sohalarida ishlatiladigan detal, zagotovka, uzel va boshqalar uchun bilimlarga asoslanagan holda talabalar materallar tanlab olish; quymakorlik, bosim ostida, payvandlab zagotovka tayyorlash, ularga metall kesish dastgohlarida, elektrfizikaviy usullarda ishlov berish, hamda detallar ishchi yuzalarini puxtalash usullarini qo’llay olish ko’nikmasi shakllangan bo’lishi;
konstruktsiya va konstruktsiya elementlarini mustahkamlikka, bikrlikka ustivorlikka va chidamlilikka hisoblashni bilishi;
mexanizmlarni optimal parametrlarini aniqlash; konkret mexanizmlarni hisoblashda EHMda hisoblash dasturlarini ishlab chiqish; mashina va mexanizmlarning kinematik va dinamik parametrlarini aniqlashda o’lchov asbob-uskunalaridan foydalanish ko’nikmasi shakllangan bo’lishi;
yuritmalarni tuzish, uzatmalarni kinematik hisoblash, uzatma, val va o’qlar, podshipniklar va birikmalarni ishchanlik qobiliyati bo’yicha loyihalovchi va tekshiruvchi hisoblarni bajarish ko’nikmasi shakllangan bo’lishi;
loyihalash va uning asosiy bosqichlarining maqsadlari va vazifalarini aniqlash; texnikaviy ob’ektlarning matematik modellarini tuzish; ALTni har xil ta’minlashni loyihalash ko’nikmasi shakllangan bo’lishi;
mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash, o’lchamlar zanjirlarini hisoblash, texnologik jarayonlarning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini baholash ko’nikmasi shakllangan bo’lishi;
mashinasozlik materiallarini ishlatilish joyiga qarab, mashinasozlik soxalari uchun tanlab, ishlatishga tavsiya qilish ko’nikmasi shakllangan bo’lishi;
detallarni aniq texnik sharoitlarda samarali ishlatish; sinish sabablarini aniqlash ko’nikmasi shakllangan bo’lishi;
qattik jismlarning kimyoviy va fizikaviy xossalarini aniqlay olishi va ularni bilgan holda yangi materiallarni olish texnologiyalarini loyihalash ko’nikmasi shakllangan bo’lishi;
sovish va qizdirish vaqtlarini hisoblashni va ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash ko’nikmasi shakllangan bo’lishi;
turli mashinasozlik detal va zagotovkalarga termik va kimyoviy – termik ishlov berish texnologiyalari va uning rejimlarini bilishi, tanlashi hamda ularni hisoblash ko’nikmasi shakllangan bo’lishi;
tadqiqotlarni rejalashtitrish va olingan ma’lumotlarni ishlab chiqish; qoplamalar qoplashning optimal variantlarini tanlash; qoplamalarni qoplash rejimlarni hisoblay bilish va asbob uskunalarni to’g’ri tanlash; qoplamalarni sifatini nazorat qila bilish ko’nikmasi shakllangan bo’lishi;
talabalarni Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va ta’limni samarali tashkil etishga o’rgatish lozim.