2. 60720600 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasita’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan umumiy talablar
2.1. Bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan umumiy talablar:
dunyoqarash bilan bog’liq tizimli bilimlarga ega bo’lishi; gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;
Vatan tarixini bilishi, ma’naviy milliy va umuminsoniyqadriyatlar masalalari yuzasidan o’z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g’oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo’lishi;
tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo’lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va o’z kasb faoliyatida foydalana bilishi;
insonning boshqa insonga, jamiyatga va atrof muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy hamda ma’naviy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;
axborot yig’ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bo’lishi, o’z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olishi;
tegishli bakalavriat yo’nalishi bo’yicha raqobotbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi;
yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o’z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi;
sog’lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to’g’risida ilmiy tassavvur hamda e’tiqodga, o’zini jismoniy chiniqtirish o’quv va ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim.
Bakalavr:
ta’lim yo’nalishlari bo’yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bo’lgan lavozimlarda mustaqil ishlashga;
tegishli bakalavriat yo’nalishlari doirasida tanlangan mutaxassislik bo’yicha magistraturada oliy ta’limni davom ettirishga;
kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo’shimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadilar.