Rasm 4.1. Turli metallarning zichligini xona haroratida solishtirish. Keramika, polimer va kompozitsion materiallar.
|
|
Metallar
Ushbu guruhga kiruvchi materiallarga bir yoki bir nechta metallar (bulardan temir, alyuminiy, mis, titan, oltin, nikelь) shuningdek nisbatan kam miqdorda8 nometall elementlar (masalan, uglerod, azot va kislorod) kiradi. Metall va qotishmalarda atomlar juda mukammal tartibda joylashadi, bu xaqda tegishlits bo’limda batafsil muxokama qilinadi. Bundan tashqari keramika va polimer materiallar bilan solishtirganda metallar zichligi nisbatan yuqori (4.1. rasm). Mexanik xossalarga ko’ra ushbu barcha materiallar nisbatan qattiq (4.1. rasm) va mustaxkam (4.2. rasm). Bundan tashqari ular muayyan plastiklikka egalar (parchalanishsiz deformatsiyalanish xususiyati) va sinishga qarshilik (4.3. rasm) bu ularga turli konstruktsiyalarda keng miqyosda ishlatilish imkonini beradi.
Metall materiallarda ko’pgina delokalizion elektronlar yani muayyan atomlar bilan bog’lanmagan elektronlar mavjud. Bunday elektronlarning mavjudligi to’g’ridan to’g’ri metallarning ko’pgina xossalarini tushuntiradi. Masalan, metallar juda yaxshi elektr toki va issiqlik o’tkazuvchilardir
Rasm 4.2. Turli metallarning elastiklik modulini xona haroratida solishtirish. Keramika, polimer va kompozitsion materiallar.
|
|
Rasm 4.3. Turli metallarning mustaxkamligi (parchalovchi kuchlanish)ni xona haroratida solishtirish. Keramika, polimer va kompozitsion materiallar.
|
|
4.4. rasm. Ular tushgan nurni o’tkazmaydi. Metallarning silliqlangan yuzasi yaltiraydi. Bundan tashqari ayrim metallar (masalan, temir, kobalьt, va nikelь) qo’llash uchun kerakli magnit xossalarga ega.
4.5. rasmda bir qancha oddiy va barchaga tanish metall mahsulotlar surati ko’rsatilgan. Tegishli bo’limda metall va qotishmalarning turli soxalarda ishlatilishi muxokama etiladi.
Dostları ilə paylaş: |