Polimerlar
Barchaga ma’lum plastmassalar va rezinalar polimerlarga kiradi. Ularning ko’pchiligi uglerod, vodorod va boshqa nometall elementlar (O, Nva Si) asosidagi organik aralashmadir. Bundan tashqari ularning tabiatan asosiy zanjiri uglerod atomidan tashkil topgan zanjirli makromolekulyar tuzilishga ega. Eng ko’p tarqalgan va mashxur polimer bu polietilen (PE), poliamid (PA) (naylon), polivinilxlorid (PVX), polikorbonat (PK), polistirol (PS) va kremniyorganikli kauchuk. Odatda bu materiallarda zichlik past mexanik xossalar esa keramik va metall materiallarga qaraganda butunlay boshqacha.
|
Rasm 4.6.
Metall va metall qotishmalardan tayyorlangan oddiy mahsulotlar – oshxona anjomlari, qaychilar, tangalar, tishli g’ildirak, uzuk va bolt-gayka
|
Rasm 4.7.
Keramik materiallardan tayyorlangan oddiy mahsulotlar – qaychi ushlagichi, choy uchun chashka, qurilish g’ishti, taglik va shisha vaza.
|
|
Polimerlar ikki turdagi materiallar kabi qattiqlik va mustahkamlikka ega emas. SHunga qaramasdan zichlik darajasi kamligi tufayli ularning mustaxkamlik va qattiqlik massasi ko’pgina metallar va keramika bilan tenglashtiriladi. Qo’shimchasiga ayrim polimerlar juda ham plastik va egiluvchandir, bu shuni anglatadiki, ularni turli shakllarga keltirish oson. Ular kimyoviy jihatdan inert va ko’pgina muhitlarda reaktivlikka ega emas. Polimerlarning kamchiligiga yumshash xossasi yoki nisbatan past haroratda parchalanishi va buning natijasida ularni qo’llashning chegaralanishini keltirish mumkin. Bundan tashqari polimerlar past elektr o’tkazuvchanlikka ega (4.8. rasm).
4.8 rasmda polimerdan tayyorlangan bir qancha tanish mahsulotlar surati ko’rsatilgan. Polimeralar tuzilishi, xossalari, ishlatilishi va polimerlarni qayta ishlash kabi savollar tegishli bo’limlarda yoritilgan.
Rasm 4.8. Polimer materiallardan tayyorlangan oddiy mahsulotlar – plastik oshxona jixozlari (qoshiq, sanchqi va pichoq), bilyard shari, velosiped shlemi, ikkita o’yin kubiki, o’t o’rish uskunasi g’ildiragi (plastmassali disk va rezinali shina) va plastik idish.
|
|
Dostları ilə paylaş: |