Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi


YaNGI MATERIALLAR YaRATISHNING ZARURLIGI



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə25/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   157
6,20 mavzulr slayd

5.4. YaNGI MATERIALLAR YaRATISHNING ZARURLIGI

So’nggi yillarda materialshunoslik va materiallarni qo’llash texnologiyasi sohalaridagi erishilgan katta yutuqlarga qaramasdan hali xam yanada tugal va ixtisoslashgan materiallarni yaratish, bundan tashqari bunday materiallarni ishlab chiqarish va ularning tashqi muhitga ta’siri orasidagi bog’liqlikni baholash zaruriyati saqlanib qolmoqda. SHu sababli ushbu savol yuzasidan sohadagi mavjud yangiliklarni ta’riflash uchun bir qancha fikrlarni keltirib o’tish zarur.


Yadro energetikasi kelajak uchun katta va’dalar bermoqda ammo bu yerda barcha bosqichlarda zarur yangi materiallarni ishlab chiqarish bilan bog’liq ko’p sonli kamchiliklar mavjudligicha qolmoqda bularga misol tariqasida radioaktiv chiqindilarni saqlash, reaktordagi yonilg’i joylash tizimlarini keltirish mumkin. Energiya bo’yicha katta xarajatlar uni tashish bilan bog’liq. Tashuvchi uskunalar (avtomobillar, samolyotlar, poezdlar va boshqalar) vaznini kamaytirish, dvigatelь ishlaganda haroratnig oshishi energiya iste’molining oshishiga xizmat qiladi. Buning uchun yuqori harorat muhitida ishlay oladigan materiallarga tenglashuvchi yuqori kuchli yengil muxandislik materiallarini yaratish talab etiladi. Umume’tirof etilgan yangi iqtisodiy asoslarga ega energiya manbalari bundan tashqari foydalanishda yanada samarali man’balar mavjud. SHubxasiz kerakli xususiyatlarga ega materiallar ushbu yo’nalishni rivojlantirishda katta o’rin egallaydi. Masalan, quyosh energiyasini elektr tokiga to’g’ri o’zgartirish imkoniyati namoyish etilgan edi. Hozirgi vaqtda quyosh batareyalari murakkab va qimmat uskuna hisoblanadi. SHubxasiz quyosh energiyasidan foydalanish uchun yanada samaraliroq, nisbatan arzon yangi texnologik materiallar yaratilishi zarur. Energiyani o’zgartirish texnologiyasidagi yana bir yaxshi na’muna bo’lib vodorod yonilg’ili elementlar xizmat qiladi. Bundan tashqari ularning foydali tomoni tashqi muhitni ifloslantirmaydi. Hozirgi vaqtda ushbu texnologiyalar elektron qurilmalarda ishlatilishi asta sekin boshlanmoqda. Istiqbolda bunday elementlar avtomobillarning kuchlanish uskunalarida qo’llanilishi mumkin. Yanada yaxshiroq yoqilg’i elementlari yaratish uchun yangi materiallar zarur, vodorod ishlab chiqarish uchun esa yangi katalizatorlar kerak. Tashqi muhit sifatining talab etilayotgan darajada tutib turilishi uchun suv va havoning tarkibi doimo nazorat qilinishi kerak. Ifloslanish darajasini nazorat qilish uchun turli materiallardan foydalaniladi. Bundan tashqari tashqi muhit ifloslanishini kamaytirish maqsadida materiallarni tozalash va qayta ishlash usullarini yanada rivojlantirish zarur. Foydali qazilmalarni qazib olishda tabiatga, insoniyatga kamroq zarar yetkazish va chiqindilar chiqarishni kamaytirish masalasiniolg’a surish zarur. Ayrim materiallarni ishlab chiqarishda zaxarli moddalar ajralib chiqishini buning natijasida ekologiyaga bunday chiqindilarni chiqarishdan yetadigan zararni xam xisobga olishimiz kerak. Biz tomondan foydalanilayotgan ko’pgina materiallar qayta tiklanmas resurslar, to’ldirib bo’lmas manba’lardan olinadi. Masalan polimerlarga va ayrim metallarga birlamchi xomashyo sifatida neft ishlatiladi. Ushbu zaxiralar asta sekin tugamoqda. Bundan quyidagi extiyojlar yuzaga keladi: 1. Ushbu manba’larning yangi zaxiralarini topish; 2. Atrof muhitga kamroq zarar yetkazuvchi mavjud tarkibli materiallarni o’rnini bosuvchi yangi materiallarni yaratish; 3. Qayta ishlash jarayoni rolini kuchaytirish va aloxida qayta ishlashning yangi tizimlarini yaratish. Buning natijasida nafaqat ishlab chiqarishni iqtisodiy baholash balki ekologik omillarning eng asosiysi materialning hayotiy davomiyligini “beshikdan to qabrgacha” va butun ishlab chiqarish jarayonini aniqlash lozim. Olim va muxandislarning ekologik va ijtimoiy jihatlardan tashqari materialshunoslik bilan bog’liq ishlab chiqarishning barcha soxalarida tutgan o’rni 20 bo’limda batafsil ko’rib chiqiladi.



Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin