Toza temirning mexanik xossalari
Toza temirni olish usuli
|
b,
MPa
|
02,
MPa
|
,
%
|
%
|
E,
MPa
|
HB,
MPa
|
Vakuum usuli
|
291,5
|
176,5
|
50
|
93
|
–
|
–
|
Elektrolit usuli
|
180–250
|
100–140
|
40–50
|
70–80
|
21x104
|
4500–6000
|
Karbonil usuli
|
200–280
|
90–170
|
30–40
|
70–80
|
20,7x104
|
5500–8000
|
Texnik usul
|
180–320
|
90–250
|
30–40
|
70–80
|
20–21x104
|
800–2000
|
Tarkibida uglerod miqdori 0,8 % dan ortiq, 2,14 % gacha bo’lgan po’lat evtektoiddan keyingi po’lat deyiladi, uning struktura tashkil etuvchilari perlit va tsementitdan iborat bo’ladi. Tarkibida uglerod miqdori 0,8 % bo’lgan po’lat evtektoid po’lat deyilib, uning strukturasi perlitdan tashkil topadi.
Tarkibida uglerod miqdori 2,14 dan 6,67% gacha bo’lgan temirning uglerod va boshqa elementlar bilan qotishmasi cho’yan deyiladi.
Tarkibidagi uglerod miqdoriga ko’ra cho’yanlar evtektikadan oldingi, evtektik va evtektikadan keyingi cho’yanlarga bo’linadi. Tarkibida uglerod miqdori 2,14 dan 4,3% gacha bo’lgan cho’yanlar evtektikadan oldingi cho’yanlar deyiladi. Tarkibida uglerod miqdori 4,3% bo’lgan cho’yan evtektik cho’yan deyiladi. Tarkibida uglerod miqdori 4,3% dan ortiq, 6,67% gacha bo’lgan cho’yan evtektikadan keyingi cho’yan deb ataladi.
Bu qotishmalar tarkibidagi kremniy, marganets, oltingugurt, fosfor kabi elementlar doimiy qo’shimchalar hisoblanadi.
Temir–uglerod qotishmalarining holat diagrammalarini o’rganish katta ahamiyatga ega. Bu diagrammalarni o’rganishda sof temirdan uglerodgacha bo’lgan qotishmalarning holati o’rganiladi. Temir uglerod qotishmalarining ikki xil tizimi mavjud. Temir–tsementit tizimi tashqi muhit ta’sirida parchalangani uchun metastabil va temir–grafit barqaror tizimlari bor. Ishlab chiqarishda temir–uglerod qotishmalarining 5% gacha uglerod bo’lgani ko’p ishlatiladi. SHu sababli temirning uglerod bilan kimyoviy birikma-tsementit hosil qiladigan holat diagrammasi o’rganiladi. U temir-tsementit holat diagrammasi deb ataladi (6.3–rasm).
Dostları ilə paylaş: |